Sobirjon Nig'matovich Aminov Sobirjon Nig'matovich Aminov 1938 yil 2 avgustda Toshkent shahrida ishchi oilasida tavallud topdi. 1961 yilda Toshkent Farmatsevtika institutini bitirgandan so'ng O'z FA Gidroingeo va muhandislik geologiyasi institutida katta muhandis vazifasida ishladi. 1962 - 1965 yillarda SSR FA Elementorganik birikmalar institutida aspiranturada o'qidi va 1965 yilda R.X. Freydlina rahbarligida Moskva shahrida «Etilenning karbon kislotalari va ularning hosilalari bilan telomerizatsiyasi. Telomerizatsiya jarayonida erkin radikallarning qayta taksimlanishi» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi. 1987 yilda D.I. Mendeleev nomli Rossiya Kimyo-texnologiya universitetida (MXTI) «Karbon, fosfon va alkilaril-sulfokislotalarning sirt faol hosilalarining sintezi va kolloid kimyoviy xossalari» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1967 yilda dotsent, 1988 yilda esa professor ilmiy unvoni berildi. 1966 - 1977 yillarda S. Aminov O'z FA Kime institutida katta ilmiy xodim bo'lib ishladi. 1978 yildan to 2012 yilgacha Toshkent Farmatsevtika institutining Anorganik, analitik, fizik va kolloid kimyo kafedrasiga mudirlik kildi. 1987 - 1994 yillarda mazkur institutning ilmiy ishlari bo'yicha prorektori, 1993 - 1994 yillarda esa rektor vazifasini bajaruvchi bo'lib ishladi. S. Aminov aspirantlik davrida kichik molekulali karbon kislotalar va ularning hosilalarining etilen bilan telomerizatsiyasini o'rganib, tarmoqlangan yuqori molekulali karbon kislotalar olishga muvaffaq bo'ldi. yuqori a - al kil almashgan karbon kislotalarning erkin radykallarni qayta taqsimlanishi orqali vujudga kelishi katta yangilik deb tan olindi. Vodorod atomlarini 1,5 migratsiyasi orqali erkin radikallarning qayta taksimlanishi yangi reaksiya deb etirof etildi. Birgina jarayonda telomerizatsiya va erkin radikallarning qayta taqsimlanishi mujassamlanishi tarmoqlangan yuqori monokarbon kislotalarning bir bosqichli sinteziga asos soldi. Ushbu jarayon Sterlitamak «Kaustik» ishlab chiqarish korxonasida sanoat miqyosida o'zlashtirildi. S. Aminov Toshkentga qaytgandan so'ng O'z FA Umumiy va noorganik kimyo institutida akademik K.S. Ahmedov ilmiy maktabida sirt faol moddalar sig'ggezi va ularning kolloid kimyoviy xossalarini o'rganish yo'nalishida tadqiqotlar olib bordi. Bu davrda u alkilarilsulfonatlar, alkilfosfon kislotalarning sirt faol hosilalari, alkilatsetatammoniy xloridlarning sintez usullarini o'rgandi. Ularning kolloid kimyoviy xossalarini va turli aspektlarda qo'llash usullarini sinchiklab tekshirdi. U ilk bor sirt faol moddalarning kolloid kimyoviy, termodinamik va texnologik xossalarini gidrotrop vositalar yordamida boshqarish mumkinligini ilmiy asoslab berdi. Gaz kondensatlari asosida GSK-Na deb nomlangan yangi gidrotrop modda ishlab chiqdi. U sirt faol modtsalarda Gibbs erkin energiyasi va GLB (gidrofil lipofil ballans) orasida to'g'ri chiziqli korrelyatsion bog'liqlik mavjudligini aniqladi. Bu yo'nalishdagi ishlar natijalari ipakchilik xo'jaliklarida, Toshkent yuvuvchi vositalar zavodida va boshqa korxonalarda ishlab chiqarishga joriy etildi. Professor S. Aminovning ko'p qirrali ilmiy faoliyati ayniqsa mustaqillik yillarida namoyon bo'ldi. U mahalliy xom ashyolar asosida dori preparatlari ishlab chiqarish yo'nalishida chuqur izlanishlar olib bordi. Chunonchi, o'z hamkasblari bilan hamkorliqda mo'miyonn tozalash, ...

Joylangan
11 May 2024 | 08:07:50
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
25.71 KB
Ko'rishlar soni
82 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:13
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 May 2024 [ 08:07 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
25.71 KB
Ko'rishlar soni
82 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:13 ]
Arxiv ichida: docx