Mavzu: Sulfobirikmalar Reja: Aromatik sulfokislotalarning umumiy formu-lasi Ar-SO3H. Ularning nomi tegishli aromatik birikma nomiga sul'fokislota so'zi qo'shish bilan hosil qilinadi: Sulfokislotallarda aromatik halqa uglerodi sul'fogruppadagi oltingugurt bilan bevosita bog'langan. Olinishi. Sul'fokislotalar aromatik birikmalarga sul'fat kislota ta'sir ettirish yo'li bilan olinadi. Birinchi sul'fogruppa yadroga oson birikadi va reaksiya ancha past temperaturada(30-500C) olib boriladi: C6H6+HOSO3H = C6H5OSO4H +H2O Reaksiya uchun konsentrlangan sul'fat kislota yoki 5% oleum saqlagan kislota ishlatiladi. Sul'fogruppa ikkinchi tur o'rinbosar bo'lgani sababli u yadroning elektrofil' reagentlarga ta'sirini kamaytirib o'rinbosarni meta-holatga yo'naltiradi. Shuning uchun di-va tri-sul'fokislotalarni olish qiyin. Benzolga nisbatan toluol sul'fokislotalar oson hosil qiladi: Aromatik uglevodorodlar va arilgalogenidlar tionil xlorid ishtirokida xona temperaturasida oson sul'folanadi. Fizikaviy xossalari. Aromatik sul'fokislotalar gigraskopik kristall moddalardir. Kuchli qutblangan sul'fogruppa tufayli ular suvda juda yaxshi eriydi, organik erituvchilarning ko'pida erimaydi. Ximiyaviy xossalari. Arilsul'fokislotalar suvda eriganda to'la dissotsilanadi: Arilsul'fokislotalar kuchli kislotalar jumlasiga kiradi, asoslar bilan reaksiyaga kirishib tuz hosil qiladi: Sul'fokislotalarning xlorangidridlari quyidagi usullar bilan olinadi: A) sul'fokislotalar yoki ularning tuziga fosforning galogenli birikmalarini ta'sir ettirib olish: B) benzolga xlorsul'fon kislota ta'sir ettirib ham benzosul'foxlorid olish mumkin O-toluolsul'famid kaliy permanganatning suvdagi eritmasida 350C da oksidlanadi va o-sul'famidobenzoy kislota hosil bo'ladi, bu kislota neytral yoki kuchsiz ishqoriy eritmada bir molekula suv ajratib saxaringa aylanadi: saxarin sul'fokislotalarning tuzlari yuqori temperaturada (290-3400 C) o'yuvchi ishqorlar bilan qizdirilganda sul'fogruppa ONa gruppaga almashadi: Sul'fogruppa - SO3H aromatik halqaning aktiv-ligini kamaytirib, elektrofil' almashinish reak-siyalarida o'rinbosarni meta-holatga yunal-tiradi. M-n: E'tiboringiz uchun raxmat! ...

Joylangan
11 May 2024 | 08:13:16
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.18 MB
Ko'rishlar soni
120 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:14
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 May 2024 [ 08:13 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.18 MB
Ko'rishlar soni
120 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:14 ]
Arxiv ichida: pptx