Texnikada va turmushda polimerlar

Texnikada va turmushda polimerlar

O'quvchilarga / Kimyo
Texnikada va turmushda polimerlar - rasmi

Material tavsifi

Texnikada va turmushda polimerlar Reja: 1. Ko'pik plast va g'ovak palastlar. 2. Qoplama va konstruksion materiallar 3. Yuqori molekulyar moddalarning tuzilishi va xossalari. 4. Atsetilen va sirka kislotadan vinil atsetat olish. Yangi sun'iy va sintetik tolalardan foydalanib, rangi nixoyatda chiroyli, juda yumshoq, shu bilan birga, pishiq, o'zida hozir malum bo'lgan materiallarning xossalarini va hali malum bo'lmagan yangi xossalarni mujasamlantirgan gazlamalar hosil qilinadi. sun'iy charmdan tikilgan poyafzalning yangi turlari chiroyli, yengil va qulayligi bilan ajralib turadi. Ko'pik plast va g'ovak palstlardan - juda yengil, shu bilan birga issiqlik, tovush, gidro va elektr izoliyatsiya xossalari nixoyatda yuqori bo'lgan ajoyib moddalardan keng ko'lamda foydalaniladigan yangi binokorlik materiallari sanoati barpo etilmoqda. Ko'pik palastlar nomining o'zidan ham ko'rinib turibdiki, ular ko'pchitilgan polimerlardir; ularda material bloklari yopiq katakchalardan, yani havo bilan to'lgan o'lchamlardan iborat. Qoplama va konstruksion materiallar sifatida qatlam-qatlam plastik ishlatish juda katta imkoniyatlar ochib beradi. Qirindi, qipiq, fanel va qog'ozga fenol smola shimdirib, hamda ularni presslab, istalgan rangga bo'yaladigan va har qanday qimmatli yog'och o'rnida ishlatsa bo'ladigan pardoz materillar olinadi. Ularning sirti juda mustaxqam, yaltiroq, oson yuviladi va ancha ozoda bo'ladi. Yaqin kelajakda tunikalar o'rniga ham plastmasadan ishlanadi. Xatto ishlatiladigan ko'p sohalarda polimerlar shishani siqib chiqaradi. Polietilen va polipropilen yasalgan butilka, sklyanka, chelak, hamda stakanlar engilligi, egiluvchanligi, pishiqligi va shakllanib turli-tumanligi bilan kishi extiborini jalb qiladi. Plastmassalar mashinasozlik va asbobsozlikdan metallarni tobora ko'proq siqib chiqarmoqda. Ko'pincha, po'latdan ham mustahkam bo'ladigan plastmassalarning metallarga nisbatan afzalligi shundaki, ular oksidlanmaydi, zanglamaydi, korroziyaga uchramaydi. Shisha plastinkalardan, yani shisha tola yoki shisha shponga poliefir smolalar shimdirib olinadigan konstruksion materiallardan qayiq, kema, avtomobil va samolyotlarning korpuslari tayyorlanadi. Ular engilligi, pishiqligi va pardozining chiroyliligi bilan ajralib turadi. Polimer materiallarni konchilikda ham muvaffaqiyatli ravishda ishlatish mumkin. Ekstron va polivinilpirrolindon kabi polimer materiallar organizm uchun mutlaqo bezarar bo'lib, ko'p qon ketganda qon plazmasi o'rnida ishlatilishligi va qimmatli xossalarini yo'qotmasdan uzoq vaqt saqlanishi mumkin. Yuqori molekulyar moddalarning tuzilishi va xossalari. Ularni nomidan ham ko'rinib turibdiki, yuqori molekulyar birikmalarning molekulyar og'irligi juda katta bo'ladi. Bular minglab, yuz minglab va xatto millionlab atomlardan tuzilgan ulkan molekulalardir. Bunday ko'p atomlarning miqdoriy jihatdan birikkanligi o'z-o'zidan makromolekulaning yangi sifat xususiyatlarini keltirib chiqaradi. Shunchalik ulkan molekulalarning hosil bo'lishi, kimyoviy birikish reaksiyasi bilan boradi. Shu tipdagi odatdagi reaksiyalardan farq qilib, bu reaksiyada oddiy tuzilgan bir xil quyi molekulyar organik birikmalar, yani, monomerlarning juda ko'p molekulalari bir-biri birikadi. Yuqori molekulyar birikma, yani polimer hosil bo'lishiga olib keladigan reaksiyaning umumiy sxemasi quyidagicha: nM (M)n bu yerda: M- monomer, n - reaksiya uchun olingan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.89 KB
Ko'rishlar soni 116 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:17 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.89 KB
Ko'rishlar soni 116 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga