Suv - murakkab modda. Suvning fizik va kimyoviy xossalari

Suv - murakkab modda. Suvning fizik va kimyoviy xossalari

O'quvchilarga / Kimyo
Suv - murakkab modda. Suvning fizik va kimyoviy xossalari - rasmi

Material tavsifi

Suv - murakkab modda. Fizik va kimyoviy xossalari 7-sinf Kimyo fani darsligi asosida 27-mavzu Reja: Suv - murakkab modda. Fizik va kimyoviy xossalari Suvning xossasi Suv vodorod va kislorod atomlaridan tashkil topgan murakkab modda bo'lib, tarkibida ikki atom vodorod va bir atom kislorod tutadi. Suvning molekular formulasi H2O shaklida ifodalanadi. Suvda vodorod atomlari kislorod atomi bilan 104,3° burchak hosil qilib birikkan. Demak, 1 mol suvning massasi 18 g ga, suvning molar massasi 18 gmol ga teng. Fizik xossalari. Suv rangsiz, ta'msiz, hidsiz, tiniq suyuqlikdir. Suvga hid bilan ta'mni undagi erigan qo'shimchalar beradi. Suvning ko'p fizik xossalari va o'zgarish xarakteri o'ziga xos bo'lib, tegishli holatlar uchun anomal (odatda xos bo'lgan holatdan chetlanish) bo'lib hisoblanadi. Suv 0°C dan +4°C gacha isitilganda ham zichlik ortadi va +4°C da suv o'zining maksimal zichligiga ega bo'ladi va bu 1 kgdm3 ni yoki 1 gml ni tashkil etadi. Suvning yana bir xossasi uning yuqori issiqlik sig'imiga (4,18 kjkg·K(l) egaligi (solishtirish uchun qum - 0,79; ohaktosh - 0,88; osh tuzi - 0,88; glitserin - 2,43; etil spirti - 2,85). Suv ajoyib universal erituvchi modda bo'lib, o'zida juda ko'plab anorganik va organik moddalarni eritish xususiyatiga ega. Kimyoviy xossalari. Suv molekulalari qizdirishga juda chidamli, lekin 100°C dan yuqori haroratda suv bug'lari vodorod va kislorodga parchalana boshlaydi: 2H2O = 2H2 + O2. Faol metallar suv bilan ta'sirlashib, uning tarkibidagi vodorodni ajratib chiqaradi. 2Na + 2H2O = 2NaOH + H2; Ca + 2H2O = Ca(OH) +H NaOH - natriy gidroksid KOH - kaliy gidroksid, Ca(OH)2 gidroksidlar asoslardir. Suvning reaksion qobiliyati ancha katta. Ayrim metall va metallmaslarning oksidlari suv bilan ta'sirlashganda asos va kislotalar hosil bo'ladi: CaO + H2O = Ca(OH)2; SO3 + H2O = H2SO4. Qizdirilgan temir suv bug'i bilan reaksiyaga kirishadi, natijada temir kuyundisi (Fe3O4)ni hosil qiladi: 3Fe + 4H2O = Fe3O4 + 4H2 . Suv bir qator kimyoviy jarayonlarni katalizlaydi. Agar suv bug'i ishtirok etmasa, «qaldiroq gaz» yuqori haroratda ham portlamaydi. Is gazi kislorodda yonmaydi. Xlor metallar bilan ta'sirlashmaydi. Vodorod ftorid oyna bilan ta'sirlashmaydi. DARS ISHLANMA 7- sinf o'quvchilari uchun SUV-MURAKKAB MODDA. SUVNING FIZIK VA KIMYOVIY XOSSALARI mavzusida tayyorlagan 1 SOATLIK Darsimizga xush kelibsiz aziz ustozlar! SUV-MURAKKAB MODDA. SUVNING FIZIK VA KIMYOVIY XOSSALARI MAVZU: MAQSAD: a)Ta'limiy maqsad - o'quvchilarga suvning tarkibi, tuzilishi, fizik va kimyoviy xossalari, muhim xususiyatlari va ishlatilishi haqida tushunchalar berish. b)Tarbiyaviy maqsad - ushbu mavzu orqali o'quvchilarni o'z maqsadiga erishish, jamoa bo'lib ishlash, o'zaro bir-biriga hurmat, berilgan topshiriqni bajarishda mas'uliyatni his qilish,Vatanga muhabbat, ona tabiatni asrash ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 9.96 MB
Ko'rishlar soni 126 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:14 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 9.96 MB
Ko'rishlar soni 126 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga