Tabiiy gazlarning fizik xossalari

Tabiiy gazlarning fizik xossalari

O'quvchilarga / Kimyo
Tabiiy gazlarning fizik xossalari - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: Tabiiy gazlarning fizik xossalari Reja: 1. Neft va neft mahsulotlarining xossalarini o'rganish usullari. 2. Neft va neft mahsulotlarini fizikaviy xossalari: a). qovushqoqlik; b). qotish; xiralashish va kristal hosil bo'lish haroratlari; c). o't olish, alangalanish va o'z-o'zidan o't olish haroratlari; d). moddalarni nur sindirish qobiliyati. Neft va neft mahsulotlarini xossalarini o'rganish usullari Neft va neft mahsulotlarini xossalarini o'rganishda bir necha usullardan foydalaniladi: 1) kimyoviy, analitik kimyo usullari yordamida; 2) fizikaviy - bunda quyidagi xossalari aniqlanadi: zichligi (solishtirma og'irligi), qovushqoqligi, erish harorati, qotish va qaynash harorati, yonish issiqligi, molekulyar massasi va boshqalar; 3) fizik-kimyoviy usullar - kolorimetriya, potentsiometrik titrlash, nefelometriya, refraktometriya, spektroskopiya, xromatografiya; 4) maxsus usullar - oktan va tsetan sonlarini aniqlash, yoqilg'i va moy mahsulotlarini kimyoviy turg'unligini, alangalanishi va o'z-o'zidan alangalanish haroratlarini aniqlash va boshqalar. Neft va neft mahsulotlarining fizikaviy xossalari AQSH va Angliyada zichlik 600 (15,560C)da aniqlanadi. Adabiyotda bu birlikni mamlakatimizda qabul qilingan birlikka o'tkazish uchun maxsus jadvallar keltirilgan. Neft va neft mahsulotlarini zichligi ularning kimyoviy tarkibi bilan bog'liqligi sababli, u katta ahamiyatga egadir. Shu sababli neft va neft mahsulotlariga GOST talablarini belgilanayotganda zichlik ham asosiy ko'rsatkichlar qatoriga kiradi. Neftlarning nisbiy zichligi asosan 0,82 dan 0,9 gacha. Ba'zan bu ko'rsatkichlardan kamrog'i yoki yuqorirog'i ham uchraydi. Neftni qisqa fraktsiyalarini zichligi, ularning tarkibidagi uglevodorodlarning turiga bog'liqdir. Masalan, utlevodorodlarning molekulasida 6 ta uglerod atomi bo'lsa, (geksan, metilsiklopentan, siklogeksan va benzol), ular 68,7° dan to 810C gacha qaynaydi, nisbiy zichligi 0,660, 0,749, 0,779 va 0,879. Qovushqoqlik - suyuqlik (gaz)ning bir qismini ikkinchi qismiga nisbatan harakat qilayotgan vaqtda hosil bo'ladigan qarshilikdir. Qovushqoqlik uch xil bo'ladi: dinamik, kinematik va shartli qovushqoqlik. Dinamik qovushqoqlikni xalqaro miqiyosda birligi deb bir sekunddagi Paskal (Pas) qabul qilingan. Bu suyuqlikning 1 m2 ga teng ikki qatlamini bir biriga nisbatan 1 ms tezlikda quyilgan 1N kuch ta'sirida 1 m ga surilganida sodir bo'lgan qarshilikka tengdir. Dinamik qovushqoqlikka teskari birlik moddaning oquvchanligi deyiladi. Kinematik qovushqoqlik - dinamik qovushqoqlikni aniqlayotgan haroratdagi moddaning zichligiga nisbatiga aytamiz, birligi m2s. Qovushqoqlikni ifodalayotgan vaqtda kinematik qovushqoqlik birligi keng ishlatiladi. Neftni qayta ishlash tarmog'ida asosan shartli qovushqoqlik birligi ishlatiladi. Shartli qovushqoqlik - ma'lum hajmdagi suv va neft mahsulotini oqib tushish vaqtlarini nisbatan yoki bo'lmasa neft mahsulotini standart idishdan oqib tushish vaqti qabul qilingan. Mamlakatimizda 200 sm3 suvni 20°C haroratda oqib tushish vaqtini shu miqdordagi neft mahsulotini oqib tushish faktiga taqqoslash bilan belgilanadi. Sanoatda qovushqoqlikni 50 va 100°C haroratlarda aniqlash qabul qilingan. Shuningdek 50 va 100°C dagi qovushqoqliklarning nisbati, qovushqoqlikning harorat koeffitsiyenti (TKV), qovushqoqlik indeksi, qovushqoqlik - harorat koeffitsiyenti ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 220.62 KB
Ko'rishlar soni 99 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:15 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 220.62 KB
Ko'rishlar soni 99 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga