Suvning qattiqligi va uni yumshatish usullari

Suvning qattiqligi va uni yumshatish usullari

O'quvchilarga / Kimyo
Suvning qattiqligi va uni yumshatish usullari - rasmi

Material tavsifi

Suvning qattiqligi va uni yumshatish usullari 9-sinf Kimyo fani darsligi asosida 24-mavzu Ma'lumki, sayyoramiz yuzasining 23 qismi suv bilan qoplangan. Inson hayotini suvsiz tasavvur qilish mumkin emas. Kundalik turmushda, ishlab chiqarish jarayonlarining ajralmas qismi bo'lgan suv ma'lum darajada tozalashdan o'tkazilishi lozim. Tabiiy suvlar tarkibida magniy va kalsiy xloridlar, sulfatlar, gidrokarbonatlar va boshqa qo'shimchalar mavjud bo'ladi. Qattiq suv - tarkibida Ca2+ va Mg2+ ionlari ko'p bo'lgan suv. Yumshoq suv - tarkibida Ca2+ va Mg2+ ionlari bo'lmagan yoki juda kam bo'lgan suv. Qattiq suvdan foydalanilganda isitish tizimi bug' qozonlari devorlari magniy, kalsiy karbonatlar va boshqa tuzlardan iborat quyqa bilan qoplanib qoladi. Quyqa suv isishini qiyinlashtiradi, yoqilg'i sarfi ortishiga, qozon devorlarining ishdan chiqishiga sabab bo'ladi. Qattiq suvda sovun ko'pirmaydi, chunki magniy va kalsiy ionlari sovun bilan suvda erimaydigan birikmalar hosil qiladi. Suvda vaqtinchalik (karbonat), doimiy, kalsiy, magniy va umumiy qattiqlik farqlanadi. Suvning qattiqligini pasaytirish, yumshatish uchun distillatsiya (suvni haydash) hamda kimyoviy usullardan foydalaniladi. o'yingizda choy damlash uchun suv qaynatiladi. Doimo suv qaynatadigan idish tubiga e'tibor bering. Suvda erimaydigan toshsimon quyqani ko'rasiz, u CaCO3 va MgCO3 tuzlaridir Doimiy qattiqlik suvni qaynatish bilan yo'qolmaydi. Uni soda yoki natriy fosfat qo'shib yo'qotiladi: CaSO4 + Na2CO3 → CaCO3↓ + Na2SO4 3MgSO4 + 2Na3PO4 → Mg3(PO4)2↓ + 3Na2SO4 Kationitlar - suvda erimaydigan, tarkibida tashqi muhit kationlariga (Ca2+, Mg2+) almashina oluvchi, harakatchan kationlar (Na+) tutadigan qattiq moddalar. Anionitlar - suvda erimaydigan, tarkibida tashqi muhit anionlariga (SO-42, Cl-) almashina oluvchi, harakatchan anionlar tutadigan qattiq moddalar. Kationitlarda R-murakkab tuzilishga ega organik radikal. Kationitlar suvni kalsiy va magniy ionlaridan tozalashga yordam bersa, anionlarni chiqarib yuborish uchun anionitlar qo'llaniladi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 4.11 MB
Ko'rishlar soni 122 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:15 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 4.11 MB
Ko'rishlar soni 122 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga