Suv havzalarini ifloslanishdan saqlash choralari. Suvni tozalash usullari

Suv havzalarini ifloslanishdan saqlash choralari. Suvni tozalash usullari

O'quvchilarga / Kimyo
Suv havzalarini ifloslanishdan saqlash choralari. Suvni tozalash usullari - rasmi

Material tavsifi

Suv havzalarini ifloslanishdan saqlash choralari. Suvni tozalash usullari 7-sinf Kimyo darsligi asosida 29-mavzu Reja: 2 3 Suv havzalarini ifloslanishdan saqlash choralari. 1 Suvni tozalash usullari Suv - eng yaxshi erituvchi. Eruvchanlik Yerdagi barcha hayotiy jarayonlar uchun zarur bo'lgan suv (kundalik turmush, qishloq xo'jaligi yoki sanoatda ishlatish uchun) ko'llar, daryolar va yerosti manbalaridan yoki sun'iy suv havzalaridan olinadi. Insonlarning kundalik ehtiyoji uchun ishlatiladigan suv bir yoki bir necha kanalizatsion sistemalardan yoki sanoat korxonalaridan, qishloq xo'jaligi kimyoviy vositalari qo'llangan dalalardan o'tib keladi, demak, ma'lum darajada ifloslangan bo'ladi. Turli xildagi chiqindilarni suvga tashlanishiga yo'l qo'ymang! Xazonlarni yoqmang! Bu bilan siz o'zingizni, ona tabiatni muhofaza qilgan bo'lasiz. Suv inson hayoti va amaliy faoliyatida katta ahamiyatga ega. Oziq-ovqat mahsulotlarini o'zlashtirish jarayoni oziq moddalarni suv yordamida eritma holiga o'tkazish bilan bog'liq. Barcha muhim fiziologik suyuqliklar (qon, limfa va b.) suvli eritmalardir. Asosida kimyoviy jarayonlar yotadigan ko'plab ishlab chiqarish sohalarida suvli eritmalardan foydalaniladi. Suyuq eritmalar ikki yoki undan ortiq tarkibiy qismlardan iborat suyuq gomogen (bir jinsli) tuzilmalardir. Okean va dengizlardagi suv (ularda erigan tuzlarni hisobga olmagan holda) 1,4·1018 t, quruqlikdagi chuchuk suv va muzliklardagi suv 4·1015 t, tirik organizmlar va tuproq, tog' jinslari tarkibidagi suv 1017 t atrofida massaga ega. Tabiatda suv juda ko'plab tuzlarni eritgan holda bo'ladi. Ganga yoki Missisipi kabi daryolar yiliga 100 t gacha, dunyodagi barcha daryolar dunyo okeaniga 273500 t tuzni eritib tashib keltiradi. bug'latilganda 100 g yomg'ir suvidan 3-5 g qattiq qoldiq qoladi. Yomg'ir suvi atmosferaning quyi qavatlaridan o'tadigan qisqa vaqt ichida o'zida sezilarli darajada turli moddalarni erita oladi Tuproqqa tushgan suv tarkibida erigan moddalar tuproq va tog' jinslaridagi tarkibiy qismlar bilan kimyoviy ta'sirlashib, tabiatda uzluksiz davom etadigan tuproq hosil bo'lishi, tog' jinslarining yemirilishi va yangi minerallar hosil bo'lish jarayonlarida faol ishtirok etadi. Eruvchanlik o'lchami moddaning ma'lum sharoitda to'yingan eritmadagi miqdori bilan belgilanadi. To'yingan eritma - ayni haroratda eruvchi moddadan ortiqcha erita olmaydigan eritma. Eruvchanlik 100 g erituvchida moddadan qancha erishi bilan belgilanadi. Suv shunday erituvchi moddaki, u gazlarni ham (kislorod, vodorod, karbonat angidrid va b.), suyuq moddalarni ham (spirt, kislotalar va b.), qattiq moddalarni ham (tuzlar, minerallar va b.) erita oladi. Gazlarning eruvchanligi harorat ortishi bilan kamayib boradi (suv qaynaganda undagi erigan gazlar chiqib ketadi). ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.65 MB
Ko'rishlar soni 108 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:14 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.65 MB
Ko'rishlar soni 108 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga