Tabiiy sorbentlarning sifatini baholash metodi

Tabiiy sorbentlarning sifatini baholash metodi

O'quvchilarga / Kimyo
Tabiiy sorbentlarning sifatini baholash metodi - rasmi

Material tavsifi

Tabiiy sorbentlarning sifatini baholash metodlari Reja: Qutbsiz muhitda sinash Kam qutbli muhitda sinash. Qutbli muhitda sinash Tabiiy sorbentlarning sifatini baholash qiyin masalalardan biri bo'lib sanaladi. Sorbentlarning effektiv ishi avvalo uning tuzilishiga, xossalariga, muhitning tabiatiga, sorbent tarkibidagi almashinuvchi ionlarga, eruvchan aralashmalarga, shuningdek, sorbentni tozalash jarayonining o'tkazilish sharoitiga (kontaktli yoki dinamik metod, tozalashning temperaturasi va shunga o'xshashlarga) bog'liq. Tabiiy sorbentlar oqartiruvchi vosita sifatida neftni qayta ishlash sanoatida, yog'larni qayta ishlash va tozalashda keng miqyosda qo'llanilgan va qo'llanilib kelmoqda. Shuning uchun tabiiy sorbentlarning sifatliligi neft mahsulotlarni, yog'larning rangini qanchalik darajada kamaytirishiga yoki rangsizlantirishi bilan belgilanadi. Amalda tabiiy sorbentlar sifatini baholashga emperik yondashib kelingan. Hozirgi vaqtga qadar oqartiruvchi tuproqlarning sifatini baholash uchun birdan bir usul bu shu mahsulot uchun aynan belgilangan tuproqlar bo'lib xizmat qilgan. Bunda laboratoriyada olib borilgan barcha tekshirish ishlari zavod usullariga ancha yaqinlashtiriladi. Yuqorida biz aytib o'tganimizdek sorbentning asosiy sorbtsiyalash xossasiga uning tuzilishi ta'sir etadi. Shuning uchun tabiiy sorbentlarning tuzilishini tekshirish shu sorbentlarning sifatini baholashning obyektiv metodi bo'lib xizmat qilishi mumkin. Bu esa tegishli ishlab chiqarish sanoatlarida undan maqsadga yo'naltirilgan holda effektiv foydalanish imkoniyatini beradi. Hozirgi vaqtga qadar tabiiy sorbentlarni baholashning standart metodlari joriy qilingan. To'liqroq metodlardan biri S.S.Filatov tomonidan Gruziya geologiya boshqarmasida ishlab chiqilgan. Qoyida tabiiy sorbentlarning sifatini baholash metodlaridan bir qanchasini ko'rib chiqamiz. 4.1. QUTBSIZ MUHITDA SINASH Tabiiy sorbentlarning qutbsiz muhitlarda sinash neftni qayta ishlash sanoati va yog'larni regeneratsiyalash korxonalarida qo'llanilishiga to'g'ri keladi. Tabiiy sorbentlarning qutbsiz muhitda sinash turli sharoitlarda o'tkazilsa-da, ular zavod usullarida o'tkaziladigan sharoitga yaqinlashtiriladi. Oqartiruvchi tuproqlarning sifatini tekshirishning bu metodlarini yengil neft mahsulotlaridan boshlab og'ir mahsulotlarga o'tish tartibida ko'rib chiqaylik. 4.1. a) Press-distillatni tozalash boyicha sinash. Zavod sharoitida press-distillatni aralashmalardan bug' fazalaridan tozalashda kalonkaga tabiiy sorbentdan donalari to'ldirilib, undan press-distillatning bug'lari o'tkaziladi. Shuning uchun laboratoriya sharoitida tekshirish bug' fazasida olib boriladi. Tabiiy sorbentlar ma'lum o'lchamlarda donalar shaklga keltirilib, so'ngra ular tekshirish jarayoniga tushiriladi. Qurilma taklif qilgan asbobga qisqacha tavsif beraylik. Hajmi 5 l atrofidagi ikkita tirqish bo'lgan metall kolba A (balandligi 200 mm, diametri 200 mm), tirqishning bittasi markaziy (30 mm) bo'lib u kolbaning silindr V bilan bog'laydi, ikkinchisi yon tirqish bo'lib, (d=20 mm) Press-distillatni kelib tushishini ta'min etadi. silindr V tepadan qopqoq bilan berkitilgan. silindr V da ichki silindrlik karobka D joylanadi va u S silindrga berkitiladi. silindr S ning ichiga yumaloqlangan tekshiriluvchi tuproqlar joylashadi. Ko'rinib turibdiki, D silindrda ikkita tirqish bo'lib biri tashqi tomonga chiqqan va unga jumrak o'rnatilgan, ikkinchi tirqish esa jumrak orqali G' sovutgichga ulangan, o'z navbatida sovutkichning oxirida mahsulotni yig'uvchi idish ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.37 KB
Ko'rishlar soni 110 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:15 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.37 KB
Ko'rishlar soni 110 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga