Tarkibida terpenoidlar saqlagan dorivor o'simliklar. Seskviterpen laktonlar - Santonin, tauremizin olish texnologiyasi

Tarkibida terpenoidlar saqlagan dorivor o'simliklar. Seskviterpen laktonlar - Santonin, tauremizin olish texnologiyasi

O'quvchilarga / Kimyo
Tarkibida terpenoidlar saqlagan dorivor o'simliklar. Seskviterpen laktonlar - Santonin, tauremizin olish texnologiyasi - rasmi

Material tavsifi

Tarkibida terpenoidlar saqlagan dorivor o'simliklar. Seskviterpen laktonlar- Santonin, tauremizin olish texnologiyasi Reja: 1. Terpenoidlar ta'rifi va tasnifi. 2. Efir moylarini olish va fizik xossalari. 3. Efir moylarini analiz qilish usullari 4. Santonin olish texnologiyasi. 5. Tauremizin olish texnologiyasi Terpenoidlar O'simlik dunyosiga xos bo'lgan uglevodorodlar terpenoidlar o'zida izoprenoid tuzilishga egadir, ya'ni izopren qator (S5N8) Boshi dumiga qoidasi bo'yicha birikadi. Ular quyidagilardir: Monoterpenlar - (S10 N16) Seskviterpenlar - (S15 N24) Diterpenlar - (S20 N32) Triterpenlar - (S30 N48) Tetroterpenlar- (S40 N64) Politerpenlar - [(S10 N16)] Bulardan tashqari tabiatda ularning kislorod - saqlovchi hosilalari (spirtlar, aldegidlar, ketonlar, epoksidlar v.b.)keng tarqalgandir. Bularning barchasi terpenoidlar deb yuritiladi. Bulardan monoterpenoidlar (S10) va seskviterpenoidlar (S15) uchuvchan efir moylari tarkibiga kiradi. Diterpenoid (S20) va triterpenoidlar (S30) uchmaydigan (kamed) moylar (mumlar) tarkibiga kiradi. Triterpenoidlar o'zida saponin aglikoni saqlaydi va ular triterpen glikozidlar tarkibiga kiradi Tetraterpenlar esa korotinoid va retinollar tarkibiga kiradi. Politerpenoidlar esa tarkibida 100 dan to 500 izoprenoid qoldiqlaridan iborat bo'lgan kauchuk va gutapperlardan iboratdir. Monoterpenoidlarni o'rganish bo'yicha bir qancha olimlar izlanishlar olib borganlar. Ularning tuzilishi oddiy bo'lsa xam, izlanishlar bir qancha qiyinchilik tug'dirdi, chunki uning molekulasida ichkimolekulyar guruhlanish sodir bo'ladi. Efir moylari murakkab aralashma bo'lib, ularning asosiy massasini izoprenoid struktura - monoterpen va seskviterpenlar tashkil etadi. Siklik terpenoidlar bir xil yoki uch kondensirlangan siklni o'zida saqlaydi, shuning uchun mono-di-va trisiklik terpenoidlar farqlanadi. Trisiklik terpenoidlar monoterpenlar ichida kam uchraydi. Aromatik birikmali efir moylarida kislorod saqlovchi birikmalar uchraydi. qo'shimcha spirtlar, fenollar, ketonlar, fenil sirka va boshqa kislotalar. Umuman efir moyi deb o'simliklardan suv bug'i yordamida xaydab olinadigan, o'ziga xid va mazaga ega bo'lgan uchuvchan organik moddalar aralashmasiga aytiladi. O'simlik dunyosida efir moylari keng tarqalgan. yer shari florasida o'simliklardan taxminan 2500 dan ortiq turi tarkibida efir moyi bor. Tarkibida efir moyi bo'lgan o'simliklar asosan Ukraina, Moldava, Gruziya, Tojikiston, Qirg'iziston Respublikalarida SHimoliy Kavkaz, Qrimda ko'p o'stiriladi. Efir moylarini aniqlash. Efir moylarini olishni bir necha usullari mavjuddir; bular, suv bug'i yordamida xaydab olish, organik erituvchilar bilan ekstraksiya, anfleraj va mexanik ajratib olish. Suv bug'i bilan xaydash - bu usul keng tarqalgan bo'lib, bunda xom ashyo tarkibida juda ko'p efir moylari bo'lganda va xaydash harorati uning sifatiga ta'sir yetmaganda qo'llaniladi. Efir moylarini yengil uchuvchan organik erituvchilar bilan ekstraksiyasi (efir, atseton) bunda komponentlar termolobil va suv bug'i yordamida parchalanishiga asoslangandir. Bu Sokslet apparatida olib boriladi. Eritmani maydalagandan so'ng toza efir moyi yoki uning boshqa moddalar bilan aralashmasi olinadi. Ba'zida efir moylari ekstraksiyasi yog'lar bilan xom - ashyoni tindirish bilan olib boriladi. Anfleraj (yutish) usuli ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.81 KB
Ko'rishlar soni 112 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:16 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.81 KB
Ko'rishlar soni 112 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga