Suvning tabiatda tarqalishi. Uning tirik organizmlar uchun ahamiyati, ishlatilishi

Suvning tabiatda tarqalishi. Uning tirik organizmlar uchun ahamiyati, ishlatilishi

O'quvchilarga / Kimyo
Suvning tabiatda tarqalishi. Uning tirik organizmlar uchun ahamiyati, ishlatilishi - rasmi

Material tavsifi

Suvning tabiatda tarqalishi. Uning tirik organizmlar uchun ahamiyati, ishlatilishi 7-sinf Kimyo fani darsligi asosida 28-mavzu Reja: 2 3 Suvning tabiatda tarqalishi. 1 Suvni tozalash usullari Suvdan sanoatda foydalanish Yer shari yuzasining 34 qismi okean, dengiz, ko'l, daryolar shaklida suv bilan qoplangan. Suv gazsimon (bug') shaklida atmosferada ko'p tarqalgan, tog'larning cho'qqisida va qutblarda qor, muz shaklida joylashgan. Dunyo okeani hajmi 1,35·106 km3 ni tashkil etadi. Yerdagi 97,2% suv dunyo okeani hissasiga to'g'ri keladi Qutb muzliklari, cho'qqilardagi muzlar 2,1% ni, yerosti grunt suvlari va ko'l, daryolardagi chuchuk suv 0,6% ni, quduq suvlari va sho'r suvlar 0,1% ni tashkil etadi. Tirik organizmlarning to'qimalarida, hujayralarida suv bo'ladi. Masalan, inson tanasining o'rtacha 65% ini suv tashkil etadi. Suv o'simliklar, hayvonlar va insonlar hayotida juda katta ahamiyatga ega. Hayotning o'zi, kelib chiqib rivojlanishi ham dengiz suvi bilan bog'liq. Suvning anomal fizik xossalari ham hayotiy jarayonlarni ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Kam zichlikka ega bo'lgan muz suv yuzasida qoladi va pastki iliq qatlamlarni muzlashdan saqlab turadi, hayot shakllarini sovuqdan himoya qiladi. Suvning yuqori issiqlik sig'imiga egaligi ham Yerdagi hayot uchun foydali. Yer yuzining 34 qismini egallagan dunyo okeani suvi Quyoshdan olgan energiyani o'zida saqlab turadi. Sanoat asosan chuchuk suv bilan ishlashga moslashgan. Ma'lumotlarga ko'ra, har yili kishi boshiga o'rtacha 800 l suv ishlatiladi. Bu qatorga xo'jalik ehtiyojlari ham, qishloq xo'jaligi va sanoat ehtiyojlari ham kiradi. Chuchuk suvning 10 foizi uy ehtiyojlari uchun, qolgani qishloq xo'jaligi va sanoat uchun sarflanadi. 1 kg qand olish uchun 400 l, 1 kg bug'doy olish uchun 1500l, 1 kg sintetik rezina olish uchun 2500 l atrofida suv sarflanadi. Agar suyuqlikdan qattiq holatga o'tishda suvning zichligi boshqa moddalarniki kabi ortganda edi, suv yuzasi 0°Cda muzlab, tagiga cho'kardi. Natijada hamma suv muzga aylanib, hayotning ko'plab shakllari qirilib ketar edi. Suv ko'plab sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda sovitkich, erituvchi muhit, tozalov vositasi kabi vazifalarni bajaradi. Suvning qishloq xo'jaligidagi roli hammamizga ma'lum: o'simliklarni, hayvonlarni sug'orishda faqat chuchuk suvdan foydalaniladi. Suvdan sanoatda keng ko'lamda foydalanish - oqova suvlar tozaligini va atrof-muhitni himoya qilishni ta'minlash muammosini keltirib chiqarmoqda. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.69 MB
Ko'rishlar soni 98 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:15 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.69 MB
Ko'rishlar soni 98 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga