Spirtlar va fenollar

Spirtlar va fenollar

O'quvchilarga / Kimyo
Spirtlar va fenollar - rasmi

Material tavsifi

Spirtlar va fenollar Reja: 1. Spirtlarni sinflanishi, nomlanishi va izomeriyasi 2. Spirtlarni olinish usullari 3. Spirtlarning kimyoviy xossalari 4. Fenollar, ularning tuzilishi, bog'lanishi va nomlanishi 5. Fizikaviy xossalari 6. Fenolning kimyoviy hossalari Tayanch iboralar: to'yingan, to'yinmagan va aromatik spirtlar; birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi spirtlar; vodorod bog'lanish; murakkab efirlar; oddiy efirlar; eterefikatsiya reaksiyasi; bir, ikki va ko'p atomli fenollar 1. Spirtlarni sinflanishi, nomlanishi va izomeriyasi Spirtlar deb, molekulasida bitta yoki bir necha gidroqsil guruh saqlaydigan birikmalarga aytiladi. Spirtlar uglevodorod qismiga qarab, to'yingan, to'yinmagan va aromatik spirtlarga bo'linadi. CH3−CH2−OH etil spirti (to'yingan) CH2=CH−CH2−OH allil spirti (to'yinmagan) C6H5−CH2−OH benzil spirti (aromatik) Spirtlar molekulasidagi gidroqsil guruh soniga qarab bir, ikki va ko'p atomli spirtlarga bo'linadi: Spirtlar gidroqsil guruhning molekulada qanday uglerod atomida joylashganligiga qarab birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi spirtlarga bo'linadi. Agarda gidroqsil guruh birlamchi uglerod atomi bilan bog'lansa birlamchi spirt, ikkilamchi uglerod atomi bilan bog'langan bo'lsa ikkilamchi, uchlamchi uglerod atomi bilan bog'langan bo'lsa uchlamchi spirt deyiladi. Masalan, C4H9OH tarkibli bir atomli spirtga 2ta birlamchi, bitta ikkilamchi va bitta uchlamchi spirt muvofiq keladi: CH3−CH2−CH2−CH2OH butanol-1 (birlamchi butil spirt) CH3−CH2−CHOH−CH3 butanol-2 (ikkilamchi- butil spirt) (birlamchi izobutil spirt) (uchlamchi izobutil spirt) To'yingan uglevodorod molekulasidagi istalgan bir vodorod atomini gidroqsil guruhiga almashtirib hosil qilingan birikmalarga to'yingan bir atomli spirtlar deyiladi. Ularning umumiy formulasi CnH2n+1OH. Spirtlar ham o'z gomologik qatoriga ega bo'lib, ular bir-biridan - CH2- guruhga farq qiladi. Oddiy spirtlar gidroqsil guruhga birikkan radikallar nomi bilan aytiladi. Ratsional nomenklatura bo'yicha spirt nomi ularning birinchi vakili karbinol (metil spirti) nomi oldiga radikal nomi qo'shib o'qiladi: CH3OH metil spirt C2H5OH etil spirt CH3−CH2−CH2OH propil spirt CH3(CH2)2CH2OH butil spirti Tizimli nomenklatura bo'yicha spirtlar nomi to'yingan uglevodorodlar nomiga -ol qo'shimchasini qo'shib o'qiladi va gidroqsil qaysi uglerod atomida turganligini raqam bilan ko'rsatiladi: Bir atomli spirtlarda izomerlar soni tegishli uglevodorodlarga nisbatan gidroqsil guruhning joylashishi hisobiga bo'ladi. Butanda ikkita izomer bor. Butanolning esa, to'rtta izomerlari mavjud. 2. Spirtlarni olinish usullari Spirtlardan metanol va etanol sof holatda o'simliklardan olinadigan efir moylarida va o'simlik a'zolarida uchraydi. Spirtlar oddiy va murakkab efirlar holatida o'simliklar olamida keng tarqalgan. Ular asosan quyidagi sintetik usullarda olinadi. 2. Etilen uglevodorodlariga yuqori harorat va katalizator ishtirokida suv ta'sir ettirib olinadi. Sanoatda etil spirti kraxmal (guruch, bug'doy, kartoshka) va sellyuloza (o'rmon chiqindilari, g'o'zapoya) saqlaydigan xom ashyolarni bijg'itib olinadi: Spirtlarning birinchi to'rt vakillari suyuqlik bo'lib, o'ziga hos hidga ega. Spirtlarning molekulyar massasi ortishi bilan qaynash harorati ham ortadi. Spirtlarda gidroqsil guruh soni ko'payishi natijasida ularning agregat holatlari o'zgaradi. Masalan, etanol suyuqlik, glitserin moysimon suyuqlik, mannit ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 1.33 MB
Ko'rishlar soni 79 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:13 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 1.33 MB
Ko'rishlar soni 79 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga