Spirtlar - rasmi

Material tavsifi

Spirtlar Reja: 1. Spirtlarni xushbo'y xidli organik moddalar olishdagi ahamiyati. 2. Spirtlarni olish usullari. 3. Aromatik spirtlar: olinish va xossalari Uglevodorodlardagi bir yoki undan ortiq vodorod atomining mos sonli gidroksil guruhlariga almashtirilishi natijasida hosil bo'lgan organik moddalar spirtlar deyiladi. Molekulasidagi gudroksil guruhlarining soniga qarab, spirtlar bir atomli CH3OH ikki atomli HOCH2 - CH2OH uch atomli CH2(OH) - CH(OH) - CH2OH bo'ladi. Gidroksil guruhi bilan bog'langan radikal turiga ko'ra spirt turlari. Spirtlar gidroksil guruhi qanday uglerod atomi bilan bog'langanligiga qarab birlamchi, ikkilamci va uchlamchi spirtlarga bo'linadi R - OH R-CH-R R birlamchi spirt | R - C-OH OH R ikkilamchi spirt uchlamchi spirt Spirtlarning izomeriyasi va nomlanishi. Spirtlarda izomeriyaning ikki turi, uglerod zanjirining izomeriyasi va uglerod zanjiridagi gidroksil guruh holatining izomeriyasi uchraydi. Metil va etil spirtning izomerlari yo'q, propil spirti ikkita izomerga ega: OH | CH3 - CH2 - CH2 - OH CH3 - CH - CH3 birlamchi propil spirt ikkilamchi propil spirt Sistematik nomenklaturaga ko'ra avval tarmoqlangan uglerod atomi raqami, keyin unga birikkan radikal nomi, undan keyin tegishli to'yingan uglevodorod nomiga -ol qo'shimchasi qo'shilib, oxirida gidroksil guruh bilan bog'langan uglerod atomining raqami ko'rsatiladi. Zanjirni raqamlash OH guruhiga yaqin tomondan boshlanadi: H3C - OH H3C - CH2 - OH H3C - CH2CH2 - OH metanol etanol propanol-1 4 3 2 1 1 2 3 4 5 CH3-CH - CH-CH3 CH3-CH-CH-CH2 -CH3 | | | | CH3 OH CH3 OH 3-metilbutanol-2 2-metil pentanol-3 1. Sanoatda yog'ochni quruq haydash yo'li bilan metanol olinadi, shuning uchun u yog'och spirti deb nomlanadi. 2. Sun'iy usulda anorganik moddalardan olinadi (t = 300 0C, P = 50 MPa, ZnO yoki CuO ishtirokida): CO + 2H2 → CH3OH 3. Etanol ko'pchilik hollarda tarkibida shakar, kraxmal bo'lgan moddalarni bijg'itish usuli bilan olinadi: C6H12O6 → 2C2H5OH + 2CO2 4. Sun'iy usulda etilenni gidratlash usuli bilan olinadi. Reaksiya 260-300 0C va ~10 MPa da maxsus katalizator ishtirokida boradi: C2H4 + H2O → C2H5OH Оlinish usullari 5. Atsetilenni gidratlab (Kucherov reaksiyasi) sirka aldegidi olinadi va uni qaytarib etanol olish mumkin: HC ≡ CH + H2O → CH3 - CHO + H2 → CH3 - CH2 - OH 6. Galogenalkillar suv yoki ishqorlarning suvli eritmalari bilan qizdirilganda spirtlar hosil bo'ladi: C2H5Cl + H2O → C2H5OH + HCl C2H5Cl + NaOH → C2H5OH + NaCl Оlinish usullari Tarmoqlanmagan zanjirli birlamchi spirtlarning CH3OH dan C11H23OH gacha bo'lganlari odatdagi sharoitda suyuq, C12H25OH dan boshlab qattiq moddalardir. Quyi spirtlar suv bilan istalgan nisbatlarda aralashadi. Molekulyar massa ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.79 MB
Ko'rishlar soni 88 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:14 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.79 MB
Ko'rishlar soni 88 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga