Tabiiy fosfatlarni sul'fat kislotali parchalash Reja: Tabiiy fosfatlarni sul'fat kislotali parchalashning umumiy fizik-kimyoviy asoslari Superfosfat Superfosfat olishning fizik-kimyoviy asoslari Tabiiy fosfatlarni sul'fat kislotali parchalash natijasida sul'fat kislota stexiometrik mehyoriga qarab mahsulot sifatida oddiy superfosfat va ekstraktsion fosfat kislota (EFK) olinadi. Tabiiy fosfatlarni sul'fat kislotali parchalashning umumiy fizik-kimyoviy asoslari. Tabiiy kalg'tsiy fosfatlarning kilotalar bilan parchalanishidan fosfat kislotasi va kalg'tsiyning tegishli tuzlari hosi bo'ladi. Kalg'tsiyli tuzlari suvda yaxshi eriydigan kislotalar (masalan, nitrat yoki xlorid kislota) ishlatilganda olingan eritmalarni o'g'itga aylantirish, o'simliklar tomonidan o'zlashmaydigan yoki qiyin o'zlashadigan fosfatli birikmalarga aylanishiga olib keladigan kimyoviy o'zgarishlarni oldini olish uchun kalg'tsiyning bir qismini ajratib olish yoki bog'lash orqali amalga oshiriladi. Bundan farqli o'laroq, fosfatlarni sul'fat kislotali parchalashda ajraladigan suvda kam eruvchi kalg'tsiy sul'fat qattiq fazaga o'tadi; u o'g'it tarkibida ballast (keraksiz qo'shimcha) sifatida qatnashishi yoki eritmadan ajratib olinishi mumkin. Birinchi holatda oddiy superfosfat, ikkinchisida esa ekstraktsion fosfat kislota olinadi. Tabiiy fosfatlarni sul'fat kislota bilan ishlov berilganda, ftorapatit: - fosfat kislota olishda: Ca5('O4)3F + 5H2SO4 + 5nH2O = 3H3'O4 + 5CaSO4*nH2O + HF - superfosfat olishda: 2Ca5('O4)3F + 7H2SO4 + 3H2O = 3Sa(H2'O4)2*H2O + 7CaSO4 + 2HF reaksiya tenglamalari bo'yicha parchalanadi. SHu bilan bir vaqtda fosfatli xom ashyo tarkibidagi boshqa minerallar: kalg'tsit, dolomit, temir- va alyumosilikatlar ham parchalanadi. Masalan: CaMg(CO3)2 + 2H2SO4 + (n-2)H2O = CaSO4*nH2O + MgSO4 + 2CO2 K2O*Na2O*Al2O3*2SiO2 + 5H2SO4 = Na2SO4 + K2SO4 + Al2(SO4)3 + 2SiO2 + 5H2O Kremniy dioksid HF bilan tahsirlashib, SiF4 hosil qiladi: SiO2 + 4HF = SiF4 + 2N2O SiF4 ning bir qismi gazli fazaga o'tadi, qolgan qismi esa eritmada qoladigan geksaftorsilikat kislotaga aylanadi: SiF4 + 2HF = H2SiF6 Tarkibida kislotada eruvchan ko'p miqdordagi magniy, alyuminiy, temir birikmalari bo'lgan tabiiy fosfatlar sul'fat kislotali ishlov berish uchun yaroqsizdir. Ayniqsa temir tutgan qo'shimchali minerallar yaroqsiz hisoblanadi. Hosil bo'ladigan temir fosfatlari barqaror to'yingan eritmalarga aylanib, ulardan asosan Fe'O4*2H2O shaklida kristallanish sekin kechadi. Buning oqibatida fosfat kislota olishda kalg'tsiy sul'fat cho'kmasi bilan birgalikda erimaydigan temir fosfati shaklida P2O5 ning bir qismi yo'qotilishi hisobiga uning unumi kamayadi; superfosfat olishda esa mahsulotdagi suvda eriydigan P2O5 ning miqdori kamayadi, chunki uning mahlum ulushi o'simliklarga qiyin o'zlashadigan, tsitratli eritmada qisman eriydigan Fe'O4*2H2O shakliga o'tadi. Eritmadan qiyin eriydigan shaklga o'tish P2O5 ning retrogradatsiyasi deyiladi. SHu boisdan sul'fat kislotali parchalashda tarkibida ko'p miqdorda temir tutgan fosforitlar ishlatilmaydi. Rudalarni oldindan oksidlovchilik atmosferasida 850-1150OS haroratda qizdirish Fe(II) birikmalari - gyotet FeO(OH), gidrogyotet FeO(OH)*nH2O larning kislotalarda qiyin eriydigan gematit Fe2O3, magnetit Fe3O4 va boshqa birikmalarga aylanishiga olib keladi. Lekin, xattoki uzoq ...

Joylangan
11 May 2024 | 08:13:16
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
61.6 KB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:15
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 May 2024 [ 08:13 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
61.6 KB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:15 ]
Arxiv ichida: docx