Sof modda va aralashma

Sof modda va aralashma

O'quvchilarga / Kimyo
Sof modda va aralashma - rasmi

Material tavsifi

SOF MODDA VA ARALASHMA 7-sinf Kimyo darsligi asosida 6-mavzu Reja: 2 3 Sof modda va aralashma 1 Gomogen aralashmalar. Bug'latish. Barcha moddalar sof hamda ikki yoki undan ortiq moddalardan tarkib topgan aralashmalarga bo'linadi. Tarkibi va xossalari butun hajmi bo'yicha bir xil bo'lgan modda - sof, toza modda deb ataladi. Aralashma o'zgaruvchan tarkibga ega va aralashmalardan fizik usullar bilan toza moddalar ajratib olinishi mumkin. Osh tuzi yoki shakarni suvda eritsak, tiniq eritma hosil bo'ladi, bu aralashma ham butun hajmi bo'yicha bir xil tarkibiy qism va xossaga ega Shakar Osh tuzi Suv bug'i, mis sim - sof moddalar, yodlangan osh tuzi, asal, sut, o'simlik moyi - aralashmalardir. Kundalik hayotimizda ishlatiladigan «toza modda» so'zi nisbiy hisoblanadi. Masalan, ichish uchun yaroqli suvni biz toza suv, ichish va hayotiy jarayonlar uchun ishlatib bo'lmaydigan suvni «iflos» suv deb aytamiz. Moddaning xossalarini aniqlash uchun iloji boricha sof holda olish kerak. Ba'zan juda oz miqdordagi qo'shimcha ham moddaning ba'zi xossalarini keskin o'zgarib ketishiga olib keladi. Sof modda tabiatda deyarli uchramaydi. Tabiatdagi moddalar aralashmalar holida bo'lib, ba'zida juda ko'p turdagi moddalardan tashkil topadi. Magnit yordamida. Temirning o'ziga xos xossalaridan biri magnitga tortilishidir. Tarkibida temir bo'lgan aralashmalardan temirni magnit yordamida ajratib olish mumkin. Gomogen aralashmalar tarkibidagi moddalarning zarrachalari juda mayda bo'lib, ularni tindirish yoki filtrlash yo'llari bilan ajratib bo'lmaydi. Bug'latish. Suvda eruvchan turli xildagi tuzlarni suvdan ajratib olish uchun bug'latish usulidan foydalaniladi. Distillash. Bunda suyuqliklardan iborat gomogen aralashmalarni tashkil etuvchi suyuq moddalarning qaynash harorati turlicha ekanligidan foydalaniladi. Agar ikki suyuqlik aralashmasi ohistalik bilan qizdirilsa, avval qaynash harorati past bo'lgan suyuqlik uchib chiqadi. Uchib chiqayotgan suyuqlik bug'larini sovitish yo'li bilan qaytadan suyuqlikka aylantirib olinadi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.59 MB
Ko'rishlar soni 134 marta
Ko'chirishlar soni 17 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:13 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.59 MB
Ko'rishlar soni 134 marta
Ko'chirishlar soni 17 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga