Spirt sanoatida ishlatiladigan solod tayyorlash

Spirt sanoatida ishlatiladigan solod tayyorlash

O'quvchilarga / Kimyo
Spirt sanoatida ishlatiladigan solod tayyorlash - rasmi

Material tavsifi

Spirt sanoatida ishlatiladigan solod tayyorlash texnologiyasining o'ziga xos xususiyatlari Reja: 1. Spirt sanoatida ishlatiladigan solod texnologiyasining o'ziga xos xususiyatlari. 2. Tayyor solodning sifati. 3. Solod sifatini baholash ko'rsatgichlari. 4. Tayyor solod sarfi. 5. Solod tayyorlashning tezlashtirish usullari. 6. Xom solodni yuvish va dezinfeksiyalash. 7. Solodni maydalash va solod sharbati tayyorlash. Arpa, suli, javdar va bug'doy donidan solod tayyorlash. Donni ho'llash havo-suv usulida amalga oshiriladi. Bunda suvningharorati 13-15 oS ni tashkil qiladi. Birinchi ho'llash vaqtida suv yuzasiga qalqib chiqqan aralashmalarni olib tashlab don yuviladi. Arpa, suli va bug'doy 2-3 marta, javdar esa 1-2 marta suvda bo'ktiriladi. ²ar bir suvga botirish vaqtida donning suv ostida turish vaqti 3-4 soatni tashkil qiladi. Suv ajratib olingandan keyin don 2-3 soat suvsiz qoldiriladi. Don namligi 8-40 % ga etganda ho'llash to'xtatiladi. ²o'llangan don ho'llash chanidan to'qiladi va polga 60-70 sm qalinlikda yoyiladi. Yoyilgan donning harorati 23-24 oS ga etganda don yog'och kurak yordamida ag'darilib 40 sm balandlikda jo'yak shakliga keltiriladi. Donning o'stirish vaqtida harorat jo'yakning qalinligiga qarab o'zgarib turadi va kurak yordamida ag'darib turib boshqariladi. o'sishning birinchi ikki kecha-kunduzida harorat 19-20 oS ga ushlanib turiladi. o'sishning keyingi kunlarida harorat pasaytirilib, oxirida 13-14 oS ga etkaziladi. Arpa, suli va bug'doyni o'stirish vaqti 10-12 kecha-kunduz, javdarniki esa 7-8 kecha-kunduzni tashkil qiladi. Don o'sish vaqtida zaruriyatga o'arab kurak bilan ag'darilib turiladi. Ag'darish bir kecha-kunduzda 2-3 martadan kam bo'lmasligi kerak. Donni ag'darishdan olidn unga suv purkaladi, suv purkash solod tayyor bo'lishiga 24 soat qolganda to'xtatiladi. o'sgan arpa va suli solodining namligi 44-45 %, javdar va bug'doy solodining namligi esa 40-41 % bo'lishi kerak. Yuqoridagi donlardan pnevmatik yashiklarda solod tayyorldash quyidagicha amalga oshiriladi. Don ho'llangandan so'ng ho'llash chanidan yashiklarga 0,5-0,6 m qaliklikda yoyiladi. Donning o'sishiga qarab uning qalinligi 0,8-0,9 m ga etkaziladi. Yashikda donni o'stirish rejimi polda donni o'stirishdek bir xil olib boriladi. Solodning harorati havo puflagich bilan nisbiy namligi 95 % dan kam bo'lmagan havo yuborish orqali boshqariladi. ²avoning tezligi 2-3 msek ni tashkil etadi. ²ar smenada yashikdagi solod kurak yordamida bir marta ag'dariladi. Ag'darishdan oldin esa suv purkaladi. Tariq donini o'stirish. Arpa, suli, javdar va bug'doy donidan solod tayyorlash bir-biriga o'xshash bo'lib, ularning o'ziga xosligi jarayon haroratining pastligidir. Tariq donidan solod tayyorlash bir oz yuqori haroratni talab qiladi. Bunda amilaza fermentlari kam hosil bo'lsada, dekstrinaza fermenti ko'p hosil bo'ladi. Dekstrinaza fermenti hosil qilinishi uchun tariq donidan solod olinadi. Tariq doni havo-suv usulida ho'llanadi. Suvning harorati 25-30 oS bo'lishi kerak. Past haroratli suv ho'llash chaniga solinmasdan oldin qizdiriladi. Birinchi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.82 KB
Ko'rishlar soni 111 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:13 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.82 KB
Ko'rishlar soni 111 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga