Stirol - rasmi

Material tavsifi

Stirol Toshkо'mirlarni quruq haydashning gaz hamda suyuq mahsuloti tarkibida va neft krekingi mahsuloti tarkibida doimo sirol uchraydi. Agar bu suyuq mahsulotlar rektifikatsiya qilinsa sirolinden va kumaron bilan birgalikda yengil yog' fraksiyasi tarkibida yig'iladi va u qо'shimcha zararli birikma hisoblanadi. Chunki sirol qisman polimerlanadi yoki boshqa birgalikda hosil bо'lgan tо'yinmagan birikmalar bilan ta'sirlashadi Natijada mumsifat quyuq mahsulot hosil bо'lib chо'kadi va natijada texnologik qurilmalarning ishdan chiqishiga olib keladi. Dastlabki xomashyo tarkibida sirol kо'p miqdorda bо'lsada yuqoridagi sabab tufayli oxirgi mahsulot tarkibida juda kam qoladi. Uni ajratib olish esa iqtisodiy jihatdan samara bermaydi. Umuman vinil birikmalar olishning umumiy va keng tarqalgan usullaridan biri mos ravishdagi tо'yingan uglevodorodni katalitik degidrogenlash yoki degidrogalogenlash bо'lib, sirol ham etilbenzolni degidrigenolash yoki yon zanjirda monogalogen tutgan etilbenzolni degidrogenlash orqali ham olinadi. Stirol olishning yana bir usuli etilen yoki atsetilin bilan benzol bug' aralashmasini pirolizidir. Ikkinchi reaksiya qaytar jarayon bо'lib etilen benzoldan muvozanat holatgacha sirol hosil bо'ladi Muvozanat buzilsa hosil bо'lgan sirol yana benzol va atsetilenga parchalanadi: Bu usulga qarama-qarshi benzolga alkillash reaksiyasi orqali vinil guruhi kirishish samara bermaydi Agar alyuminiy xloridning benzoldagi suspenziyasi orqali atsetilen о'tkazilsa asosiy mahsulot sifatida 9,10-digidroantratsen va 1,1-difeniletan, qо'shimcha mahsulot sifatida oz miqdorda sirol hosil bо'ladi: Vinilatsetilendan sintezi yordamida ham sirol olinadi Bunda vodorod kо'chib о'tishi bilan faol holatga о'tgan vinilatsetilen molekulasi(1) ikkinchi vinilatsetilinning (II) uch bog'i bilan birikadi. reaksiya uchun kam miqdordagi kislotli reagentlar , masalan sirka kislotasi yoki vodorod xlorid (juda kam miqdorda) faol katalizator hisoblanadi. Vinilatsetilenni metil spirt eritmasida 100-1500C da bosim otsida qizdirish orqali ham sirol olinadi. Laboratoriyada toza sirolni dibrometilbenzoldan , feniletilspirtdan yoki yetoksi-brometilbenzoldan olish mumkin. Olingan sirol kolonkada va vakumda haydaladi.Haydalayotgan monomerni kondensatsiyalash uchun etarli darajada effektib bо'lgan sovitgichlardan foydalanadi. Stirol bug'lari havo kislorodi bilan oksidlanib peroksid holatdagi birikma hosil qilishi mumkin. Shuning uchun haydash jarayonida kapilyarligidan inert gaz о'tkazib turiladi va yig'gich kolba quruq muzning atsetonli aralashmasi bilan sovitiladi. Polimerlanish oldini olish uchun ingibitorlardan, masalan 0,5% uchlamchi - butilpirokatexin yoki gidroxinondan foydalaniladi. 1,2-dibrometilbenzoldan magniy ishtirokida 70% unumi bilan sirol olinadi. Reaksiya shiddatli ketadi, shuning doimo sovitib turiladi. Agar jarayon uchun kukunsimon yoki granulangan rux ishlatilsa sirolning kо'p qismi polimerlanib ketadi va monomer unumi keskin kamayadi. Boshlang'ich maxsulot 1,2-dibrometilbenzol esa etilbenzolni 145-1550C da bromlash orqali olinadi.yetoksi-brometilbenzoldan brom va etoksi guruhni tortib olish orqali ham sirol olish mumkin . Bu usul jarayonning oson borishi va maxsulot unumi jihatdan juda qulay hisoblanadi. Laboratoriyada sirol olishning usullaridan yana biri politsirolni vakumli termik dipolimerlanishidir. Sanoatda sirol olishning eng keng qо'llaniladigan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 599.69 KB
Ko'rishlar soni 95 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:14 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 599.69 KB
Ko'rishlar soni 95 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga