Sul'fat kislotaning fizik-kimyoviy xususiyatlari va O'zbekiston Respublikasidagi ishlab chiqarish korxonalari Reja: Sul'fat kislota ishlab chiqarish usullari haqida MDX davlatlari olimlarining sul'fat kislota ishlab chiqarishni rivojlanishiga qo'shgan xissalari Sul'fat kislotasi birinchi bo'lib, 9 asr boshlarida arab alximigi Jabr Ibn Xayyan (ruschasiga Geber) tomonidan temir kuporosini qizdirib, undan chiqqan gazlarni suvda yutdirish natijasida olingandir. SHuning uchun ham, shu vaqtga qadar Sul'fat kislotasining quyuq eritmasini texnikada kuporos moyi deb ataladi. Bu 93-95%lik Sul'fat kislotasidir. 1742 yili ulug' rus kimyogari M.V. Lomonosov bu suyuqlikka Sul'fat kislotasi deb nom beradi. Sul'fat kislotasi tannarxi bo'yicha arzon, kuchliligi jihatidan eng kuchli kislotalardan biridir; shuning uchun ham Sul'fat kislotasi xalq xo'jaligida eng ko'p qo'llaniladigan mahsulotlardan biridir; u meditsinada, tekstil sanoatida, kimyo sanoatidagi nam gazlarni quritishda, mudofaada, neftni qayta ishlash sanoatida, ammiakli chiqindi gazlar aralashmasidan ammiakni ushlab, quyidagi reaksiya bo'yicha ammoniy Sul'fati kabi mineral o'g'it ishlab chiqarishda ham ko'p ishlatiladi: 2NH3 + H2SO4 = (NH4)2SO4 +Q (1.) Sul'fat kislota noorganik kimyo sanoatida eng ko'p qo'llaniladigan moddadir. Masalan: ekstraktsion fosfor kislotasini ishlab chiqarishda Koratog' yoki Kizilqum fosforitlariga uch molekula Sul'fat kislota ta'sir ettiriladi: Ca3 (PO4)2 +3H2SO4 = 2H3PO4 + 3CaSO4 + Q2 (2.) E.F.K. fosfogips Sul'fat kislotasi oddiy superfosfat ishlab chiqarishda: Ca3 (PO4)2 + 2H2SO4 + 2H2O = Ca (H2PO4)2 + 2CaSO4 * 2H2O+ Q (3.) hamda pretsipitat ishdab chiqarishda qo'llanadi: CaCO3 + H3PO4 = Ca HPO4 + CO2 + H2O + Q4 (4.) O'z navbatida ekstraktsion fosfor kislotasi (efk) ga ammiakni ta'sir ettirib, mono va diammoniy fosfatlar olinadi: NH3 + H3PO4 = NH4 H2PO4 + Q5 (5.) 2NH3 + H3PO4 = (NH4)2 HPO4 + Q6 (6.) NH4H2PO4 va (NH4)2HPO4 lar aralashmasi ammofos aralashmasi deyiladi. Sul'fat kislotasi kuchli kislota sifatida kuchsiz kislotalarni ularning tuzlaridan siqib chiqaradi: Masalan dala shpati SaF2 dan vodorod ftorid kislotasini: CaF2 + H2SO4 = 2HF + CaSO4 + Q7 (7.) CHili selitrasidan nirat kislotasini: 2NaNO3 + H2SO4 = 2HNO3 + Na2SO4 + Q8 (8.) Osh tuzidan vodorod xloridi kislotasini: 2NaCI + H2SO4 = 2HCI + Na2SO4 + Q9 (9.) hozirgi vaqtda NSI kislotasi to'g'ridan to'g'ri sintez qilib olinmoqda: H2 + CI2 = 2HCI + Q (10.) Bu yerda hosil bo'lgan natriy Sul'fat tuzlar sun'iy achchiq toshlar ishlab chiqarishda, litopon va xoka'zolar ishlab chiqarishda ishlatiladi. Yuqoridagilardan ko'rinib turibdiki, Sul'fat kislotasi xalq xo'jaligida juda ham keng qo'llanar ekan. SHuni ta'kidlash mumkinki, bundan 10-15 yillar muqaddam butun dunyoda 1400 dan ortiq Sul'fat kislota qurilmalari ishlab turgan bo'lib, ular yiliga 150 million tonnadan ko'proq Sul'fat kislota ishlab chiqargan. Dunyoda Sul'fat ...

Joylangan
11 May 2024 | 08:13:16
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
19.97 KB
Ko'rishlar soni
110 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:14
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 May 2024 [ 08:13 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
19.97 KB
Ko'rishlar soni
110 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:14 ]
Arxiv ichida: docx