Termokimyo REJA 1. Turli jarayonlardagi issiqlik effektlari. 2. Issiqlik effekti turlari. 3. Issiqlik sig'imi. 4. Gess qonuni. 5. Kirxgof qonuni. Tayanch iboralar va tushunchalar Issiqlik effekti, reaktsiya issiqlik effekti, molekulaning hosil bo'lish issiqligi, yonish issiqligi, issiqlik sig'imi, o'rtacha issiqlik sig'imi, chin issiqlik sig'imi, Gess qonuni, Kirxgof qonuni. 1. TURLI JARAYONLARDAGI ISSIQLIK EFFEKTLARI Turli jarayonlarda, shu jumladan, kimyoviy jarayonlarda ajraladigan yoki yutiladigan issiqlikka reaksiyaning issiqlik effekti deyiladi. Issiqlik noto'liq funksiya bo'lganligidan issiqlik effektining qiymati jarayonning borish sharoitiga bog'liq. 1) izoxorik (v = const) jarayondagi issiqlik effekti Qv termodinamikaning birinchi qonunini asosiy tenglamasiga muvofiq, d(Q = dU + PdV va V = const, dv = O bo'lganligidan dQV = dU bo'ladi. (1.) Demak, izoxorik jarayonlarda reaktsiyaning issiqlik effekti ichki energiyaning o'zgarishiga teng. U - to'liq funksiya bo'lganligidan, bu holda Qv ham to'liq funksiyadir, ya'ni izoxorik jarayonlarda issiqlik effektning qiymati jarayonning borish yo'liga bog'liq emas. 2) izobarik (P = const) jarayondagi issiqlik effekti Qp (1) tenglama bo'yicha integrallansa: Qp = (U2-U1)+P(V2-V1)=(U2+PV2)-(U1+PV1) Agar H = U + PV deb ishoralansa, unda (H - entalpiya deyiladi): Qp = H2 - H1 = ΔH bo'ladi. (2.) U, P, V - holat funksiyasi bo'lganligidan ΔH - ham holat funksiyasi - energiya o'lchamidir. U sistemaning ichki energiyasi bilan hajmiy energiya (PV) lar yig'indisi bo'lib, u sistemaning to'liq energiyasi hisoblanadi. H - izobarik jarayonda sistema energiya zaxirasini o'zgarishini harakterlaydi. Izobarik jarayonda issiqlik effekti (Qp) sistema entalpiyasi zaxirasining o'zgarishi ichki energiyaning o'zgarishiga teng. Izoxorik sharoitda boradigan jarayonlarda sistemaning energiyaning o'zgarishiga (ΔU), izobarik ravishda boradigan jarayonlarda entalpiyaning o'zgarishiga (ΔH) teng. H = U + Pv (3) va ΔH = ΔU + PΔV (4) Ideal gazlar uchun, PΔV = nRT bo'lganligidan: ΔH = ΔU + ΔnRΔT (5) Δn - mollar soni. Agar sistema ish bajarsa, dH dU bo'ladi, agar sistema ustida ish bajarilsa dH dU bo'ladi va ish bajarilmasa dH = dU bo'ladi. Masalan: a) reaksiya natijasida molekulalar soni o'zgarmagan reaktsiyalarda H2 + J2 = 2HJ da Δn = O ga teng, demak, dH = dU; б) molekulalarning dissostilanish reaksiyalarida: PCl5 = Cl2 + PCl3, N2O4 = 2NO2 kabi reaksiyalarda Δn O, demak, dH dU. в) 3H2 + N2 = 2NH3, 2SO2 + O2 = 2SO3, kabi reaksilarda ΔH O (manfiy qiymat) ga teng, demak, bu xil reaksiyalarda sistema ustidan ish bajariladi, shunga ko'ra, ΔH dU bo'ladi. 2. ISSIQLIK EFFEKTI TURLARI Kimyoviy reaksiyalarda uch xil issiqlik effekti ifodasi mavjud: a) reaktsiya issiqlik effekti; b) molekulaning hosil ...

Joylangan
11 May 2024 | 08:13:16
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
57.29 KB
Ko'rishlar soni
97 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:16
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 08:13 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
57.29 KB
Ko'rishlar soni
97 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:16 ]
Arxiv ichida: doc