Soda ishlab chiqarish 9-sinf Kimyo fani darsligi asosida 22-mavzu Soda - Na2CO3 natriyning eng muhim birikmalaridan bo'lib, xalq xo'jaligi uchun amaliy ahamiyatga ega. Sanoatning ko'p tarmoqlarida sodadan xomashyo sifatida foydalaniladi, xususan, shisha ishlab chiqarishda shixtaning (xomashyolarning aniq nisbatlardagi aralashmasi) asosiy tarkibiy qismi, sellyulozadan qog'oz tayyorlashda, to'qima materiallar ishlab chiqarishda foydalaniladi. Yog'-moylar tarkibidagi yog' kislotalarni, sintetik yog' kislotalarini neytrallab sovun olishda, neft qazib olishda burg'ulash ishlarini yengillashtirish, neftni qayta ishlashda naften kislotalaridan yuvuvchi vositalar tayyorlashda, natriyning boshqa tuzlarini sintez qilishda soda ishlatiladi. Soda tabiatda juda oz miqdorda uchrab, unga bo'lgan sanoat ehtiyojini qondira olmaydi. Shuning uchun uni arzon xomashyodan sintez qilib olish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu yo'nalishda dastlabki texnologik jarayon XVII asrda fransuz vrachi L.Leblan tomonidan taklif etilgan «sulfat usuli» (yoki «Leblan usuli») bo'lib, unda osh tuzi sulfat kislota yordamida natriy sulfatga o'tkaziladi. Natriy sulfat esa ko'mir bilan qizdirilib, natriy sulfidga aylantiriladi. Natriy sulfid kukun holidagi ohaktosh bilan qizdirilib, soda hosil qilinadi: NaCl→Na2SO4→Na2S→Na2CO3 2NaCl + H2SO4 → Na2SO4 + 2HCl↑ Na2SO4 + 2C → Na2S + 2CO2↑ Na2S + CaCO3 → Na2CO3 + CaS Ohaktosh bilan qizdirilganda hosil bo'lgan sodani ajratib olish uchun qattiq aralashma maxsus tegirmonda maydalanib, suvda eritiladi. CaS suvda yomon eriydi, eritma undan ajratilib, bug'latiladi va soda kristallari olinadi. Bu texnologik jarayon qimmatga tushganligi sababli keyinchalik boshqa tejamli usul («ammiakli usul») bilan almashtirilgan. «Ammiakli usul» E.G. Solve tomonidan taklif etilgan bo'lib, bunda ammoniy xloridga so'ndirilgan ohak bilan ishlov berilganda hosil bo'ladigan ammiak bilan osh tuzining konsentrlangan eritmasi to'yintiriladi va unga bosim ostida karbonat angidrid yuboriladi. Eritma sovutilganda sovuq eritmadan yomon eriydigan natriy gidrokarbonat cho'kmaga tushadi, uni ajratib olib qizdirilsa, soda hosil bo'ladi. 2NH4Cl + Ca(OH)2 → 2NH3 + CaCl2 + 2H2O NH3 + CO2 + H2O → NH4HCO3 NH4HCO3 + NaCl → NaHCO3 + NH4Cl 2NaHCO3 → Na2CO3 + CO2 + H2O Soda Na2CO3 . 10H2O holatda kristallogidrat tuz bo'lib, bevosita kir sodasi nomi bilan yuvish vositasi sifatida ishlatiladi. Uni yuqori haroratda qizdirib, kalsinatsiyalangan (suvsizlantirilgan) soda - Na2CO3 (temir sodasi) olinadi. NaHCO3 holida esa ichimlik sodasi deb atalib, kundalik turmushda turli maqsadlarda ishlatiladi. ...

Joylangan
11 May 2024 | 08:07:50
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.25 MB
Ko'rishlar soni
88 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:13
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 May 2024 [ 08:07 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.25 MB
Ko'rishlar soni
88 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:13 ]
Arxiv ichida: pptx