Steroid qator birikmalar va ularning tibbiyotda tutgan o'rni Kirish. Mavzuning dolzarbligi: Farmaseftik kimyo yuqori malakali dorishunos-mutaxassislarini tayyorlashda yetakchi fanlardan biri bo'lib, u dori moddalarini olish yo'llarini, fizikaviy va kimyoviy xossalarini, ularning kimyoviy tuzilishi bilan kishi organizmiga bo'lgan ta'sir o'rtasidagi munosabatlarni hamda dori moddalarning sifatini nazorat qilish usullarini va saqlash shart-sharoitlarini o'rganadi. Tibbiyotda qo'llaniladigan tabiiy, biologik faol moddalar steroid tuzilishdagi birikmalar alohida o'rin egallaydi. Steroid tuzilishdagi birikmalarni o'simlik va hayvon organizmida moddalar almashinuvini hamda turli a'zolar ish faoliyatini yaxshilashda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Steroid hamda vmitamin D guruh birikmalar organizmda turli a'zolarga ta'sir ko'rsatishi olimlarni ayni birikmalar ustida chuqur izlanishlar olib borishiga hamda shu asosda kiyoviy tuzilishi jihatdan ularga o'xshash, yangi biologik faol moddalarni yaratishga jalb qildi. Steroid qator birikmalarning va ularning hosilalaridan qator dori moddalar va biologik faol moddalar sintez qilingan. Ularning inson hayoti, sog'lom turmush tarzida muhim ahamiyat kasb etadi. Bitiruv malakaviy ishining maqsadi: steroid qator birikmalar va ularning tibbiyotda tutgan o'rnini o'rganish. Ishni bajarishda oldimizga quyidagi vazifalarni qo'ydik Steroid qator birikmalar va ularning hosilalarini o'rganish Vitamin D guruh birikmalar Kardinolidlar, ya'ni yurakka ta'sir qiluvchi glikozidlarni aniqlashda qo'llaniladigan reaksiyalar, glikozidlar molekulasidagi qand qoldig'ini aniqlashda qo'llaniladigan reaksiyalar va yurak glikozidlarining miqdorini aniqlash usullarini o'rganish Gestogen garmonlar va ularning anologlari, androgen garmonlar va ularning sintetik anologlarining fizikaviy va kimyoviy xususiyatlarini o'rganish. himoyaga chiqariladi: 1.Steroid birikmalarning tibbiyotda qo'llaniladigan hosilalarini o'rganish 2.D-guruh vita'minlarning ahamyatini o'rganish 3.Yurak glikozidlari va ularning tibbiyotda qo'llaniladigan birikmalari 4.Gestogen va androgen garmonlar faolyatini o'rganish Ishning ilmiy yangiligi: Yurakka ta'sir ko'rsatuvchi glikozidlar: Digitoksin va strofantin tuzilishi va xususiyatlari o'rganildi, Gestegen garmonlar va ularniing anologlari: progesterogen va pregninlarning xossalari o'rganildi, Androgen garmonlar va ularning sintetik anologlari: testosteron propionat va testesteron enantat xususiyatlari o'rganildi. Ishning ilmiy va amaliy ahamiyati: Tavsiya qilinayotgan Steroid qator birikmalari va ularning hosilalarining tibbiyoda qo'llanilishi, insonlar salomatligiga bo'lgan e'tiborning kattaligi, farmaseftik dori moddalarining amalda qo'llanilishi, ularning sifat ko'rsatkichlari yuqori. sun'iy usullarda kashf etilgan dorilar har xil kasalliklarning oldini oladi, ularga tez va samarali ta'sir qiladi, kasallikning uzoq vaqt davom etishiga yo'l qo'ymaydi. Yurak glikozidlari, steroid tuzilishga ega bo'lgan birikmalar, vitamin D, androgen va gestogen garmonlar turli kasalliklarda; raxit, yurak yetishmovchiligi, ayollar va erkaklarda uchraydigan ichki sekretsiya kasalliklarda ijobiy ta'sir qiladi I bob SIKLOPENTANOPERGIDROFENANTREN hosilALARI STEROID QATOR BIRIKMALARNING TIBBIYOTDA QO'LLANILADIGAN hosilALARI Tibbiyotda qo'llaniladigan tabiiy, biologik faol moddalar orasida steroid tuzilishdagi birikmalar alohida o'rin egallaydi. Steroidlar o'simlik va hayvonot dunyosida keng tarqalgan va molekula tuzilishining asosi qisman yoki to'la gidrirlangan siklopentanopergidrofenantren halqali ko'p sonli polisiklik moddalardan iborat. Steroid tuzilishdagi birikmlar ...

Joylangan
11 May 2024 | 08:07:50
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
884.74 KB
Ko'rishlar soni
74 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:14
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 08:07 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
884.74 KB
Ko'rishlar soni
74 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:14 ]
Arxiv ichida: doc