Sirt hodisalari. Sirt energiyasi Reja: Adsorbentning solishtirma sirti Adsorbsion muvozanat Qattiq jism sirtidagi adsorbsiya Suyuqliklarda sirt taranglik kuchining kelib chiqishiga sabab, suyuqlikning sirt qavatidagi molekulalarni uning ichki qavatidagi va tomonlaridagi molekulalar tortib turishi natijasida suyuqlikning sirt qavati uning ichki qavatlariga qaraganda ortiqcha erkin energiya zaxirasiga ega bo'ladi. Sirt qavatidagi ortiqcha erkin energiya miqdori: A = δ . S Bu yerda, A - ortiqcha erkin energiya; σ - suyuqlikning sirt tarangligi, ya'ni sirtni 1m2 kattalashtirish uchun sarf qilinadigan ish miqdoriga teng energiya; S - suyuqlik sirti. Sirt energiyasi o'z tabiati jihatdan potensial energiya. Termodinamikaning II qonuniga muvofiq har qanday jism o'zining sirt energiyasini mumkin qadar kamaytirishga intiladi. Jism sirtida erkin energiyani kamaytiradigan jarayonlar sodir bo'ladi. Shuning uchun ham kolloid sistemalar termodinamik jihatdan barqaror sistemalardir. Suyuqlik yoki qattiq jism sirtida boshqa modda molekulalari, atomlari va ionlarining yig'ilishi adsorbsiya deyiladi. O'z sirtiga boshqa modda zarrachalarini yutgan modda adsorbent, yutilgan modda esa adsorbtiv deb ataladi. Metallurgiya sanoatida ammiakni idishda qizdirilib, so'ngra sovitilib, faollashtirilgan ko'mir solinsa, u ammiakni yutib olib, uning bosimini kamaytiradi. Pechlarda ko'mir boshqa (H2S va hokazo) gazlarni ham yuta oladi. Buning natijasida ko'mirning og'irligi ortadi. Agar gazning konsentratsiyasi kam bo'lsa, ko'mir idishdagi gazning hammasini yutib olishi mumkin. Adsorbsiya hodisasi faqat ko'mirgagina emas, balki boshqa barcha g'ovak moddalarga ham xosdir. Masalan, sanoatda turli gellar o'z sirtiga har xil to'siqlarni yutadi. Qattiq jismga tashqi muhitdan moddalarning yutilishi sorbsiya deyiladi. Agar modda qattiq jism sirtiga yutilsa, bu hodisa adsorbsiya, uning ichki qismiga yutilsa, adsorbsiya deyiladi. Agar kimyoviy reaksiya tufayli yutilsa, bu hodisa (kimyoviy) xemosorbsiya deyiladi. Adsorbsiya hodisasi qattiq jism bilan suyuq jism o'rtasida qattiq jism bilan gaz o'rtasida, suyuqlik bilan gaz o'rtasida va bir-birida kam eriydigan ikki suyuqlik o'rtasida sodir bo'lishi mumkin. Adsorbsiya yutuvchi va yutiluvchi moddalarning tabiatiga, haroratga, gazning bosimiga (yoki eritmaning konsentratsiyasiga), shuningdek, adsorbentning solishtirma sirtiga bog'liqdir. Adsorbentning solishtirma sirti Metallurgik sanoatda modda ko'pincha maydalanadi. Modda hadeb maydalanaversa, uning sirti kattalashadi. Masalan 1 sm2 kubning sirti 6 sm2 ga teng Fazalar o'rtasidagi sirtni xarakterlash uchun solishtirma sirt degan tushuncha kiritilgan. 1 kg modda sirti shu moddaning solishtirma sirti deyiladi. Sanoatda moddaning solishtirma sirti uning maydalanish (yoki disperslik darajasiga bog'liq bo'ladi. Modda maydalangan sari uning solishtirma sirti kattalashaverada. Adsorbsion muvozanat Adsborsiya hodisasi ham xuddi suyuqlikning bog'lanishi, moddaning suvda erishi kabi qaytar jarayondir. Har qanday qaytar jarayondagi kabi, bu yerda ham yutilish va ajralib chiqish jarayonlarining tezligi barobarlashib, sistema adsorbsion muvozanatga keladi. Odatda, adsobrsion muvozanatlar juda tez (sekundlar, minutlarda) qaror topadi. Sanoatda adsorbsion muvozanat uzoq ...

Joylangan
11 May 2024 | 08:07:50
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.85 KB
Ko'rishlar soni
127 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:13
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 08:07 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.85 KB
Ko'rishlar soni
127 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:13 ]
Arxiv ichida: doc