Temir va uning birikmalari. Analitik kimyo fani va uning metodlari. Analitik tarozi va unda tortish qoidalari Temir, kobalt va nikel bir-biriga o'xshash elementlardir. Ular VII guruhning qo'shimcha guruhcha elementlaridir. Fe-Co-Ni qatorida chapdan o'ngga tomon 3d orbital elektronlar bilan to'lib borgan sari d elektronlar ko'proq juftlashadi. Temirning oksidlanish darajasining maksimal qiymati +6 ga yetadi. Kobaltda faqat +3, nikelda +2. Co va Ni ning IV valentli holatlari nihoyatda beqaror. Temirga konsentrlangan sovuq sulfat, nitrat kislotalar va ishqorlar ta'sir etmaydi. Temir suyultirilgan kislotalarda osona erib, ulardan vodorodni siqib chiqaradi va Fe+2 ionini hosil qiladi. Ni va Co suyultirilgan kislotalarda temirdan ko'ra sustroq eriydi. Konsentrlangan nitrat kislotada passivlashib qoladi. Fe+2- Co+2-Ni+2 katodlarida chapdan o'ngga tomon qaytaruvchi xossalari zaiflashadi. Fe+3-Co+3-Ni+3 katodlarida esa chapdan o'ngga tomon oksidlovchilik xossasi kuchayadi. Temir va uning birikmalariga oid lar Kerakli reaktiv va jihozlar: Temir (II)-sulfat, kaliy rodanit, qizil qon tuzi, temir (II)xlorid. Temir mix, xlorid kislota, sulfat kislota, nitrat kislota, o'yuvchi natriy, Mor tuzi, Texno-kimyoviy tarozi toshlari bilan, shtativ, gorelka, chinni tigel, chinni hovoncha, chinni kosacha, voronka, 100 ml li stakan, shtativ probirkalari bilan II va II valentli Fe ga xos sifat reaksiyalar a) Yangi tayyorlangan va ichida ozroq temir kukuni solingan temir (II)-sulfat eritmasidan ikkita probirkaga ozroq qo'ying. Birinchi probirkaga kaliy rodanit eritmasidan qo'shing. Agar eritmada Fe+3 ioni hosil bo'lsa, hech qanday rang paydo bo'lmaydi. Temir (II)-sulfat bo'lsa, pushti rang paydo bo'ladi. Ikkinchi probirkaga qizil qon tuzi K3[Fe(CN)6] eritmasidan qo'shing. Ko'k cho'kma -Fe3[Fe(CN)6]2 hosil bo'lishini kuzating. Reaksiya tenglamasini yozing. b) ikkita probirkaga temir (II)-xlorid eritmasidan qo'ying. Birinchi probirkaga kaliy rodanit eritmasidan bir necha tomchi qo'ying. Ko'k, qizil eritma - berlin zangorisi Fe[Fe(CN)6]3 hosil bo'lishini kuzating. Reaksiyalarning tenglamalari yozing. Temirga kislotaning ta'siri a) Uchta probirkaga 2-3 donadan probka yoki temir mixlar soling. Birinchi probirkadagi mix ustiga 2 n xlorid kislota, ikkinchi probirkaga 2 n sulfat kislota, uchinchi probirkaga 2 n nitrat kislota eritmasidan qo'shing. Birinchi va ikkinchi probirkada vodorod ajralib chiqishini va temirning II valentli tuzini hosil bo'lishini isbotlang. Uchinchi probirkada gaz chiqmasligini kuzating. Probirkadagi eritmaga ozroq 2 n natriy gidroksid eritmasidan qo'shib, probirkani qizdiring. Ammiak ajralib chiqishini hididan biling. II valentli temir tuzi va ammoniy nitrat hosil bo'lishini hisobga olib reaksiya tenglamasini yozing. b) Ikkita probirkaga probka yoki temir mixlar soling. Birinchi probirkadagi mix ustiga konsentrlangan nitrat kislota eritmasidan, ikkinchisiga konsentrlangan sulfat kislota qo'shing. Reaksiya bo'lmasligini kuzating. Probirkalarni mix shtativga o'rnatib qizdiring. Probirkada azot (II)-oksid chiqib, havodagi kislorod bilan birikib pushti rangli NO2 gaziga aylanadi, ikkinchi probirkada o'tkir hidli ...

Joylangan
11 May 2024 | 08:13:16
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
49.91 KB
Ko'rishlar soni
141 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:16
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 08:13 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
49.91 KB
Ko'rishlar soni
141 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:16 ]
Arxiv ichida: doc