Temir - rasmi

Material tavsifi

Temir 9-sinf Kimyo fani darsligi asosida 31-mavzu Reja: 2 3 4 5 Atom tuzilishi. 1 Tabiatda tarqalishi Fizik xossalari. Kimyoviy xossalari. Olinishi. Davriy sistemada joylashgan o'rni. Temir davriy sistemaning sakkizinchi guruhi yonaki guruhchasida joylashgan. Uning tartib raqami - 26. Kimyoviy belgisi - Fe. Nisbiy atom massasi 55,847 ga teng. d-metallar oilasiga kiradi. Atom tuzilishi. Kimyoviy reaksiyalarda temir atomi 4s-tashqi elektron qobig'idan ikkita elektron ajratib, +2 zaryadli ionga aylanadi. Fe+2 ioni 3d qavatdan yana bitta elektronni ajratib, +3 zaryadli ionga aylanishi mumkin. Temir atomi Tabiatda tarqalishi. Alyuminiydan keyin temir eng ko'p tarqalgan metalldir. Ayrim ma'lumotlarga qaraganda, temir Yer yadrosini tashkil qiladi, bu holda temir Yer sharida eng ko'p tarqalgan metall bo'lib qoladi. Yer qobig'ida temirning massa ulushi 4,2% ni tashkil qiladi. Temir tabiatda birikmalar holida bo'ladi. Osmon jismlari - meteoritlarda esa erkin holda uchraydi. Temirning asosiy minerallari: magnetit - magnit temirtosh Fe3O4, gematit - qizil temirtosh Fe2O3, limonit - qo'ng'ir temirtosh 2Fe2O3 . 3H2O (HFeO2 . nH2O), siderit - temir shpati FeCO3, pirit - temir kolchedani FeS2. Limonit - qo'ng'ir temirtosh Siderit - temir shpati pirit - temir kolchedani Olinishi. Temir quyidagi usullar bilan olinishi mumkin: 2. Temir oksidlaridan alyuminotermiya usuli bilan: 3Fe3O4 + 8Al = 9Fe + 4Al2O3 . 1. Temirni uning oksidlaridan vodorod, uglerod yoki is gazi ta'sir ettiribolinadi: FeO + H2 = Fe + H2O; Fe2O3 + 3CO = 2Fe + 3CO2. Fizik xossalari. Toza temir kumushsimon oq rangli, havoda tezda xiralashuvchi, yetarlicha yumshoq va bolg'alanuvchan, kuchli magnit xossalariga ega metall bo'lib, issiqlik va elektr tokini yaxshi o'tkazadi. Kimyoviy xossalari. Havoda qizdirilganda temir oksidlari aralashmasi temir ko'yindisini hosil qiladi: 3Fe + 2O2 → Fe3O4 yoki FeO . Fe2O3 Temir qizdirilganda xlor, oltingugurt, uglerod, azot bilan reaksiyaga kirishadi: 2Fe + N2 → 2FeN temir (II)-nitrid Fe + S → FeS temir (II)-sulfid Cho'g'langan temir suv bug'i bilan ta'sirlashadi, natijada, temir ko'yindisi va vodorod hosil bo'ladi, lekin bu reaksiya qaytar reaksiya hisoblanadi: 3Fe + 4H2O = Fe3O4 + 4H2 Nam havo va suvda temir korroziyaga uchraydi, yemiriladi, zanglaydi. Zang - temir (II)-gidroksiddan Fe(OH)3 iborat sarg'ish-qo'ng'ir rangli tuzilma. Metallarning faollik qatorida temir vodoroddan chap tomonda turadi. Shuning uchun xlorid kislota va suyultirilgan sulfat kislotadan vodorodni siqib chiqaradi, +2 oksidlanish darajasiga to'g'ri keladigan tuzlar hosil qiladi: Fe + H2SO4 → FeSO4 + H2↑. Ishlatilishi. Temir boshqa metallar orasida inson uchun eng katta ahamiyatga ega metalldir. Zamonaviy texnikaning barcha sohalari temir va uning qotishmalari bilan chambarchas bog'liq. Biologik ahamiyati. Temir biologik jihatdan eng ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.61 MB
Ko'rishlar soni 77 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:16 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.61 MB
Ko'rishlar soni 77 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga