Tabiiy gazni chuqur qayta ishlash bilan individual gaz komponentlarini ajratib olish

Tabiiy gazni chuqur qayta ishlash bilan individual gaz komponentlarini ajratib olish

O'quvchilarga / Kimyo
Tabiiy gazni chuqur qayta ishlash bilan individual gaz komponentlarini ajratib olish - rasmi

Material tavsifi

Tabiiy gazni chuqur qayta ishlash bilan individual gaz komponentlarini ajratib olish Reja: Gazkondensati tarkibidan individual gaz komponentlarini ajratib olish; Gazokondensatning fizik-kimyoviy xossalari; Organik birikmalarni ishlab chiqarish qadimdan boshlangan, ammo u uzoq yillar davomida tabiiy materiallar tarkibidagi mahsulotlarni (qand-shakar, skipidar, o'simlik va hayvon moy va yog'lari va boshqalar) ajratib olishga asoslangan yoki murakkab tabiiy mahsulotlarni oddiy moddalarga (oziq-ovqat mahsulotlarini spirt va sirka, yog'larni sovun va gliseringacha) parchalashga asoslangan edi. XIX asrning o'rtalariga kelib organik kimyo taraqqiyotida yirik muvaffaqiyatlar qo'lga kiritildi. A.M. Butlerovning organik moddalarning tuzilish nazariyasi yaratildi, fizikaviy kimyoviy va texnik fanlarning yutuqlari, toshko'mirni kokslashdan hosil bo'luvchi qo'shimcha mahsulotlarga asoslangan xom ashyo bazasini yaratilishi va boshqalar, organik sintezning paydo bo'lishiga, ya'ni oddiy moddlardan murakkab moddalarni olishga olib keldi. Organik kimyoning dastlabki Bunday almashinish jarayonida yangi neft kimyo sintezi deb ataluvchi termin paydo bo'ldi. Bu sintezning yangi xom ashyo bazasiga asoslanganligini ko'rsatadi xolos, biror mahsulotni qanday xom ashyodan (toshko'mir xom ashyosidan yoki neft xom ashyosidan) foydalanib sintezlanishidan qat'iy nazar ularni ishlab chiqarishda prinsipial farq bo'lmaydi. Organik sintez sanoati xom ashyo sifatida: galogenlar va ularning birikmalaridan, kislotalar, oksidlar, ishqorlar, ammiak, vodorod, suv, havo va boshqalardan foydalaniladi. Bu moddalar organik mahsulotlariga turli atomlar va guruhlarni kiritish uchun, bir moddani bir qancha boshqa moddalarga aylantirish uchun, individual moddalarni ajratib olish va tozalash uchun foydalaniladi. Organik sintez o'z taraqqiyotining boshlang'ich etaplarida oxirgi asosiy mahsulot bilan oraliq yarim mahsulotlar (alkenlar, galogenli hosilalar, spirtlar, aldegidlar, ketonlar, fenollar, aminlar va boshqalar) ishlab chiqarishni qo'shib olib bordi. Keyinchalik organik sintezdan bir qancha o'ziga xos ishlab chiqarishlar: plastmassalar, sintetik kauchuklar, kimyoviy tolalar, bo'yoqlar, dori-darmonlar texnologiyalari ajralib chiqdi. hozirgi zamon organik sintez sanoati ikki muhim maqsadga qaratilgan. keng ko'lamli ishlab chiqarish, bunda (o'n va yuz ming tonnalab ishlab chiqariladi) sanoatning boshqa tarmoqlari uchun yarim mahsulotlar (masalan, yuqori molekulali birikmalar uchun monomerlar) ishlab chihariladi. bir qancha tayyor mahsulot (yuvish vositalari, kimyoviy zaharli birikmalar, erituvchilar va boshqalar) ishlab chiharish. Bugungi kunda organik sintez mahsulotlaridan u yoki bu darajada foydalanmaydigan xalq xo'j aligining biror tarmoqi yo'q. Organik sintez sanoatidagi taraqqiyot ma'lum darajada yangi reaksiyalarni kashf etilishi va uni ishlab chiqarishga tadbiq etilishiga bog'liq. Ko'pincha prinsipial yangi reaksiya organik kimyodan yangi davrni boshlab beradi. Masalan, 1928 yilda 1-4 holatda bog'langan dien sistemalariga ikkilamchi va uchlamchi bog'lanish (dienofillar) tutgan moddalarning birikib olti a'zoli sikllar hosil qiladigan dien sintezi reaksiyasi (O. Dils va, K. Alder) ochilgan edi. Bu reaksiya turli-tuman siklik birikmalardan tortib to murakkab polisiklik sistemalar, masalan, steroid va so'ngra geterosiklik sistemalar kabi ko'pincha yangi sintetik moddalar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 62.96 KB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:15 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 62.96 KB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga