Tetrasiklin xlortetrasiklin gidroxlorid olinishi tuzilishi va xossalari Reja: 1.Antibiotiklar, antibiotiklarni sinflarga bo'linishi 2.Tetrasiklin. tuzilishi, olinishi va xossalari 3.Xlortetrasiklin gidroxlorid olinishi, tuzilishi va xossalari 4.Tetrasiklin va uning hosilalarini ishlatilishi. Hozir yangi dorilar orasida ma'lum mikroorganizmlar o'z hayot faoliyatida ishlab chiqaradigan va murakkab organik tuzilishiga ega bo'lgan moddalar keng qo'llaniladi. Mikroorganizmlarning yashash va ko'payish faoliyatida ro'y beradigan o'zaro kurash va qarama-qarshiliklar-antagonizm qadimdan ma'lum. Birinchi marta L.Paster chiritadigan bakteriya ma'lum sharoitda kuydirgi kasalligini keltirib chiqaradigan tayoqchalarning ko'payishini to'xtatganligini, hatto o'ldirganligini kuzatgan. Mashhur rus mikrobiologi I.I. Mechnikov qatiq tarkibidagi sut kislota hosil qiladigan bakteriyalar yordamida ichakdagi chiritadigan patogen mikroorganizmlarga qarshi kurashishni tavsiya etish bilan bir qatorda, mikroorganizmlar o'rtasidagi antagonizmdan foydalanib, odam organizmida turli kasalliklar qo'zg'atuvchi mikroblarga qarshi kurashish mumkinligini birinchi bo'lib aniqladi. Mikroorganizm (qisman makroorganizm) va o'simliklarning hayot faoliyatida hosil bo'lib, o'z tarkibidagi mikroblarning o'sishiga qarshilik ko'rsatadigan yoki o'sishini butunlay to'xtatib qo'yadigan murakkab moddalar antibiotiklar deb ataladi. Bunday antibiotiklardan ba'zilari rus olimlariga ma'lum bo'lib, 1871-1872 yillarda V.A. Manassein va A.G. Polotebnovlar ko'k mog'orning (Pencillium glaucum) shifobahsh ta'sirini aniqlagan edilar. 1877 yilda P.V. Lebedinskiy doktorlik ilmiy darajasini olish uchun yoqlagan Ob etiologii zelenoy pleseni na organizm nomli disertatsiyasida ba'zi bir ko'k mog'orlar ta'sirida me'da-ichak yo'lidagi kasallik tarqatadigan mikroblarni kamaytirish mumkinligini aytib o'tgan edi. 1904 yilda mol doktori M.G. Tartakovskiy ham ba'zi bir ko'k mog'orlar tovuqlarda vabo kasalligini paydo qiladigan mikroblarni o'ldirishni isbotlagan. Lekin o'sha vaqtda bu shifobahsh moddalarni sof holda ajratib olishga imkoniyat bo'lmagan bo'lsada, rus olimlari hozir keng qo'llanilayotgan antibiotik-pensillin ta'sirini o'rgana boshlagan edilar. 1928 yilda Angliya mikrobiologi Fleming ko'k mog'orning antibakterial ta'sirini mukammal tekshirib chiqdi va bu mog'orning o'z hayot faoliyatida ishlab chiqaradigan moddasiga pensillin nomini berdi. 1941 yilda birinchi marta Angliya biologlari Flori va Cheyn Pencillium notatum mog'oridan kristalik holda pensillinni ajratib oldilar. Shundan so'ng antibiotiklar ishlab chiqarish juda tez rivojlanib ketdi. SSR da pensillin va uning xillarini olishda professor Z.V.Yermolevaning xizmati katta. Ularni meditsinaga tatbiq qilishda esa akademik N.N. Burdenkoning ishi diqqatga sazovordir. 1942 yilda G.F. Gauze bilan M.G. Brajnikovalar yangi antibiotik topdilar va unga Sovet gramitsidini (gramitsidin S) deb nom berdilar. Shunday qilib, hozirgi vaqtda ma'lum bo'lgan antibiotiklar soni 1200 tadan ortiqroq bo'lsa ham shulardan 50 ga yaqini meditsina praktikasida qo'llanildi. Antibiotik moddalarni chuqur o'rganishda va ularning ko'pgina yangi xillarini olishda sovet olimlaridan A.N. Belozerskiy, T.S. Pasxina, P.A. Krasilnikov, A.I. Korenyako va boshqalarning xizmatlari katta. Antibiotiklar biologik, fizik va ximiyaviy xossalariga ko'ra bir-biriga o'xshamaganligi sababli ularni sinflarga bo'lish bir qancha qiyinchiliklar tug'diradi. Ilgari antibiotiklarni biologik kelib chiqishiga qarab sinflarga bo'lingan ...

Joylangan
11 May 2024 | 08:13:16
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
27.5 KB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:17
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 May 2024 [ 08:13 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
27.5 KB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:17 ]
Arxiv ichida: docx