Soda ishlab chiqarishning leblan va solve usullari. Soda ishlab chiqarishning asosiy xomashyolari. Kirish Sanoatda «soda» nomi bilan turli xildagi kimyoviy moddalar: kaltsinirlangan soda yoki natriy karbonat Na2CO3 (to'kma zichligi 0,5 tm3); shuningdek og'ir soda deb ataladigan Na2CO3 (to'kma zichligi 0,9-1,2 tm3); natriy gidrokarbonat NaHCO3; kristall soda Na2CO3∙10H2O; kaustik soda yoki o'yuvchi natriy NaOH ishlab chiqariladi. Kaltsinirlangan sodadan o'yuvchi natriy, natriy bikarbonat kabilar ishlab chiqarishda xomashyo sifatida foydalaniladi. Kaltsinirlangan soda A va B navlarda ishlab chiqariladi (4.1-jadval) va barcha turdagi shisha ishlab chiqarishda, shu jumladan billur, optik va meditsina oynasi, shisha bloklari, eriydigan natriy silikat, sopol plitka, qora va rangli metallurgiyada: qo'rg'oshin, rux, volfram, strontsiy, xrom ishlab chiqarishda, cho'yanni oltingugurtsizlantirish va fosforsizlantirishda, chiqindi gazlarini tozalashda, chiqindi eritmalarni neytrallashda ishlatiladi. Elektrovakuum shisha ishlab chiqarishda donadorlik tarkibiga qatiy amal qilingan oliy A navli kaltsinirlangan soda ishlatiladi. B markali kaltsinirlangan soda kimyo sanoatida sintetik yuvuvchi vositalar va moy kislotalari ishlab chiqarishda, eritmalarni tozalashda, fosforli, xromli, bariyli natriyli tuzlar ishlab chiqarishda karbonatli xom ashyo sifatida, glitserin, allil spirt, tsellyuloza-qog'oz ishlab chiqarishda, lak-bo'yoq va neft sanoatlarida ishlatiladi. Natriy bikarbonat oziq-ovqat, qandolatchilik va kimyo-farmatsevtika sanoatlarida, meditsinada, o't o'chirish moslamalarida, sun'iy mineral suvlar ishlab chiqarishda ishlatiladi. Kristall soda turmushda keng qo'llanilsa, og'ir sodadan metallurgiya, shisha va boshqa sanoat tarmoqlarida keng qo'llaniladi. Kaltsinirlangan soda - oq kukun kristall modda bo'lib, zichligi 2,53 gsm3, 854OS da suyuqlanadi. Soda havodagi karbonat angidrid va suv bug'ini biriktirib olib qisman natriy gidrokarbonatga aylanadi. Natriy karbonat suv bilan bir qator birikmalar: Na2CO3∙10H2O, Na2CO3∙7H2O, Na2CO3∙H2O hosil qiladi. Soda suvda yaxshi eriydi, uning eruvchanligi harorat oshishi bilan ortadi (0 va 100OS haroratda 100 g suvda tegishlicha 6,8 va 44 g eriydi). Soda suvdagi eritmasida kuchli ishqoriy xossani namoyon etadi. Kaltsinatsiyalangan sodaning sifat ko'rsatkichlari Natriy karbonat ayrim tabiiy suvlar tarkibida bo'ladi, masalan tronlar deb ataluvchi Na2CO3∙NaHCO3∙2H2O tarkibiga kiradi, shuningdek qattiq cho'kindi Na2CO3∙10H2O (natron) tarzida uchraydi. Kaltsinirlangan soda olishning sintetik usullari. Sanoat miqyosida soda olish usuli fransuz vrachi va kimyogari Leblan tomonidan 1791 yilda taklif etilgan. Bu usul bo'yicha qattiq osh tuzi va sulfat kislotadan olingan natriy sulfat, ohaktosh va ko'mirni aylanuvchi pechlarda 950-100OS haroratda suyuqlantirish orqali sodali suyuqlanma hosil qilish bilan soda ishlab chiqarilgan: Na2SO4 + C + CaCO3 = Na2CO3 + CaS + 2CO2 Sodali suyuqlanma sovutilgandan so'ng maydalanadi va suvda eritiladi. Soda eritmasi erimaydigan cho'kma (kaltsiy sulfid) dan ajratiladi, tarkibidagi o'yuvchi natriyni sodaga o'tkazish uchun karbonat angidrid bilan ishlanadi va bug'latiladi. Qattiq qizdirish va maydalashdan so'ng tayyor mahsulotga aylanadi. Leblan usuli bo'yicha olingan kaltsinirlangan soda ...

Joylangan
11 May 2024 | 08:07:50
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
1.64 MB
Ko'rishlar soni
243 marta
Ko'chirishlar soni
27 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:13
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 08:07 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
1.64 MB
Ko'rishlar soni
243 marta
Ko'chirishlar soni
27 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:13 ]
Arxiv ichida: doc