Tabiiy sorbentlar haraktiristikasi va ularning strukturasi Tabiiy mineral sorbentlar - bu tabiiy material bo'lib, bug'larda, suyuqliklarda va eruvchan moddalarda nisbatan qo'shimcha holda ximiyaviy ishlov bermasdan turib, gaz va suyuqliklarni o'zida yutish xossasini namoyon etadi. Tabiiy sorbentlarning kelib chiqishi va ularning paydo bo'lish davrlari turli-tumandir. Ko'pchilik hollarda tabiiy sorbentlar, tog' jinslari bo'lgan bazaltlar, baylaz, vulqon shlaklari, vulqon kullari va boshqalar uzoq vaqtlar davomida suvning hamda unga erigan moddalar ta'sirida bu jinslar tarkibidan ishqorlar, ishqoriy-yer metallari va temir birikmalari turli xil tuzlar chiqib ketadi. Buning natijasida adsorbtsiyalash xossasini namoyon etuvchi bir qator oraliq jinslar paydo bo'ladi. Bu hosil bo'lgan oraliq jinslar o'zlarining g'ovakliklari amorf qattiqliklari, kimyoviy tarkib, tuzulishi hamda solishtirma sirtlarining katta-kichikligi bilan bir-biridan tubdan farq qiladi. Bundan tashqari ko'pchilik tabiiy sorbentlar tuzulishi bir xil bo'lsada, ularning kelib chiqqan yeriga qarab, geologik yoshiga qarab adsorbtsion jarayonlarda turlicha aktivlikka ega bo'ladilar. Tabiiy sorbentlarning xossasi asosan uning tarkibiga kirgan tuproqsimon bo'lmagan minerallarga, tarkibidagi organik moddalarga, almashinuvchi ionlarning tarkibi va miqdoriga, suvda eruvchan tuzlarning bo'lishiga va shu sorbentning tuzlishiga bog'liq bo'ladi. Har qanday adsorbentning gazlarni yutish qobiliyati uning g'ovakligiga, fizik xossalariga bog'liq bo'ladi. Gazlar kristall adsorbentlardan ko'ra amorf adsorbentlarga ko'proq adsorbilanadi. Chunki amorf adsorbent sirti tekis bo'lmay g'adir-budir bo'ladi. Kristall adsorbentda esa asosan qirra va chuqqilar adsorbtsiyaga ishtirok etadi. Tabiiy mineral sorbentlar, O'zbekistonda keng tarqalgan ko'pchilik qismi tuproqsimon assotsiotlar shaklida va boshqa minerallar ko'rinishida mavjud. Bular jumlasiga montmorillonit, polgorskit, attapulgit, sepiolit, tsiolitlar, boksit va boshqa jinslarni kiritish mumkin. Bular ichida eng yaxshi tabiiy sorbent sifatida montmorillonitni ko'rsatish mumkin. Avtorlarning ko'rsatishicha galluazit, kaolinit, illit, sepiolit, «nordon tuproq», bentonitlar va polgorskitlar ham yaxshi adsorbtsion xossaga egadirlar. Tuproqsimon minerallar suvli alyumosilikatlar hisoblanadi. Ular cho'quvchi gruppalar va vulkonogen jinslarni hosil qiladi va suv bilan plastik massani hosil qilish qobiliyatiga ega bo'ladi. Bu massa quritilgandan so'ng o'ziga berilgan formani saqlaydi, kuydirilgandan keyin esa toshdek qattiqlikni oladi. Ko'p miqdor suvlarda ular yuqori disperslikka ega bo'lgan suspenziyani hosil qiladi. Tuproqsimon minerallarni klassifikatsiyalashning bir qancha tiplari taklif qilingan. Mutaxassislar o'rtasida tuproq va tuproqsimon minerallarning fizika-ximiyaviy, kolloid xossalarini va boshqa xossalarini o'rganishda R.Grim taklif etgan klassifikatsiyadan yaxshi foydalanib kelinmoqda. U menirallarni ikkita katta gruppalarga: amorfsimon va kristallsimon tiplarga ajratadi. Tabiatda turli-xil tuproqsimon minerallar ko'p miqdorda uchraydi. Ular o'zlarining tarkibi va xossalari hamda kritall panjarasining tuzilishlari bilan bir-biridan farq qiladi. Tuproqsimon minerallarda almashinuvchi ionlar zarrachaning tashqi qismida joylashgan bo'ladi. Barcha tuproqsimon minerallar ichida yutish hajmining kattaligi boyicha vermukulit va montmorillonit (80-150 mg, -ekv100g), gidratlangan galluazit (10-50 mg, -ekv100g), kamroq holda kaolinit (3-15 mg, -ekv100g) turadi. ...

Joylangan
11 May 2024 | 08:13:16
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
10.88 KB
Ko'rishlar soni
103 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:15
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 08:13 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
10.88 KB
Ko'rishlar soni
103 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:15 ]
Arxiv ichida: doc