Temir va uning birikmalari. REJA : 1. Temir gruppachasi elementlarining umumiy tavsifi 2. Temir - olinishi, xossalari, birikmalari D. I. Mendeleyev davriy sistemasining sakkizinchi gruppa yenaki gruppacha elementlari katta davrning urta qismlariga joylashgan uchta triadani uz ichiga oladi. Bular: temir-Te, kobalt-Co, nikel-Ni birinchi triada : ruteniy-Ru, rodiy-Rh, palladiy-Pd ikkinchi triada: osmiy-Os, iridiy-Ir, platina-Pt uchinchi triadani tashqil qiladi. Bu triadalar to'rtinchi, beshinchi,oltinchi davrlarda joylashgan. Bular barchasi D- elementlar jumlasiga kiradi. Birinchi triadadagi elementlar: Fe, Co, Ni o'zaro ximiyaviy xossalari jixatidan o'xshash bo'lgani uchun temir gruppachasi elementlari deyiladi. Ikkinchi va uchinchi triadadagi oltita element platina gruppachasi metallari deyiladi. Temir gruppachasi elementlari elektron konfigurasiyasi kuyidagicha: Temir gruppachasi elementlarining atom og'irliklari, tabiiy barkaror izotoplari, ularning nisbiy miqdori va boshqa konstantalari kuyidagi jadvalda keltirilgan: Fe-Co-Ni qatorida elementning oksidlanish darajasi kamayadi: temirda oksidlanish darajasining maksimal kiymati +6ga yetadi:kobaltda faqat +3ga kadar, nikelda asosan +2 (va bazan +3) ga kadar bo'ladi. So vaNi ning Q4 valentli xolatlari nixoyatda bekaror. Ularning uchalasi xam kulrang metall bo'lib, rangdor ionli birikmalar xosil qiladi. Ularning turli komplekslari ma'lum. Kompleks birikmalarda bu elementlarning koordinasion sonlari 4 va 6 ga tengdir. Bu elementlarning normal elektrod potensiallarining manfiy kiymatlari Ђe dan Ni ga utganda kamayadi. Fe, Co, Ni-kislorod bilan barkaror birikmalar xosil qiladi. Ularning kislorod bilan xosil qilgan birikmalarining barkarorligi Fe-Co-Ni qatorida chapdan ungga tomon bir oz kamayib boradi. Fe-Co-Nining Me(OH)2 va Me(OH)3 tarkibli gidroksidlari usha metallning tuzlari eritmasiga ishqorlar va oksidlovchilar ta'siridan xosil qilinadi. Fe-Co-Ni nitridlar, umuman unchalik barkaror emas. Bulardan eng barkarori Fe nitriddir. Fe-Co-Ni ning karbidlaridan (Fe3C, Co3C, Ni3C) Fe3C, ya'ni sementit, chuyan va pulatning tarkibiy qismini tashqil qiladi. Umuman bu uch metallning karbidlari metall karbidlar deyiladi. Fe ning ikkita karbidi bor, biri Fe2S ikkinchisi Fe3S. Fe2S bekaror modda, u tezda parchalanib Fe3S ga aylanadi. Fe-So-Ni ning kuyidagi sulfidlari va fosfidlari mavjud: FeS2 CoS2 NiS2 Fe3P Co3P Ni3P Co2S2 Ni2S2 FeP Co3S4 Ni3S4 FeP2 FeS CoS NiS Fe-Co-Ni da S va R ning bo'lishi pulatning mexaniq xossalariga salbiy ta'sir kursatadi. Fe-Co-Ni SO bilan bir necha xil birikma xosil qiladi. Bu birikmalar kukun xolidagi metallarga SO (yuqori bosim ostida) ta'sir ettirishdan xosil bo'ladi. Temir - tartib nomeri 26. Yer pustlogida eng kup tarkalgan og'ir metall bo'lib, erkin xolda juda kam uchraydi. Temir minerallari tabiatda keng tarkalgan. Uning sanoat uchun axamiyatli rudalari jumlasiga magnetit Fe3O4 (unda 72% temir bor), gematit Fe2O3 (unda 70% Fe bor), limonit Fe2O3?H2O (yoki 2FeO2H) siderit FeSO3 (bunda 48% Fe bor) kiradi. Tabiatda temirning oksid rudalaridan tashqari kupgina miqdorda ...

Joylangan
11 May 2024 | 08:13:16
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
132.47 KB
Ko'rishlar soni
93 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:16
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 May 2024 [ 08:13 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
132.47 KB
Ko'rishlar soni
93 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:16 ]
Arxiv ichida: pptx