Tabiiy birikmalar kimyosining maqsadi va vazifalari. Geterohalqali birikmalar

Tabiiy birikmalar kimyosining maqsadi va vazifalari. Geterohalqali birikmalar

O'quvchilarga / Kimyo
Tabiiy birikmalar kimyosining maqsadi va vazifalari. Geterohalqali birikmalar - rasmi

Material tavsifi

Kirish. Tabiiy birikmalar kimyosining maqsadi va vazifalari. Geterohalqali birikmalar Tabiiy birikmalar kimyosi fani rivojlanish tarixi va uning xususiyatlari. Ularning tabiatda tarqalishi, tuzilishi, olinishi usullari va fiziologik faolligi. Tabiiy birikmalar tibiatga keng tarqalgan bo'lib, biologik jarayonda muhim rol o'ynaydi. Bularga malum bo'lgan barcha tabiiy moddalar jumladan uglevodlar, alkoidlar, vita'minlar, antibiotlar, aminokislotalar, o'simlik pigmenlari va h.k. kiradi. Umuman aytganda o'simlik hamda tirik organizmlar tomonidan hosil qilinadigan barcha birikmalar tabiiy birikmalar jumlasiga kiradi. Tabiiy birikmalarni o'rganish natijalari organik hamda biologik kimyoning yangidan - yangi bilimlar bilan hamda ko'nikmalarning hozirgi zamon usullari bilan to'ldirdi. Konfarmatsion analiz, organik birikmalarning stereo kimyosini o'rganish shu tariqa vujudga kelgan desak mubolag'a bo'lmaydi. Shuning uchun ham tabiiy birikmalar kimyosi organik kimyoning ajralmas qismi bo'libgina qolmay, o'ziga hos xususiyatlariga ham ega. Bu sohada ilmiy izlanishlarni amalga oshirayotgan olimlar tabiiy birikmalarni tuzilishini o'rganish jarayonida ularni sturukturasidan organik birikmalarni sturukturalari kelib chiqqan holda o'rganib, biosentez hamda biogeniz masalalariga ham etiborini qaratish kerak bo'ladi. Tabiiy birikmalarni gruppalarga bo'lishda nafaqat ularning kimyoviy belgilari bilan ularning fiziologik aktivligi va boshqa xususiyatlari ham etiborga olinadi. Vita'minlar, aktibioginlar, alkaloidlar va boshqa har xil xarakterdagi birikmalarning hosil bo'lishi yuqoridagi fikrimizga yorqin misol bo'loladi. Adabiyotlarda ko'rsatilishicha tabiiy birikmalar quyidagicha gruppalarga bo'linadi: 1.Kislotalar va ularning hosilalari. Lipidlar. Yog'lar va yog'simon moddalar. 2.Aminokislotalar. Oqsillar. Fermentlar. nuklein kislotalar. 3. Ko'p atomli spirtlar. Uglevodlar . Pektinlar. 4.Ligninlar 5.Terpenlar. Korotinoidlar. Kauchuk. Efir moylari. 6.Steroidlar. 7. Glikozidlar. 8. Kumarinlar. 9. Flovonoidlar. 10.Alkoloidlar. 11.Antibiotiklar. 12.Vita'minlar. Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida tabiiy birikmalarni (vita'minlar, glikozidlar, kumarinlar va hokozolar) o'rganish ularni yangilarni qidirib topish va ishlab chiqarishga joriy etish shu kunning muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Qashqadoryo viloyatining tog'li tumanlari nihoyatda turli tuman dorivor o'simliklarga boy bo'lib, ular hozirgi vaqtda halq tabobatida keng qo'llanilmoqda. Aytish mumkinki hali Qashqadaryo, Surxandaryo viloyatlaridagi ( tog'li hududlaridagi) dorivor o'simliklar yetarli darajada o'rganilmagan. Bu borada kimyogarlar, biologlar, farmokaloglar hamda texnaloglar o'zaro hamkorlikda ilmiy izlanishlarni amalga oshirsalar, ayniqsa, maqsadga muvofiq bo'lur edi. Shuni ham takidlash kerakki Qarshi Davlat Universiteti kimyo bioligiya fakultetining kimyo kafedrasining professor o'qituvchilari O'zFA o'simlik moddalari kimyosi ilmiy tekshirish institutining olimlari bilan bu borada bir qator ilmiy izlanishlarni amalga oshirmoqdalar. O'ylaymizki bunday o'zaro hamkorlik hamda ilmiy izlanishlar kelgusida albatta o'z samarasini beradi. Geterosiklli birikmalar deb shunday birikmalarga aytiladiki, ularning halqalari tarkibiga uglerod va vodoroddan bo'lak bitta yoki bir necha boshqa elementlar atomlari kiradi. Hozirgi vaqtda malum bo'lgan geterosiklli birikmalar tarkibida davriy sistemadagi deyarli hamma elementlar uchrashi mumkinligi aniqlangan. Qo'proq uchraydigan elementlar bu kislorod, azot, oltingugurtdir. Geteros so'zi grekcha bo'lib boshqa degan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.94 KB
Ko'rishlar soni 112 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:15 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.94 KB
Ko'rishlar soni 112 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga