Sintetik ammiak ishlab chiqarish R e j a : Ammiak va uning fizik-kimyoviy xossalari. Ammiak sintez qilish. Reaktor - sintez minorasi. Ishlab chiqarish agregatlarining sxemasi. Suyuq ammiakni saqlash va tashish. Ammiak va uning fizik-kimyoviy xossalari. Ammiakning fizik xossalari. Odatdagi sharoitda NH3 rangsiz, o'ziga xos o'tkir hidli gazdir. Ammiak havodan qariyib 2 marta yengil, shuning uchun uni to'ntarilgan idishga yig'ish mumkin. Bir litr ammiakning normal sharoitdagi og'irligi 0,77 gramm keladi. Ammiak odatdagi bosimda -33,40S da suyuq holga o'tadi, -77,40S da qotadi. Ammiak suvda yaxshi eriydi, 200S haroratda bir hajm suvda 762 hajm, 00S da 176 hajm ammiak eriydi. Ammiakning suvda eriganda ko'p issiqlik chiqadi, hosil bo'lgan eritma «novshadil spirt» deb ataladi. Sotuvdagi novshadil spirt eritmasi 25% li bo'lib, solishtirma og'irligi 0,91 ga teng. Ammiakning kimyoviy xossalari. Ammiak birikish, o'rin olish, oksidlanish reaksiyasiga kirishadi. Suvda erigan NH3 ning ko'p qismi NH3 holida bo'ladi, shuning uchun uning ertmasidan ammiak hidi kelib turadi. Erigan ammiakning oz qismi suvning vodorod ionlari bilan birikib, NH4+ ioni hosil qiladi, bir valentli bu musbat ion «ammoniy» deb ataladi va birikmalarda bir valentli metall kabi bo'ladi, suvning ON- ioni bilan birikib, NH4OH hosil qiladi. NH3 + H2O ⇄ NH4OH ⇄ NH4+ + OH− (4.13) Suv nihoyatda oz dissotsilangani uchun reaksiya chap tomonga kuchli siljigan bo'ladi. SHu sababli eritmada OH- ionlari oz va eritmada kuchsiz asos xossasi bo'ladi. Demak, muvozanat NH4OH dan NH3∙H2O tomonga siljigan, eritmada NH4OH kontsentratsiyasi juda oz, shu sababdan kuchsiz deb yuritiladi. Ammiak eritmasiga kuchli kislotalar ta'sir ettirilsa tuz va suv hosil bo'ladi, ya'ni ammoniy gidroksid kislota bilan neytrallanadi. NH3 + H+ = NH4+ OH- + H+ = H2O Ammoniy gidroksidning kislotalar bilan neytrallanishi qo'yidagicha yoziladi: NH4OH + HCl = NH4Cl + H2O (4.14) 2NH4OH + H2SO4 = (NH4)SO4 + 2H2O (4.15) Hosil bo'lgan tuzlar ammoniy tuzlari deyiladi. Ammoniy tuzlarini ammiak gaziga to'g'ridan-to'g'ri kislotalar ta'sir ettirish yo'li bilan ham olish mumkin, masalan: NH3 + HCl = NH4Cl Ammiakning laboratoriyada olinishi. Laboratoriyada NH4Cl bilan so'ndirilgan ohakdan iborat aralashma qizdirilib ammiak hosil qilinadi: 2NH4Cl + Ca(OH)2 = CaCl2 + 2H2O + 2NH3 (4.16) Ammiak sintez qilish. Ammiak sintezining fizik-kimyoviy asoslari. Ammiak sintezi quyidagi reaksiya bilan ifodalanadi: N2 + 3H2 ⇄ 2NH3 + Q Ammiak sintezi hajm kamayishi va issiqlik ajralishi bilan boradigan qaytar jarayondir. Demak, bosimni oshirish va haroratni pasaytirish orqali reaksiya muvozanatini ammiak sintezi tomonga siljitish mumkin. Masalan, 200OS harorat va 10 atm bosimda azot va vodorod stexiometrik nisbatidagi aralashmasida NH3 ning muvozanat kontsentratsiyasi 50,7% ni tashkil etadi. ...

Joylangan
11 May 2024 | 08:07:50
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
93.23 KB
Ko'rishlar soni
98 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:13
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 May 2024 [ 08:07 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
93.23 KB
Ko'rishlar soni
98 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:13 ]
Arxiv ichida: docx