Temirjon Azim Otaqo'ziev

Temirjon Azim Otaqo'ziev

O'quvchilarga / Kimyo
Temirjon Azim Otaqo'ziev - rasmi

Material tavsifi

Temirjon Azim Otaqo'ziev Temirjon Azim o'g'li Otaqo'ziev 1936 yil 9 martda Toshkent shahrida xizmatchi oilasida tug'ilgan. 1953 yilda o'rta maktabni tugatgach, O'rta Osiyo Politexnika institu-tining kimyo-texnologiya fakultetiga o'qish-ga kirdi. U talabalik davridanoq ilmiy ishga kiziqib, dotsent Petr Yermolaevich Shevyakov rahbarligida ilmiy-tadqiqot ishlarida fa-ol qatnashgan edi. T.Otaqo'ziev 1958 yilda O'rta Osiyo Politexnika institutini tugatib, 1962 yilda O'zbekistop Fanlar akademiyasining Kime instituta qoshidagi aspiranturaga kabul qilindi, 1965 yilda «Tsementlarning kislotadagi korroziyasi» mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1964-1967 yillarda oldin kichik ilmiy xodim, so'ngra katta ilmiy xodim sifatida O'zbekiston Fanlar akademiyasining Kime institutida xizmat qildi. 1968 yildan boshlab Toshkent Politexnika institutida, 1991 yildan Toshkent Kimyo-texnologiya institutida katta o'qituvchi, dotsent, professor, kafedra mudiri, fakultet dekani, kechki-sirtqi bo'lim bo'yicha rektor muovini lavozimigacha bo'lgan yo'lni bosib o'tdi. 1983 yilda T.Otako'ziev Yuqori samarali sulfotsementlar energiya tejovchi texnologiyasining kimyoviy texnologik parametrlarini ishlab chiqish va ularni ishlatish sohalari mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. U agressiv muhitlarda (tuzlar, kislota va ishqor eritmalarida) tsementlarning kimyoviy korroziyasi sohasida katta ilmiy-tadqiqot ishlarini bajardi. Natijada kislota, tuzlar va ishkorlar ta'siriga chidamli tsement qorishmasi va betonlarini olishning bir necha yo'lini ko'rsatdi. T. Otako'ziev boglovchi materiallar kimyosi va texnologiyasida yetakchi olimlardan hisoblanadi. U fosfogips asosidagi sulfoalyuminat-sulfosilikat tsementlari sohasiga asos solgan ilmiy asarlari bilan nom chiqargan olim. U atrof-muhitning ifloslanishiga qarshi kurash va sanoat bilan muvozanatni saqlash muammosini tubdan yaxshilashning yechimini topishning birdan-bir yo'li sanoat chiqindilaridan foydalanish sohasida muvaffakiyat bilan ishlaydigan ilmiy maktabni yaratdi. U fosfogipsdan bir vaqtda sulfat kislota va tsement, sulfat kislota va gidravlik qo'shimcha olishning maqbul yo'lini taklif qilgan olim. T.Otako'ziev va uning shogirdlari tomonidan mustahkamlikning boshlang'ich muddatlarda va kotishning keyingi muddatlarida barqaror o'sishi, suv o'tkazmaslikning yuqoriligi, manfiy haroratlarda qotish qobiliyati, tuzli eritmalarga va issiqqa chidamligi, kuchli tez kengayishi va taranglanishi va arzonligi bilan farqlanadigan yangi tur klinker va yangi sinf sulfotsementlarini ishlab chiqdi. Natijada bu tsementlarning ishlatish soqalari kengayishi ta'minlandi. Sulfat kislota, belitli boglovchilar va yangi gidravlik qo'shimchalar fosfogips asosida olingan tsementning va uning negizida tayyorlaigan beton aralashmasining texiologik xossalarini oshiruvchi, beton qotish jarayonini tezlashtiruvchi va turli ekspluatatsiey ta'sirlarga chidamliligini oshiruvchi texnologiyasi yaratildi. T.Otaqo'zievning g'oyalari novatorlik xarakteriga ega: u eng muhimi ishlab chiqarish chiqindilaridan maksimt foydalanib, sezilarli darajada energiya sarfining kamayishini taminlovchi resurs va energiyani tejovchi texnologiya negizida fosfogips muammosini oddiygina yo'l bilan echdi. U ishlab chiqargan texnologiyaga o'xshashi bizning vatanimizda va chet mamlakatlarda yo'q, Bu esa klinkerni kuydirish haroratini, yoqilg'i sarfini, elektrenergiyani anchagacha kamaytirish, aylanma pechlarning unumdorligini oshirish va yuqori texnik-ekspluatatsion xossali sulfotsementlar olish imkonini berdi. T.Ogaqo'ziev tomonidan ishlab chiqilgan tsementlarni ishlatishda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 25.73 KB
Ko'rishlar soni 108 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:16 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 25.73 KB
Ko'rishlar soni 108 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga