Sirt faol moddalar. Mitsella hosil qilish kritik konsentratsiyasi Reja: Solyubilizatsiya jarayoni Mikrogeterogen dispers sistemalar Solyubilizatsiya jarayoni Sirt-faol moddalarning mitsellalari bor suvli eritmalarining eng qiziq va katta ahamiyatga ega bo'lgan xususiyatlaridan biri ularning suvda erimaydigan uglevodorodlarni (benzol yoki geptan), har xil yog'larni va qattiq moddalarni eritib yuborishidadir. Bunda bu moddalarning molekulalari mitsellalarning ichiga kirib erib ketadi. Suvda erimaydigan moddalarning mitsellalar orasiga yutilib, erib ketish jarayoni solyubilizatsiya yoki kolloidli erish deb ataladi. Yutilgan modda - solyubilizat, yutgan modda - solyubilizator, xosil bo'lgan tiniq eritma solyubilizatsiyalangan sistema deb ataladi. Solyubilizatsiya jarayoni o'z-o'zicha ketadi, chunki bu jarayon sistemaning Gibbs energiyasini kamayishi bilan boradi va termodinamik qaytar, muvozanatli jarayon hisoblanadi. Bir xil konsentratsiya va haroratda solyubilizatsiya sistema to'yinguncha davom etadi. Uni muvozanat holatiga keltirish uchun sistemaga uglevodorod qo'shish kerak yoki to'yingan eritmani suyultirish mumkin. 7-rasm. Solyubilizatsiya jarayonida modda molekulalarining mitsellalarning ichiga kirib borishi Solyubilizatsiyalangan sistemalar termodinamik barqaror bo'lsa ham ularni chin eritma deb bo'lmaydi. Ularni kolloid sistemalar deb ataladi, chunki mitsellalarning o'lchami kolloid sistemalarning dispersligiga to'g'ri keladi. Mitsellyar eritmalarning xalq xo'jaligi, sanoatda, meditsinada ahamiyati juda katta. Masalan, bunday eritmalarning xususiyati biologik membranalarning xususiyatiga o'xshab ketadi va bu membrananing modeli desa ham bo'ladi. Biologik membranalar ham mitsellyar eritmalarga o'xshab organizmdan har xil zaxarli moddalarni, xolestirinlarni yutib tashqariga chiqarib yuboradi. Mitsellyar sistemalar kir yuvuvchi modda sifatida keng qo'llaniladi. Yuvish jarayonida, oldingi boblarda aytib o'tganimizdek, teskari mitsellalar qutbli zaryadga ega bo'lgan kirlarni o'ziga solyubilizatsiya qiladi, to'g'ri mitsellyarlar esa yog'dan (uglevodorodlardan) hosil bo'lgan kirlarni yutadi. Kir yuvish jarayoni mana shu prinsipga asoslangan. Farmatsiyada esa solyubilizatsiya yordamida suvda erimaydigan moddalardan suvda eriydigan moddalar olishda foydalaniladi. Shu yo'l bilan vitamin A va E - lar olingan. Mikrogeterogen dispers sistemalar Kolloid sistemalar dispersligiga, agregat holatiga, dispers muhitning tabiatiga va fazalar ta'siriga qarab sinflarga bo'linadi. Shundan dispers faza zarrachalarining o'lchami 100 nm dan katta bo'lgan sistemalar - dag'al dispers sistemalar deyiladi. Dispers muhitning agregat holatiga qarab dag'al dispers sistemalar bir necha xil bo'ladi: suyuq dispers muhitdan iborat sistemalar. Ular suspenziya, emulsiya va ko'piklar misol bo'ladi; dispers muhiti gaz yoki havodan iborat sistemalar. Bularga aerozollar va kukunlar (aralashmalar) kiradi. Bunday dispers sistemalarning dispers fazasi zarrachalari o'lchamini oddiy mikroskopda ko'rish mumkin va ular mikrogeterogen sistemalar deyiladi. Mikrogeterogen sistemalarning zarrachalari nisbatan tez cho'kishi mumkin. Ular ko'pincha tiniq bo'lmaydi. Mikrogeterogen sistemalar tabiatda, qishloq xo'jaligida, oziq-ovqat sanoatida va boshqa sohalarda keng tarqalgandir (mаsаlаn: sut, qаymoq, sаryog', o'simlik sharbati, kosmetik kremlar, margarin, tuxum sarig'i, surtma dorilar, pastalar). suyuqlik qatlamiga joylashgan emulgator pardasi bilan bir-biridan ajralgan ko'p qirrali poliedrik shaklga ...

Joylangan
11 May 2024 | 08:07:50
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
224.18 KB
Ko'rishlar soni
94 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:13
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 May 2024 [ 08:07 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
224.18 KB
Ko'rishlar soni
94 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:13 ]
Arxiv ichida: docx