Sochilishning nozik strukturasi

Sochilishning nozik strukturasi

O'quvchilarga / Kimyo
Sochilishning nozik strukturasi - rasmi

Material tavsifi

Sochilishning nozik strukturasi Reja: Mandelshtam-Brillyuen komponentalarining hosil bo'lishi Gipertovush tezligini topish usuli Nozik strukturadagi komponentalar intensivliklarining munosabati L. D.Landau va G. Plachek formulasi Xulosa Zichlik fluktuatsiyasining o'zini ikkiga bo'lish mumkin. Adiabatik fluktuatsiya va bosim fluktuatsiyasiga. Zichlikning adiabatik fluktuatsiyalari yoki bosim fluktuatsiyalarini, muhitda xilma xil yо'nalishda tarqaladigan xilma-xil chastotali elastik to'lqinlar to'plami deb hisoblash mumkin. Qattiq jismning issiqlik sig'imini hisoblashda (Debay) issiqlik harakatining energiyasini bu jismning 3 N ta elastik normal tebranishlarining (to'lqinlarining) energiyasi deb qarash mumkin. Bu elastik to'lqinlar (Debay to'lqinlari) va zichlikning adiabatik fluktuatsiyalari yoyiladigan Fure komponentalari, ayni bir to'lqinlardir (L.I. Mandelshtam) Bu nuqtai nazardan qaraganda zichlikning adiabatik fluktuatsiyalari tufayli sochilgan yorug'lik elastik issiqlik to'lqinlarida difraksiyalangan yorug'likdir. Muhit ichiga parallel nurlar dastasi, masalan lazer yorug'ligi yuborilsa, amalda yakkayu-yagona elastik yoki tovush to'lqinida difraksiyalangan yorug'likni kuzatish mumkin. Agar muhitga to'lqin vektori k bo'lgan Yassi monoxromatik to'lqin yuborilganda bu to'lqin vektori q bo'lgan Elastik to'lqin bilan uchrashsa, u holda difraksiyalangan yorug'likning maksimumi Bregg shartiga ya'ni shartiga tug'ri keladigan yo'nalishda ko'rinadi. k' - sochilgan yorug'likning to'lqin vektori. va deb faraz qilib (1) formulani yozishimiz mumkin. -tovush to'lqinining uzunligi. - tushayotgan yorug'likning to'lqin uzunligi. Elastik turg'un to'lqinda sochilish burchagi bilan aniqlanadigan yo'nalishda difraksiyalangan yorug'likning ampiltudasi cost qonun boyicha o'zgaradi, bu yerda -elastik yoki tovush to'lqinning chastotasi. 1-rasm. Yorug'likning difraksiyalanishi Shuning uchun sochilgan yorug'lik maydonini quyidagicha yozish mumkin. (2) Bundan ko'rinadiki, sochilgan yorug'likda chastotalari va bo'lgan ikki yo'ldosh bo'lishi kerak. Bular tushayotgan yorug'likning chastotasiga nisbatan uning ikki tomonida simmetrik joylashishi kerak. ( antistoks yo'l va stoks yo'l ) Bu yo'ldoshlar Mandelshtam va Brillyuen komponentalari deb ataladi va Reley chizig'ining nozik strukturasini tashkil qiladi. Yorug'lik to'lqinini modulyatsiyalangan elastik issiqlik to'lqining chastotasini (1) formulani va munosabatni e'tiborga olganda qoyidagicha yozish mumkin. (3) elastik to'lqinning chastotaga mos keladigan tarqalish tezligi. Shunday qilib, yo'ldoshlar chastotasining nisbiy o'zgarishini quyidagicha ko'rinishda yozish mumkin. (4) Mandelshtam-Brillyuen komponentalarining siljishi bu formulani Mandelshtam bilan Brillyuen bir-biridan mustaqil ravishda topganlar va shuning uchun u Mandelshtam-Brillyuen formulasi deb ataladi. 2-rasm. а) uygotuvchi chiziqning spektri b) sochilish chizig'i nozik strukturasining spektri. Benzol T=295 K M-B formulasidan ko'rinishicha, tovushning yorug'lik sochilishini belgilaydigan chastotalari noldan tortib (uchun) maksimal qiymatiga (uchun) qadar diapazonda yotadi. Gazlarda tezlik 104 tartibda, suyuqliklarda 105 tartibda va kristallarda 106 sms tartibida ekanligini nazarda tutib, maksimal chastotalar mos ravishda tartibda bo'lishini topish mumkin. nm yashil yorug'lik uchun maksimal chastotalar har xil moddalarda 109 dan 1011 s-1 intervalda yotadi. Yorug'lik chastotasining bunday juda kichik o'zgarishlarini ajrata olish kuchi, juda katta bo'lgan spektral apparatlardagina, masalan Fabri-Pero interferometrlarida ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 69.4 KB
Ko'rishlar soni 99 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:13 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 69.4 KB
Ko'rishlar soni 99 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga