Suvlarning klassifikatsiyasi

Suvlarning klassifikatsiyasi

O'quvchilarga / Kimyo
Suvlarning klassifikatsiyasi - rasmi

Material tavsifi

Suvlarning klassifikatsiyasi Reja: Suvlarning turli klassifikatsiyalari. Suvlarning kimyoviy tarkibi bo'yicha klassikatsiyalanishi. Suvlarning mineralizatsiyasi bo'yicha klassikatsiyalanishi. 1. Suvlarning turli klassifikatsiyalari. Hozirgi vaqtda bir necha o'nlab klassifikasiyalar ishlab chiqilgan, ular turli prinsiplarga asoslangan va turli amaliy qo'llashlarga ega. Bularning barchasini qamrab oladigan universal klassifikasiya hozircha yo'q. Eng ko'p ishlatiladigan ommabop va tez-tez qo'llaniladigan klassifikasiyalarga I.Palmer, S.A.Shukarev, N.I.Tolstixina, V.A.Sulina, O.A.Alekinlarning klaasifikasiyalari kiradi. Mineral suvlar uchun avvallari V.A.Aleksandrovning klassifikasiyasi qo'llanilgan bo'lsa, endilikda V.V.Ivanov va G.A.Nevraevning klassifikasiyalari qo'llanilmoqda. Yuza suvlar uchun esa O.A.Alyokinning klassifikasiyasini ko'rib chiqamiz. Alyokinning klassifikasiyasi 1946 yil chop etilgan (1-rasm). Uning asosida ikkita prinsip turadi: ustun ionlar va ionlar orasidagi o'zaro munosabat. O.A.Alyokin ustun ionlar deb moddaning ekvivalent miqdorida foizlarda hisoblaganda eng katta nisbiy tarkibli ionlarni hisoblaydi. Ustun anionlar bo'yicha barcha tabiiy suvlar uch sinfga bo'linadi: 1) gidrokarbonatli suvlar sinfi; 2) sulfatli suvlar sinfi; 3) xloridli suvlar sinfi. O.A.Alyokinning ko'rsatishi bo'yicha, belgilangan uchta sinf birdaniga suvning gidrokimyoviy xarakterlarini beradi. Gidrokarbonatli sinfga kam mineralli suvlari va ba'zi yer osti suvlari kiradi. Xloridli suvlar sinfiga okean, dengiz, sho'r qum, yopiq strukturadagi yer osti suvlarining yuqori minerallarni suvlar va b.q.lar kiradi. Tarqalishi va mineralizasiyasi bo'yicha sulfatli sinfidagi suvlar bo'lib gidrokarbonatli va xloridli suvlar o'rtasidagi suvlar kiradi. Genetik jihatdan ular turli chukma jinslar bilan bog'liq. 2. Suvlarning kimyoviy tarkibi bo'yicha klassikatsiyalanishi. O.A.Alyokin bo'yicha har bir sinf ustun kation bo'yicha uch guruhga bo'linadi: kalsiyli, magniyli va natriyli har bir sinf o'z navbatida to'rtta tip suvga bo'linadi, ekvivalentlarda ionlar orasidagi munosabat bo'yicha aniqlanadigan. Birinchi tip HCO-3Ca2++Mg2+ munosabati bo'yicha xarakterlanadi. Bu tipdagi suvlar ishqorli, yumshoq hisoblanadi, tarkibida ma'lum miqdorda natriy va kaliy bilan emirilgan tog' jinslarining mahsulotlarining aralashishidan hosil bo'ladi. Birinchi tipdagi kiruvchi suvlar umuman olganda kam mineralli, biroq oqmaydigan ko'llarda juda yuqori mineralizasiyaga ega bo'lishi mumkin. Birinchi tipga shuningdek ba'zi neft konlarining suvlari ham kiradi. Ikkinchi tip HCO-3 ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.74 KB
Ko'rishlar soni 75 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:14 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.74 KB
Ko'rishlar soni 75 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga