MENDELEYEV DAVRIY JADVALI TEXNETSIY Texnetsiy (yun. technetos - sun'iy, lot. Technetium), Tc - Mendeleyev davriy sistemasining VII guruhiga mansub radioaktiv kimyoviy element. Tartib raqami 43, at. m. 97,9072. Texnetsiyning 20 ta radioaktiv izotopi ma'lum. Texnetsiyni 1937 y. da E. Segre bilan italyan kimyogari K. Perrye molibden yadrolarini deytronlar bilan bombardimon qilib olishga muvaffaq bo'lgan. Hoz. T. yadro reaktorlarda uranning yemirilish mahsulotlaridan ajratib olinadi. Texnetsiyning eng barqaror izotopi -Ts (T12q2,12105 y). Metall holdagi Texnetsiy jigarrang , uning sirti nam havoda xiralashadi. Suyuqlanish trasi 2140°. Zichligi 11,5 gsm³. Texnetsiy - paramagnit, kimyoviy xossalari jihatidan ko'proq reniyga, bir oz marganetsga o'xshaydi. Birikmalarda valentligi 0 dan 7 gacha (Q2, Q3, Q6, Q7). Texnetsiy suvda va suyultirilgan xlorid kislotada erimaydi, vodorod peroksid bilan ammoniy gidroksid aralashmasida erimasligi jiqatidan reniydan farq qiladi. Zar suvida va nitrat kislotada erib, eritmada pertexnat ionlar (TsO4~) hosil qiladi. Texnetsiy, asosan, atom sanoati chiqindilaridan olinadi. Metall Texnetsiy NH4Tc04, TcO2, Tc2S7 ni 600-100° da vodorod bilan qaytarib olinadi. Pertexnatlar korroziya ingibitorlaridir. Texnetsiyning TsO2, TsO3 oksidi xam ma'lum. Texnetsiy 400° da ftor bilan geksaftorid TsG'6, xlor bilan geksaxlorid TsS16 hosil qiladi. Texnetsiyning TsO3X, TsOX3 (X - galogen) tarkibli rangli birikmalari, Tc2S7 tarkibli sulfidi, TsS tarkibli karbidi va boshqalar birikmalari, mas., TsS14, TsS12, Ts(SO)4X2, Ts (SO)5X, (S5N5)2Ts2 ham ma'lum. Texnetsiy korroziyaga bardoshli modda bo'lganligi uchun reaktorsozlik va aniq asbobsozlik ishlarida konstruksion material sifatida, suyukdanish trasi yuqori bo'lganligi uchun yuqori trali termoelementlarda ishlatiladi. Ts yemirilganida unurlar hosil bo'lmaydi. Shunga asoslanib, undan radiometriya va dozimetriyada fS standart sifatida foydalaniladi. ...

Joylangan
11 May 2024 | 08:13:16
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
699.29 KB
Ko'rishlar soni
120 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:17
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 May 2024 [ 08:13 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
699.29 KB
Ko'rishlar soni
120 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:17 ]
Arxiv ichida: pptx