Suv suvning kimyoviy tarkibi Suv N2O-odatdagi va g'ayri oddiy modda. Taniqli sovet olimi akademik I.V.Petryanov o'zining suv haqidagi ilmiy-ommabop kitobini «Dunyodagi eng ajoyib modda» (M.; Pedagogika, 1981) deb atadi. Biologiya fanlari doktori B.F.Sergeev yozgan «Kiziqarli fiziologiya» (M.; Mol.gvardiya, 1979) kitobi esa suv haqidagi «Sayyoramizni yaratgan modda» deb nomlangan bobdan boshlanadi. Olimlar mutlaqo haqdirlar: Yerda biz uchun odatdagi suvdan muhimroq modda yo'q shu bilan birga xossalarida suvning xossalaridagi kabi shuncha ko'p qarama-qarshiliklar va anomaliyalar bor birorta boshqa modda mavjud emas. Sayyoramiz yuzasining deyarli 34 qismini okean va dengizlar egallagan. quruqlikning 20 % qismi qattiq suv-qop va muz bilan qoplangan. Sayyoraning iqlimi suvga bog'liq. Geofiziklar fikriga ko'ra, agar suv bo'lmaganida Yer allaqachon sovib, jonsiz, hayotsiz bir bo'lak toshga aylanib qolgan bo'lur edi. Suvning issiqlik sig'imi juda katta. U isiganida issiqlikni yutadi, soviganda uni qaytaradi. Yerdagi suv juda ko'p issiqlikni ham yutadi, ham qaytaradi va bu bilan iqlimni «tekislab» turadi. Yerni kosmik sovuqlardan ham suvning molekulalari saqlaydi; ular atmosfera -bulutlarda suv bug'lari holida tarqalgan bo'ladi Lekin suvni hayotiy muhim modda deyishimizga sabab faqat shularning o'zigina emas. Gap shundaki, odam tanasining deyarli 63-68 % i suvdan iborat. har bir tirik hujayradagi deyarli barcha biokimyoviy reaksiyalar suvdagi eritmalarda boradigan reaksiyalardir Kimyo sanoati korxonalaridagi va dorivor moddalar hamda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi ko'pchilik texnologik jarayonlar eritmalarda (asosan suvdagi eritmalarda) boradi. Metallurgiyada suv nihoyatda muhimdir, u sovitish uchungina emas, balki boshqa maqsadlarda ham ishlatiladi. Gidrometallurgiya rudalardan va kontsentratlardan turli reagentlarning eritmalari yordamida metallarni ajratib olish sanoatning muhim tarmog'iga aylanganligi tasodifiy hol emas. Suv har xil; suyuq, qattits va gazsimon. chuchuk va shur. erkin va borlangan holda bo'ladi,XX asr 60-yillarning oxiri va 70- yillarning boshlarida maqola va kitoblarda «anomal suv» degan termin tez -tez paydo bo'la boshladi. So'ngra bu termindan voz kechildi. Bu odatdagi «normal» suvning fizik xossalaridagi juda ko'p, lekin kimyoviy xossalaridagi uncha ko'p bo'lmagan anomaliyalarni inkor etish emas edi. Malumki,kimyoviy birikmalarning xossalari ularning molekulalari qanday.Elementlardan tarkib topganiga bog'liq bo'lib, malum qonuniyat bilan o'zgaradi, Suvni vodorodning oksidi yoki kislorodning gidridi sifatida qarash mumkin.,Mendeleev jadvali VI gruppasiping bosh gruppachasidagi elementlar vodorodli birikmalarining suyuqlalanish va qaynash temperaturalari qanday o'zgarishini ko'zdan kechiramiz. Bu bog'lanish grafikda tasvirlanganda suv xossalarining «mantiqsizligi» Ayniqsa yaqqol holatdan suyuq va gazsimoi holatlarga o'tishi lozim bo'lganiga qaraganda ancha yuqori temperaturalarda sodir bo'ladi. Bu anomaliyalarning izohi topilgan. Suv molekulasi N2O o'tmas burchakli uchburchak holida tuzilgan: ikkita kislorod-vodorod bog'lar orasidagi burchak 104027 Lekin vodorod atomlarining ikkalasi ham kislorod atomining bir tomonida joylashgani sababli unda elektr zaryadlar tarqalgan bo'ladi. Suv ...

Joylangan
11 May 2024 | 08:13:16
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.94 KB
Ko'rishlar soni
71 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:14
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 08:13 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.94 KB
Ko'rishlar soni
71 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:14 ]
Arxiv ichida: doc