Temir Qurbonovich Hamroqulov (1941 - 2009)

Temir Qurbonovich Hamroqulov (1941 - 2009)

O'quvchilarga / Kimyo
Temir Qurbonovich Hamroqulov (1941 - 2009) - rasmi

Material tavsifi

Temir Qurbonovich Hamroqulov (1941-2009) Temir Qurbonovich Hamroqulov 1941 yilda Samarkand shahrida tavallud topdi. Samarkand Davlat universitetining kimyo' fakultetiga o'qishga kirib, 1962 yildan o'qishii Moskva Davlat universitetida davom ettiradi va 1966 yilda o'qishni tugatib, aspiranturada qoladi. 1969 yilda kimyo fanlari bo'yicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgach, Samarkand Davlat universiteta analitik kimyo kafedrasiga ishga kabul qilindi. 1971-1982 yillarda anorganik kimyo kafedrasi mudiri va professori sifatida mehnat qilgan. 1983 yilda analitik kimyo mutaxassisligi bo'yicha doktorlik dissertatsiyasini muvaf-faqiyatli himoya qildi. T.Hamroqulov 1983-1988 yillar davomida kimyo fakulteta dekani, elektrokimyovii analiz usullari ilmiy laboratoriyasi mudiri, analitik kimyo kafedrasi mudiri, Lola aksiyadorlik ilmiy ishlab chiqarish jamiyati raisi lavozimlarida ishladi. 1994 yildan 2005 yilgacha Rossiya Fanlar akademiyasi Sochi ilmiy-tadqiqot markazida ekologiya monitoringa sektori mudiri, markazning o'quv ishlari bo'yicha direktor 5'rinbosari, bosh ilmiy xodim, Ekologiya universiteta birinchi prorektori lavozimlarida ishladi. T.Hamrokulov Rossiya Tabiiy fanlar akademiyasining muxbir azosi, Beruniy nomidagi O'zbekiston davlat mukofotining sovrindori va bir kancha orden hamda me'dallar sohibi bo'lgan. Uning rahbarligida 20 dan ortiq kimyo fanlari nomzodi, 5 nafar fan doktori tayyorlandi. U 400 dan ortik ilmiy makolalar, patentlar, mualliflik guvohnomalari, risolalar, monografiyalar va darsliklar muallifi edi. Temur Hamroqulov rahbarligidagi ilmiy tadqiqotlarning asosiy yo'nalishi kichik o'lchamli, KaiTa ish resursiga ega bo'lgan, doimiy ishlaidigan avtomatik elektrokimyovii ssnsorlar ishlab chiqarishdan iborat edi. Bajariladigan ishlar analitik kkmbning muhim vazifalaridan hisoblangan atrof-muhitning zaharlanish darajasini, jumladan, yer yuzasi va 10 km balandlikkacha bo'lgan havo atmosferasi, sanoat korxonalari va kishloq xo'jaligi chiqindilari (is gazi, karbonat angidrid, azot oksidlari, oltingugurt birikmalari, galogenlar, to'yingan, to'yinmagan va aromatik uglevodorodlar va h.k.) ni doimiy analitik nazorat 'qilishdan iborat bo'lgan. Ushbu topshiriqny hal qilish uchun 70-yillarda standart gaz aralashmalarni tayyorlash uchun asboblar va usullar yaratildi (SM. Vasina, D.M. Ivniskiy, D.A. Ilyasov, T.Q. Hamroqulov). Yer sharoitida va samolyotlarga o'rnatilgan laboratoriya sharoitlarida is gazi, karbonat angidridi va kislorodni aniqlash uchun ishlatiladigan qurilmalar konstruksiyalari ishlab chiqarilib, ishlab chiqarishga joriy etildi (V.V. Abramova, T.Q. Hamroqulov, SM. Vasina, D.M. Ivniskiy, I. Qudratov, R. Priev, V.V. Chervyakova). Elektrokimyovii analiz usullari yordamida atrof-muhit obyektlari tarkibidagi turli metallarni (E.L. Lutfullaev, A.M. Nasimov, T.Q. Hamrokulov), azot oksidlarini (D.A. Ilyasov, Sh. O'rinboev, T.Q. Hamroqulov), galogenlarni (A.K.Solixov, T.Q. Hamrokulov), vodorodni (Ye. Badalov, A.M. Nasimov, T.Q. Hamroqulov), aminobirikmalar va aminlarni (M.U. Yalilov, T.Q. Hamroqulov). aviatsiya yoqilgilari (aviakerosinlar), turli organik erituvchilar, neft mahsulotlari va oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi makro- va mikro- miqdordagi su v miqdorini (Ye.A. Ro'ziev, T.Q. Hamroqulov) va turli uglevodorodlar, vodorod, is gazi kabi ko'plab zaharli gazlarni aniqlash ning yangi usullari. yangi termokimyoviy usullari (E.A. Abdurahmonov, T.Q. Hamroqulov) yordamida nazorat qilishning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 22.82 KB
Ko'rishlar soni 80 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:16 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 22.82 KB
Ko'rishlar soni 80 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga