Sopolimerlanish jarayoni Reja: Sopolimerlanish reaksiyalari. Sopolimer tarkibini ifodalovchi 4 ta unsur. Sopolimer tarkibini xarakterlovchi grafik. Blok sopolimer olish. Payvand sopolimer olish. Asosiy tayanch tushunchalar Sopolimer, Blok, Payvand, grafik, diagramma, monomer, diada, triada. Ikki yoki undan ortiq tur monomerlarning birgalikda polimerlanish jarayoni s o p o l i m y e r l a n i sh jarayoni deyiladi; hosil bo'lgan yuqori molekulyar birikmalar esa s o p o l i m e r l a r deb ataladi. Sopolimerlar makromolekulasining tarkibi reaksiya uchun olingan monomerlarning molekula qoldiqlaridan bo'g'inlaridan tashkil topdi. Makromolekulaning tarkibi faqat bir xil monomer molekula bo'g'inlaridan tashkil topgan polimerlar g o m o p o l i m e r l a r deyiladi. Gomopolimerlanish jarayonida faqat bir turdagi o'sayotgan zanjirni tashkil etsa, sopolimerlanish esa bir necha xil ko'rinishdagi o'sayotgan zanjirlardan iborat bo'ladi. Hozirgi paytda ikki monomerdan tashkil topgan binar sistemalarning sopolimerlanish quyidagi sxema tarzida ifodalanadi: n M1 + n M2 -→ . . . - M1 - M1 - M1 - M2 - M2 - M2 - M1- - M2 - M1 M2 - . . . Bu jarayon umumiy holda M1 va M2 monomerlarning aktiv radikal ta'sirida o'zaro reaksiyaga kirishishi natijasida yangi aktiv markazlar hosil qilib, ulardan biri M1 monomer molekulasi bilan o'zaro birikishi mumkin. Bu reaksiyalarning sodir bo'lish ehtimolligini amaliy tajribalar yordamida aniqlash mumkin. Demak, polimerlanish xususiyati har xil bo'lgan ikki monomer aralashmasining sopolimerlanishidan hosil makro molekulalar tarkibi har ikkala monomer bo'g'inlaridan iborat bo'ladi. Bu holda o'sayotgan makroradikallar polimerlanishda ishtirok etayotgan monomerlarning har ikkalasi bilan ham reaksiyaga kirishgan bo'ladi. Demak, o'sayotgan makroradikalning xarakteri asosan o'sayotgan zanjir uchidagi monomer bo'g'in xossasiga bog'liq bo'ladi. Sopolimerlanish jarayonida o'sayotgan radikallar bilan monomerlarning o'zaro ta'sirlashuvi natijasida to'rt turdagi reaksiya sodir bo'ladi. Agar M1 va M2 monomerlardan aktiv markazlar osil bo'lish tezligini υ1,1 , υ2,2 va tezlik doimiyliklarini υ1,1 , va υ2,2 bilan, oraliq reaksiyalar tezliklarini υ 1,2 , υ 2,1 va K 1,2 , K 2,1 bilan belgilasak, u holda sopolimerlanish jarayonlar quyidagi elementlar reaksiyalardan iborat bo'ladi. K1,1 I M1 + M1 --→ Mֹ1 I υ1,1 = K1,1 [M·1] [ M ] K1,2 II M·1 + M2 --→ M·2 II υ1,2 = K1,2 [M·1] [ M2] K2,2 II M·2 + M2 --→ M·2 II υ2,2 = K2,2 [ M·2] [ M2] K2,1 IV M·2 + M1 --→ M·1 IV υ2,1 = K2,2 [ M·2] [ M1] Keltirilgan reaksiyalardan qaysi birining tezligi kattaroq bo'lsa, hosil bo'layotgan sopolimerlarning tarkibi, o'sha reaksiyaga muvofiq ...

Joylangan
11 May 2024 | 08:07:50
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
31.05 KB
Ko'rishlar soni
125 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:13
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 May 2024 [ 08:07 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
31.05 KB
Ko'rishlar soni
125 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:13 ]
Arxiv ichida: docx