Tarkibida azot atomi saqlagan besh va olti azotli geterohalqali birikmalar

Tarkibida azot atomi saqlagan besh va olti azotli geterohalqali birikmalar

O'quvchilarga / Kimyo
Tarkibida azot atomi saqlagan besh va olti azotli geterohalqali birikmalar - rasmi

Material tavsifi

Tarkibida azot atomi saqlagan besh va olti azotli geterohalqali birikmalar Pirrol va uning hosilalari. Molekulasining tuzilishi kimyoviy bog'larning uzunligi. Molekula dipol momenti olinish usullari tuzilishi xossalari va ahamiyati. Pirrol 1300S da qaynaydigan, suvda erimaydigan, rangsiz suyuqlik. U havoda tezda oksidlanib, smolaga aylanadi. Pirrol toshko'mir smolasi va suyak moyi ( suyakni quruq haydab olinadi ) tarkibida bo'ladi. Xlorid kislota bilan ho'llangan archa cho'pini pirrol bug'i qizil rangga bo'yagani uchun, unga pirrol ( grekcha pir - olov demakdir ) deb nom berilgan. Olinish usullari. 1. Sanoatda pirrol Y.K.Yuryev reaksiyasi bo'yicha furan va ammiak bug'larini 400S gacha qizdirilgan alyuminiy oksid ustidan o'tkazish yo'li bilan olinadi: 2 Pirrol kahrabo kislota bilan ammiakdan quyidagi sxema bo'yicha olinadi: 3. Katalizator ( alyuminiy bilan toriy oksidlar aralashmasi) ishtirokida 1,4 -butindiol va ammiakdan olinadi: 1,4 -Butindiol esa atsetilen va formaldegiddan sintez qilinadi. 4. Pirrol gomologlari 1,4-diketonlarni ammiak yoki ammoniy karbonat bilan qizdirish orqali olinadi. Kimyoviy xossalari. Pirrol asos xossalariga deyarli ega emas. Uning iminogruppa vodorodi juda kuchsiz kislota xossalariga ega bo'lib, kaliy, litiy, natriy singari metallarga almashinib, pirrolning tuzlarini hosil qiladi: Pirrolkaliy qattiq modda, suv bilan reaksiyaga kirishganda pirrol, galoidli alkillar bilan N- alkilpirrollar, kislota xlorangidridlari ta'sirida esa N- atsilpirrollar hosil qiladi. Agar reaksiyalar qizdirish bilan olib borilsa, N - atsil va N - alkilpirrollar qayta gruppalari azot atomidan a -uglerod atomiga o'tadi: Pirrol magniyorganik birkmalar bilan ham shunday reaksiyalarga kirishadi: S-pirrilmagniyli tuzlar magniyorganik birikmalar uchun xos bo'lgan reaksiyalarga kirisha oladi. Masalan, karbonat angidrid ta'sirida a - pirrolkarbon kislota, kislota xlorangidridlari bilan ketonlar, past temperaturada etilformiat ta'sirida N - formilpirrol, yuqori teiperaturada pirrol -a -aldegid hosil qiladi: Pirrol va uning hosilalari aromatik xossalarni yaqqol namoyon qiladi. U o'z xossalari bilan fenolga o'xshaydi. Elektrofil o'rin olish reaksiyalariga oson kirishadi. Pirrol furan singari kislotalar ta'siriga juda sezgir ( atsidofob) bo'lgani uchun uni odatdagi sulfolovchi va nitrolovchi agentlar bilan nitrolab yoki sulfolab bo'lmaydi. Sulfolovchi agent sifatida N -piridinsulfotrioksid yoki dioksansulfotrioksid ( A. P. Terentyev) ishlatiladi. Atsidofob geterosiklik birikmalarni sulfolashda qo'llaniladigan N - piridinsulfotrioksid va diorksansulfotrioksid neytral moddalar bo'lib, reaksiya vaqtida dastlabki komponentlarga parchalanadi va sulfolaydi. Atsetilnitrat bilan nitrolaganda 2- nitropirrol hosil bo'ladi: Galogenlashda, masalan, yodlashda dastlab 2- yodpirrol, so'ngra esa 2,3,4,5- tetraiodpirrol hosil bo'ladi: 2,3,4,5- tetraiodpirrol meditsinada inodol nomi bilan antiseptik sifatida ishlatiladi. Shunday qilib, besh azoli geterosiklik birikmalarning kislotalar ta'siriga chidamliligi har xilligi, elektrofil o'rin olish reaksiyalariga qay darajada oson kirishishi va fizikaviy xususiyatlarini hisobga olib, ularning aromatiklik darajasi quyidagi tartibda kamayadi deb aytish mumkin: tiofen pirrol furan. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 115.17 KB
Ko'rishlar soni 93 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:16 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 115.17 KB
Ko'rishlar soni 93 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga