Tabiiy gazni nordon komponenetlarini alkanolaminlar bilan absorbsiya usulida tozalash Reja: Tabiiy gazlarning asosiy fizikaviy xossalari Gazlarning holat tenglamalari. 1.Tabiiy gazlarning asosiy fizikaviy xossalari Tabiiy gazlarning fizikaviy xossalaridan konlarning loyiha ko'rsatkichlarini hisoblashda gazlarni konda davlat standartlariga mos holda tayyorlashda va gaz ishlab chiqarish korxonasi hamda gazni naklieti bilan shug'ullanadigan korxona orasidagi o'zaro hisob - kitoblarda ishlatiladi. Shuning uchun tabiiy gazlarning asosiy fizikaviy xossalarini doimo nazorat qilib borish kerak bo'ladi. Shuni ham aytib o'tish kerakki, agar gazning bosimi, hajmi va harorati o'zgarsa, uning asosiy fizikaviy xossalari ham birmuncha o'zgaradi. Demak, gazning asosiy fizikaviy xossalarini muntazam ravishda nazorat qilib turish zarur bo'ladi. Tabiiy gazning asosiy xossalariga uning molekulyar massasi M, zichligi rr, qovushqoqligi , kritik parametrlari (Pk,Tk) va o'ta siqiluvchanlik koeffistienti Z kiradi. Tabiiy gazlarning asosiy fizikaviy va kimyoviy xossalari Zichlik yoki hajm massasi deb, moddaning tinch holatidagi massasini uning hajmiga bo'lgan nisbatiga aytiladi. Gazning oddiy fizik sharoitdagi (ya'ni bosim 101325 Pa=0,101 MPa va harorat 0'S) zichligini uning molekulyar massasi orqali aniqlash mumkin. Ya'ni =M 22,41 (9) bu yerda - gazning molekulyar massasi; 22,41 - Har qanday bir kg gazning fizik sharoitdagi hajmi. Ammo hisoblashlarda ko'pin va gazning nisbiy zichligi ishlatiladi. Gazning nisbiy zichligi deb, shu gazning havo zichligiga bo'lgan nisbatiga aytiladi: P = Rx = 1,293 (10) bu yerda Rx - havo zichligi - 1,293. Tabiiy gaz aralashmasining molekulyar massasi Mar aniq bo'lsa, uning zichligi Rar = Mar 22,41 (11) ifodasi orqali topiladi. Aralashmaning nisbiy zichligi esa Rar Mar 1,296 (12) ifodasi orqali topiladi. 1. jadval: Asosiy fizik doimiylar 1.2 jadval: Moddalarning zichligi va yung moduli Gazlarning qovushqoqligi uning zichligiga, molekulalarning o'rtacha tezligi va erkin harakatlanish masofasiga bog'liq, u quyidagicha aniqlanadi: (13) bu yerda: V - gaz molekulalarning o'rtacha tezligi; - molekulalarning o'rtacha erkin harakatlanish masofasi. Qovushqoqlik harorat va bosimga bevosita bog'liq bo'lib, bosim ortishi natijasida gazning zichligi ortadi, molekulalarning erkin harakati masofasi kisqaradi va molekulalar harakati tezligi deyarli o'zgarmaydi. Shuning uchun bosim oshishi bilan boshlang'ich davrda Qovushqoqlik deyarli o'zgarmaydi, keyinchalik esa oshib boradi. Qovushqoqlikni bosim va harorat bog'liqligi metan gazi misoli tarkasida keltirilgan. Agar gazning boshlang'ich bosimi yuqori bo'lsa (8 MPa dan yuqori) haroratini oshishi qovushqoqlikni pasayishiga va boshlangiya bosim past bo'lganda haroratni oshishi, qovushqoqlikni Har ortib borishiga olib kelar ekan. Ba'zi bir gazlarning harorati oshishi bilan qovushqoqligi o'zgaradi. Shuni ham aytish kerakki, yuqori molekulyar massaga ega bo'lgan gazlarning (atmosfera bosimi sharoitida) boshlang'ich qovushqoqligi biroz kichik bo'ladi, harorat oshishi esa qovushqoqlikni ortib borishiga olib keladi. Tabiiy ...

Joylangan
11 May 2024 | 08:13:16
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
23.25 KB
Ko'rishlar soni
98 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:15
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 May 2024 [ 08:13 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
23.25 KB
Ko'rishlar soni
98 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:15 ]
Arxiv ichida: docx