Spirtlar. To'yingan bir atomli spirtlarning nomenklaturasi, izomeriyasi va olinishi

Spirtlar. To'yingan bir atomli spirtlarning nomenklaturasi, izomeriyasi va olinishi

O'quvchilarga / Kimyo
Spirtlar. To'yingan bir atomli spirtlarning nomenklaturasi, izomeriyasi va olinishi - rasmi

Material tavsifi

10-sinf Kimyo fani darsligi asosida 20-mavzu Spirtlar. To'yingan bir atomli spirtlarning nomenklaturasi, izomeriyasi va olinishi Uglevodorodlarni tarkibidagi bitta yoki bir nechta vodorod atomlarini gidroqsil (OH) guruhga almashinishidan hosil bo'lgan organik birikmalar spirtlar deyiladi. Agar bitta vodorod gidroqsil guruh bilan almashsa bir atomli spirt, ikkita vodorod atomi OH guruh bilan almashsa ikki atomli, uchta vodorod almashinsa esa uch atomli spirtlar hosil bo'ladi. To'yingan bir atomli spirtlar Alkan molekulasidagi bitta vodorod atomini gidroqsil (OH) guruhga almashinishi natijasida hosil bo'lgan organik birikmalarga to'yingan bir atomli spirtlar deyiladi. Spirtlar ham o'z gomologik qatoriga ega bo'lib, bir vakilining tarkibi o'zidan oldingi va keyingilaridan CH2(metilen)- guruhga farq qiladi. Nomenklaturasi va izomeriyasi. Spirtlar ratsional nomenklatura bo'yicha radikal nomiga spirt so'zini qo'shib o'qish bilan hosil bo'ladi. C3H7OH propil spirti CH3OH metil spirti C2H5OH etil spirti Sistematik nomenklatura bo'yicha spirtlarni nomlashda: 4. Eng so'ngida gidroqsil guruh qaysi uglerod atomida turganligi raqam bilan ko'rsatiladi. 1. Gidroqsil (OH) guruh tutgan eng uzun uglerod zanjiri asosiy uglerod zanjiri sifatida tanlab olinadi. 2. Asosiy uglerod zanjirini raqamlash gidroqsil guruh yaqin tomondan boshlanadi. 3. Spirtlar nomi tegishli to'yingan uglevodorodlar nomiga «ol» qo'shimchasini qo'shib o'qiladi. Spirtlarda gidroqsil guruh birlamchi uglerod atomiga bog'lansa birlamchi spirt, ikkilamchi uglerod atomiga bog'lansa ikkilamchi spirt va uchlamchi uglerod atomiga bog'lansa uchlamchi spirt deyiladi. Etilen uglevodorodlarga temperatura va katalizator - sulfat kislota ishtirokida suv ta'sir ettirib olinadi (Gidratlash reaksiyasi): CH2 CH2 + H2O CH3 CH2 OH Etilenning gomologlari gidratlanganda ikkilamchi yoki uchlamchi spirtlar ham hosil bo'lishi mumkin. Qo'shbog' tutgan uglerodlarning vodorod atomlari ko'p bo'lganiga vodorod, vodorodlar soni kam bo'lgan uglerodga esa gidroqsil guruhi birikadi. Alkenlarga suv Markovnikov qoidasiga muvofiq birikadi. Sanoatda metanol sintez gazi (CO+2H2)dan olinadi. Reaksiya yuqori harorat, bosim va katalizator ishtirokida boradi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.62 MB
Ko'rishlar soni 90 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:14 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.62 MB
Ko'rishlar soni 90 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga