Tabiat va inson orasidagi o'zaro munosabatlarda ilmiy bilimlarniig ahamiyati

Tabiat va inson orasidagi o'zaro munosabatlarda ilmiy bilimlarniig ahamiyati

O'quvchilarga / Kimyo
Tabiat va inson orasidagi o'zaro munosabatlarda ilmiy bilimlarniig ahamiyati - rasmi

Material tavsifi

Tabiat va inson orasidagi o'zaro munosabatlarda ilmiy bilimlarniig ahamiyati Insonni qursha6 turgan tabiatni, uning paydo bo'lishi va rivojlanishi qonuniyatlarini ilmiy bilish va amaliyotda ko'llash katta ahamiyat kasb etadi. Tabiat benihoyat xilma-xil shakl va va ko'rinishlari bilan insonni qurshab turgan moddiy olam, butun borliqdan iboratdir. U keng manoda olganda materiya, koinot tushunchalarini ham qamrab oladi. Tabiatning mavjudligi insonga, uniig ongi va sezgisiga bog'liq emas. Bundan million yillar muqaddam Yer shunday bir holatda bo'lganki, unda o'zining sezgilari va ongiga ega bo'lgan inson u yoqda tursin, xatto boshqa har qanday jonli mavjudotlarning ham yashashi uchun xech bir imkoniyat bo'lmagan. Bu dalil shundan dalolat beradiki, Yer, quyosh sistemasi, umuman tabiat har qanday ongdan tashqarida va unga bog'liq bo'lmagan holda mavjuadir. Kishi ongi tabiat taraqqiyotining faqat muayyan bosqichidagina uniig mahsuli sifatida vujudga kelgan. Tabiatning, materiyaning fazoda cheksiz va vaqtda abadiy bo'lgan tinimsiz harakati jarayonida bazi bir narsalar emiriladi, yangilari paydo bo'ladi. Tabiatning million yillar ichidagi tadrijiy taraqqiyoti jarayonida noorganik dunyodan organik dunyo kelib chiqadi. Organik dunyoning paydo bo'lishi tabiatning, materiyaning cheksiz koinotdagi taraqqiyotidan kelib chiqishi mumkin bo'lgan oqibatlaridan biridir. Organik tabiat ham, noorganik tabiat ham pastdan yuqoriga, oddiy murakkabga qarab harakat qilib turadi. Taraqqiyot ularning har ikkalasida ham bir oz boshqacharoq shaklda amalga oshadi. Rivojlanish harakatning zaruriy oqibati sifatida noorganik tabiatda ham namoyon bo'ladi. Yerning chuqur qatlamlariga nazar tashlar ekanmiz, unda ko'pgina o'zgarishlarni ko'ramiz. Tumanliklardan yulduzlar paydo bo'lishi, bu yulduzlar portlab yana tumanliklarga aylanishi noorganik tabiatga xos bo'lgan harakatga misol bo'ladi. Bu jarayonlarning barchasi insoniyat etiqotini qondirish maqsadida, pastdan yuqoriga tomon intilayotgan jamiyatning fan texnika cho'qqisiga eltayotganligidan dalolat beradi. Bu hol esa o'z navbatida insoniyat borliqning moddiy, tabiiy nematlaridan qoniqmay, sun'iylikda yani ishlab chirqarish natijasida tabiat kuchlarini yangicha va madaniylashishi bilan bir qatog'da tabiatning sofligi va butunligidan ajralib qolayotganligi ekologik inqiroz holatlarini vujudga keltirmoda. Keyingi ming yilliklar davomida inson mehnat faoliyati natijasida Yer shari yuzasi, iqlimi, o'simligi, hayvonot dunyosining salbiy tomonga o'zgarganligini kuzatishimiz mumkin. har xil kosmik changlar, issiqlik elektr stansiyalari, avtomobillar sonining tez o'sib borishi, radiaktiv moddalar va boshqalar ta'siri ostida barcha jonli mavjudotning hayot manbai bo'lgan havo juda yuqori darajada ifloslanmoqda. Atrof muhitning radiaktiv va kimyoviy chiqindilar bilan ifloslanishi aholining, chorva mollarining, parrandalarning, dare va ko'llardagi, suv omborlari va okeanlardagi baliq va boshqa jonivorlarning ko'plab zararlanishiga sabab bo'lmoqda. Olimlar havo, suv va yer ustining zararlanishi shu tariqa davom etadigan bulsa, sivilizatsiya xalok bo'lishi mumkin deya taxmin qilishmoqda. Akademik A. Ye. Fersmanning fikricha, agar atmosfera tarkibidagi karbonat angidrid miqdori 2 barobar ko'paysa, bu narsa ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.64 KB
Ko'rishlar soni 77 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:15 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.64 KB
Ko'rishlar soni 77 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga