Suyuq kristallar MAVZU: Suyuq kristallar va ularning qullanilishi I.Kirish. a) Suyuq kristallar haqida tushuncha. II. Asosiy qism. a) Suyuq kristall turlari. b) Suyuq kristallar taraqqiyoti. c) Suyuq kristallar bo'yicha avtomatik hisoblash mumkin bo'lgan laboratoriya ishi d) Suyuq kristallarning qullanilishi II. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar rO'yxati Kirish Suyuq kristalliborasi bilan texnika asrida tez-tez uchratyapmiz. Biz barchamiz ular bilan yuzlanamiz, va ularning hayotimizda ahamiyati kam emas ko'pgina zamonaviy uskuna va qurilmalar bu moddalar yordamida ishlaydi.Masalan soatlar, termometrlar displeylar, monetorlar va boshqa qurilmalar. Xo'sh nima ekan bu suyuq kristallar hamda nega ularning ahamiyati qiziqish hosil qilyapdi? Hozirgi kunda ilm ishlab chiqaruvchi kuchga aylandi va shuning uchun u yoki bu obyekt va hodisaga bo'lgan yuqori ilmiy qiziqishimiz va obyekt yoki hodisa xomashyo ishlab chiqarish uchun qiziqish uyg'otishini anglatadi. Bundan suyuq kristallar ham mustasno emas.Ularga bo'lgan qiziqishimiz shundan iboratki, ularni ishlab chiqarish ishlari sohasida samarali qo'llash imkoniyatiga egamiz. Suyuq kristallarni qo'llanilishi iqtisodiy samara, oddiylik, qulaylikni anglatadi. Suyuq kristall -bu moddaning spetsifik agregat holati bo'lib, bir vaqtning o'zida ham kristall, ham suyuqlik xossalari nomoyon bo'ladi. Hamma narsalar ham suyuq kristall holatida bo'la olmaydi. Ko'pchilik moddalar 3 xil, barchamizga ma'lum bo'lgan agregat holatida bo'ladi. Qattiq yoki kristall, suyuq yoki gaz holatida bo'ladi, lekin ba'zi murakkab molekulalarga ega bo'lgan organik moddalar aytib o'tilgan uch holatdan tashqari to'rtinchi agregat holatini suyuq kristall holatini hosil qilishi mumkin. Bu holat ba'zi bir moddalarning kristallarini eritish orqali sodir bo'ladi. Hosil bo'lgan suyuq kristall fazasi oddiy suyuqlikdan farq qiladi. Bu faza kristallning erish temperaturasidan yuqori temperaturagacha bo'lgan oraliqda mavjuddir. Suyuq kristall erish holatida oddiy suyuqlikka aylanadi. Xo'sh suyuq kristall suyuqlikdan va oddiy kristalldan nimasi bilan farq qiladi va nimasi bilan o'xshaydi? Suyuq kristallarning strukturasi. Oddiy suyuqlikdan suyuq kristall farqli ularoq oquvchan va o'zi joylashgan qolip shaklini hosil qiladi va shu jihati bilan kristallardan farq qiladi. Suyuqlik bilan birlashtiruvchi bu xossasiga qaramasdan u kristallarga xos bo'lgan xususiyatga ega. Bu molekulalar fazosidagi tartibni kristall hosil qiladi. To'g'risi bu oddiy kristallardagi kabi to'la tartibda emas lekin bu suyuq kristallar xossalariga ta'sir qiladi. Va shunisi bilan oddiy suyuqlikdan farq qiladi. Suyuq kristall hosil qiluvchi molekulalarning to'la bo'lmagan fazoviy tartibi shunday namoyon bo'ladiki, suyuq kristallarda molekulalarning og'irlik markazining fazoviy joylashishi qisman tartibli bo'lsa ham, to'la tartibli emas. Bu ularning qattiq kristall panjarasi yo'qligini anglatadi. Shu sabali suyuq kristallar oddiy suyuqlikka o'xshash oquvchanlik xossasiga ega. Suyuq kristallarning oddiy kristallar bilan yaqinlashtiradigan muhim xossasi bu molekulalarning fazoviy joylashuvida tartibning to'liqligidir. Bu tartib joylashuvda namoyon bo'ladi, masalan molekulalarning barcha uzun o'qi suyuq ...

Joylangan
11 May 2024 | 08:13:16
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.17 MB
Ko'rishlar soni
115 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:15
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 May 2024 [ 08:13 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.17 MB
Ko'rishlar soni
115 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:15 ]
Arxiv ichida: pptx