Tabiiy birikmalar kimyosi fanining maqsadi va vazifalari. O'simlik polifenol moddalari

Tabiiy birikmalar kimyosi fanining maqsadi va vazifalari. O'simlik polifenol moddalari

O'quvchilarga / Kimyo
Tabiiy birikmalar kimyosi fanining maqsadi va vazifalari. O'simlik polifenol moddalari - rasmi

Material tavsifi

Tabiiy birikmalar kimyosi fanining maqsadi va vazifalari o'simlik polifenol moddalari Reja: 1.Tabiiy birikmalar kimyosi fanining maqsadi va vazifalari 2.Fenollar va polifenollar.Ularning tabiiy manbalari. 3.O'simlik fenol birikmalarini sinflanishi. 4.Polifenollarning olinishi va xossalari. Tabiiy birikmalar tabiatda keng tarqalgan bo'lib, biologik jarayonda muhim rol o'ynaydi Bularga ma'lum bo'lgan barcha tabiiy birikmalar jumladan, uglevodlar, oqsillar, alkaloidlar, vitaminlar, antibiotiklar, aminokislotalar, o'simlik pegmentlari va hokozalar kiradi. Umuman olganda o'simlik hamda tirik organizmlar tomonidan sintez qilinadigan barcha birikmalar tabiiy birikmalar jumlasiga kiradi. Tabiiy birikmalarni o'rganish natijasida organik hamda biologik kimyoni yangidan yangi bilimlar bilan hamda tekshirishning hozirgi zamon usullari bilan to'ldirdi. Konformatsion analiz, organik birikmalarning stereoximiyasini o'rganish shu tariqa vujudga kelgan desak mubolag'a bo'lmaydi. Shuning uchun ham tabiiy birikmalar kimyosi organik kimyoning ajralmas qismi bo'libgina qolmay, o'ziga xos xususiyatlarga ham ega. Bu sohada ilmiy izlanishlarni amalga oshirayotgan olimlar tabiiy birikmalarni tuzilishini o'rganish jarayonida ularni organik birikmalarni strukturasidan kelib chiqqan holda o'rganib,biosintez hamda biogenez masalalariga ham e'tiborni qaratish kerak bo'ladi. Tabiiy birikmalarni guruhlarga bo'lishda nafaqat ularaning kimyoviy tuzilishi balki ularning fiziologik aktivligi va boshqa xususiyatlari ham e'tiborga olinadi. Vitaminlar, antibiotiklar, alkaloidlar va boshqa har-xil xarakterdagi birikmalarni hosil bo'lishi yuqoridagi fikrimizga yorqin misol bo'la oladi. Adabiyotlarda qayd etilishicha tabiiy birikmalarni qo'yidagicha gruppalarga bo'lish mumkin: 1.Kislotalar va ularning hosilalari. Lipidlar. Yog'lar va yog'simon moddalar. 2.Aminokislotalar. Oqsillar. Fermentlar. Nuklein kislotalar. 3.Ko'p atomli spirtlar. Uglevodlar. Pektinlar. 4.Ligninlar. 5.Terpenlar. Karotinoidlar. Kauchuk. Efir moylari. 6.Steroidlar. 7.Glikozidlar. 8.Kumarinlar. 9.Flavonoidlar. 10.Alkaloidlar. 11.Antibiotiklar. 12.Vitaminlar. Tabiiy birikmalar biologiya, meditsina, farmatsevtika, qishloq xo'jaligi va boshqa sohalarda kata ahamiyatga ega. Shuning uchun ham tabiiy birikmalarni (vitaminlar, glikozidlar, kumarinlar, flavonoidlar, alkaloidlar va hakozalar) o'rganish, yangilarini qidirib topish, ularning tuzilishi, fiziologik faolligi hamda ularni ishlab chiqarishga joriy etish shu kunning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. Tabiiy birikmalar kimyosini o'rganish borasida O'zFA O'simlik moddalari kimyosi instituti olimlari tomonidan juda kata ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirilmoqda. Bu borada ilmiy tadqiqot institutlari bilan o'zaro hamkorlikda ilmiy izlanishlarni olib borish kelgusida albatta o'z samarasini beradi. О'simlikdan ajratib olinadigan fenollar kelib chiqishi ikkilamchi bо'lgan quyi molekulyar massaga ega moddalar qatoriga kiradi. Bu termin (atama) 20-asrning birinchi yarmida tabiiy birikmalar kimyosida asta-sekin ishlatila boshladi. Aslida atama biologiyadan olingan bо'lib organizmdagi moddalarni metabolizm jarayonida ikki qatorga (sinfga) bо'lishga imkon bergan. Asosiy metabolik jarayonida (reproduksiya, о'sish, rivojlanish) asosan katta molekulyar massaga ega bо'lgan moddalar (nuklein kislatalari, oqsillar, lipidlar, polisaxaridlar v.k) ishtirok etadi. Bundan tashqari metabolizm natijasida bir qator ikkilamchi quyimolekulyar massaga ega bо'lgan moddalar hosil bо'ladi. (Alkaloidlar, terpenlar, steroidlar, glikozidlar, efir moylari va boshqalar) moddalarning bunday bо'lishini albatta nisbiy, chunki, о'simlik ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 76.47 KB
Ko'rishlar soni 133 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:15 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 76.47 KB
Ko'rishlar soni 133 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga