Test asosida tekshirish. Komp'yuter asosida test olish uslubi Reja: 1. Test asosida tekshirish. 2. Test turlari. 3. Kompyuter asosida test olish uslubi. Asosiy tushunchalar: Testlarni turlari, eslash va to'ldirish uchun testlar, tanlov testlari, alternativ, ko'p tanlovli va kesishuvchi tanlovli testlar Hozirda o'quvchilarning bilimini sinab ko'rishda asosan - test-sinov usulidan keng foydalanilmoqda. Testli sinovda o'quvchilar faqat o'zlarining bilimlarini tekshirib ko'rishmaydi, balki mazkur fandan olgan bilimlarini mustaqil ravishda takomillashtirishadi va chuqurlashtirishadi. Test (test)- inglizcha so'z bo'lib, tadqiq etish, tekshirish, sinab ko'rish degan ma'noni anglatib, diagnostika metodi hisoblanadi, unda standart savollar beriladi. Testli sinov va imtihonlarning an'anaviy imtihonlardan afzalligi shundaki, o'quvchi o'zining chuqur bilimini, keng dunyoqarashini to'laroq namoyon qilish imkoniyatiga ega bo'ladi. Test sistemasi o'quvchilarni baholashning boshqa ko'rilgan uslublariga qaraganda qanday afzallikka ega. Undan foydalanish mohiyati nimada? 1. Barcha o'quvchilarga teng sharoit yaratiladi (vaqt hisobida ham, test savollarini tanlash hisobida ham) 2. Ma'lum vaqt ichida ham o'quvchilaring keng doirasini ham mavzuning to'liq doirasini qamrab olish mumkin. 3. Berilgan savollarda tasodifiylik elementlari kamayadi, bu esa imtihon oluvchining noxolisligini yo'qqa chiqaradi. 4. Imtihon oluvchi va topshiruvchi o'rtasida subyektiv fikrni yo'qqa chiqaradi. 5. Tekshirishga vaqt va kuch sarflash kamayadi, shu bilan birga o'qituvchi va o'quvchi ustida nazoratni yengillashtiradi. 6. Test javoblariga mashina tomonidan tezda statik ishlab chiqish imkoniyatiga ega bo'ladi, chunki savol va javoblar standart shaklga ega. Testlarni bir qancha turlari mavjud. -eslash va to'ldirish uchun testlar. -tanlov testlari. Tanlov testlari o'z navbatida anternativ, ko'p tanlovli va kesishuvchi tanlovli testlarga bo'linadi. Testlarning bunday xilma-xilligi 1-rasmda ko'rsatilgan. Kimyo darslarida o'quvchilar bilim va ko'nikmalarini tekshirish va baholashda test sinovlari muhim o'rin tutadi. O'quvchilardan kimyoviy testlarni olishda ularning o'zlashtirish darajasiga qarab, test topshiriqlarini tuzish maqsadga muvofiq bo'ladi. Test topshiriqlarida nazariy savollar bilan birga kimyoviy masalalardan foydalanish yaxshi samara beradi, chunki o'quvchilar bunday masalalarni yechayotganda o'zlarining nazariy bilimlariga tayanib, mustaqil fikrlash qobiliyatini oshiradilar. Guruhdagi har bir o'quvchining bilim va ko'nikmalariga qarab test materiallarini tuzish ularning o'zlashtirish darajasining yanada yaxshilanishiga olib keladi. O'zlashtirish saviyasi yaxshiroq bo'lgan o'quvchilarning test topshiriqlariga nisbatan murakkabroq masalalardan kiritish bilan ularning bilim saviyasini yanada oshirish mumkin. O'zlashtirish saviyasi o'rtacha bo'lgan o'quvchilarga nisbatan engilroq masalalr berib, keyinchalik ular e'tiborini ancha qiyinroq masalalarni yechishga qaratish mumkin. Past o'zlashtiruvchi o'quvchilar uchun o'tilgan mavzulardagi asosiy kimyoviy tushunchalarni o'zida mujassam etuvchi yengil masalalar berib, ularni masalalarni yechish usullarini o'rganishga jalb qilish kerak. Buni quyida keltirilgan misollarda ko'rishimiz mumkin; O'zlashtirish saviyasi yaxshiroq bo'lgan o'quvchilar uchun: Masala: 5% li 50 g bariy gidroksid eritmasiga 5% li 50 g natriy sulfat eritmasi qo'shildi. Natijada necha ...

Joylangan
11 May 2024 | 08:13:16
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.18 KB
Ko'rishlar soni
76 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:17
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 08:13 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.18 KB
Ko'rishlar soni
76 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:17 ]
Arxiv ichida: doc