Tabiiy gazni tozalashda ishlatiladigan qattiq adsorbentlarning selektivligini o'rganish

Tabiiy gazni tozalashda ishlatiladigan qattiq adsorbentlarning selektivligini o'rganish

O'quvchilarga / Kimyo
Tabiiy gazni tozalashda ishlatiladigan qattiq adsorbentlarning selektivligini o'rganish - rasmi

Material tavsifi

Tabiiy gazni tozalashda ishlatiladigan qattiq adsorbentlarning selektivligini o'rganish MUNDARIJA KIRISH BOB. ADABIYOTLAR SHARXI Adsorbsiya haqida asosiy tushunchalar Adsorbentlarni aktivligini tiklash va regeneratsiyalash Tabiiy adsorbentlar haqida umumiy tushuncha Tabiiy gazni oltingugurtli birikmalardan tozalash Neft mahsulotlarini adsorbsion tozalash Oltingugurtli birikmalarni aniqlash BOB.NATIJALAR VA ULARNING MUHOKOMASI Tabiiy oltingugurtli gazlarni tozalashda mahalliy adsorbentlarning samaradorligini o'rganish Neft mahsulotlarini tozalashda tabiiy adsorbentlarning oqartiruvchanlik xossalarini o'rganish BOB. TAJRIBA QISMI Tabiiy adsorbentlarni termoaktivlash Tabiiy adsorbentlarni kislotali aktivligi Tabiiy adsorbentlarning nordon gazni sorbsiyalash qiymatini aniqlash 3.4. Tabiiy mineral tuproqlarning ishlatilgan PVN-7 nasos moyini tozalashda sinash XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR KIRISH O'zbekiston Respublikasi mustaqilligidan so'ng hukumatimiz tomonidan neft va gaz sanoati rivojlanishiga yanada e'tibor berila boshlandi. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davrida Respublikamizda uning oldini olish va bartaraf etishning asosiy tadbirlaridan biri xalq xo'jaligining alohida tarmoqlarini rivojlantirish, ularni yangi texnika va texnologiyalar bilan jihozlash, ishlab chiqarishda qo'llanilayotgan qurilmalarni modernizatsiya qilish, sifatli va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish hozirgi kunning dolzarb vazifalaridan biridir [1]. Hozirgi paytda gaz qazib olish hajmining ko'payishi guruhiy gaz yig'ish tizimlariga o'tishni taqazo qilmoqda va bu tizim Respublikamiz gaz konlarida keng qo'llanilmoqda. Bu tizimda bir guruh quduqlar markazida gaz yig'ish punktlari joylashtiriladi va ulardan umumiy kon kollektorlari orqali gaz gazni kompleks tayyorlash qurilmalariga yuboriladi. Viloyatimizdagi asosiy gaz konlari gazkondensatli bo'lib, tabiiy gaz tarkibida suyuq uglevodorodlarning bo'lishi gazni tayyorlash jarayonida qo'shimcha texnologik usullar va jarayonlarni qo'llashni, hamda tomchili suvlarning bo'lishi gazni quritish jarayonini olib borishni taqazo qilganligi uchun yig'ish tizimi individual va guruhiy tayyorlash tizimlari unchalik samara bermaydi. Hozirgacha gazkondensatli konlar mahsulotlari asosan yonilg'i sifatida foydalanilib kelinganligi uchun uning sifatiga unchalik e'tibor berilmasdan faqat texnik shartlar bilan cheklanib qolinar edi. Lekin oxirgi yillarda gazni qayta ishlash sohasining rivojlanishi, gaz tarkibidan suyultirilgan uglevodorodlarni ajratib olib avtomobillar yoqilg'isi sifatida foydalanilishi, propan va butan aralashmalarining qisilgan holda avtomobillar yoqilg'isi sifatida qo'llanilishi tayyorlanayotgan gaz tarkibiga emas, balki olinayotgan mahsulotlar tarkibiga ham aniq talablarni qo'ymoqda. Oxirgi yillarda Respublikamiz miqiyosida neft' va gaz sanoati rivojlanishiga yanada e'tiborning ortishi uning barcha sanoat tarmoqlari ichida energiyaning asosiy manbai bo'lib qolganligi bilan tavsiflanadi. Har bir rivojlangan mamlakatning iqtisodiyotida energiya resurslarini tejash va ulardan unumli foydalanish ishlab chiqarish sharoitida qo'llanilayotgan texnika va texnologiyalarning sifat va samaradorlik ko'rsatkichlari bilan belgilanadi. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davrida yoqilg'i energetika resurslaridan foydalanishning salmog'i to'xtovsiz oshib bormoqda. Ayniqsa bu o'rinda jahonda energiyaga bo'lgan ehtiyojning 70-75% i neft va gaz mahsulotlariga to'g'ri keladi. Bitiruv malakaviy ishning mavzusining dolzarbligi. Yuqoridagi ma'lumotlardan kelib chiqqan holda gaz tarkibidagi aralashmalarni ajratish va ajratib olingan birikmalardan xalq xo'jaligining turli tarmoqlarida oqilona foydalanish hozirgi kunning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 104.34 KB
Ko'rishlar soni 124 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:15 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 104.34 KB
Ko'rishlar soni 124 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga