Tirik organizmlarning kimyoviy asoslari

Tirik organizmlarning kimyoviy asoslari

O'quvchilarga / Kimyo
Tirik organizmlarning kimyoviy asoslari - rasmi

Material tavsifi

Tirik organizmlarning kimyoviy asoslari Biologik ximiya tirik tabiat, aniqrog'i o'simliklar, hayvonot olami va mikroorganizmlarning kimyoviy tarkibi, organizmlarning turli-tuman o'sish va rivojlanish bosqichlarida sodir bo'ladigan ximiyaviy jarayonlar sodir bo'lish qonuniyatlari, organizmning hayot holati davrida sodir bo'ladigan o'zgarishlar mexanizmi va ularning biologik va fiziologik ahamiyatini o'rganadigan fan. O'rganish obyektiga ko'ra o'simliklar, hayvonlar, mikroorganizmlar va inson biokimyosi bir-biridan tafovut qiladi. Biologik kimyoni bu yo'sinda qismlarga ajratish sun'iy albatta, chunki har xil obyektlar va ularda sodir bo'ladigan ximiyaviy jarayonlar va ularning tarkibi o'zaro o'xshash va bog'liq ravishda sodir bo'ladi. Shuning uchun ham mikroblar, o'simlik va hayvonlarda o'tkazilgan bioximiyaviy ilmiy tadqiqot ishlari o'zaro bir-birini to'ldiradi va boyita boradi. Uning statistik va dinamik yo'nalishlari ham bir-biri bilan uzviy bog'liqligi bilan xarakterlanadi. Ammo uning organizmlarni ximiyaviy tarkibini o'rganadigan statistik va moddalarni o'zgarishi va bir xildan ikkinchi xilga o'tishini o'rganadigan dinamik hamda tirik organizmlarning turli xil hayot holati jarayonining qaysi davrida qanday ximiyaviy moddalar (birikmalar)ning faoliyat ko'rsatishini o'rganadigan funksional ximiyaga bo'lish rasm tusiga kirgan. Ko'pchilik hollarda oxirgi ilmiy yo'nalish funksional ximiya maxsus fiziologik ximiya nomi bilan yuritiladi. Organizmda sodir bo'ladigan barcha ximiyaviy reaksiyalar majmuini tashqi muhitdan ximiyaviy moddalarni qabul qilinishi va o'zlashtirilishi (assimilyatsiya), ularni parchalanib (dissimilyatsiya) oxirgi mahsulini hosil bo'lishiga qadar tiriklikning asosiy mazmunining poydevori hisoblangan modda almashinuvi tashkil etadi. Tabiatda mavjud tirik organizmda sidirg'a ravishda sodir bo'ladigan modda almashinuvni barcha detallarini o'rganish biologik ximiya fanining asosiy vazifasi sifatida qabul qilingan. Bioximiyaviy ilmiy tadqiqot ishlari keng ko'lamdagi masalalarini o'zida mujassamlantiradi. Biologiyada biror-bir masala, hoh u nazariy bo'lsin yoki amaliy bo'lsin, bioximiya bilan bog'liq ravishda ish ko'rishi muqarrar. Shuning uchun ham zamonaviy bioximiya o'zaro yaqin fanlar biologiya, qishloq xo'jaligi, tibbiyot, doishunoslik fanlarini birlashtiradi va ular bilan birgalikda ish ko'radi. Mustaqil fan sifatida bioximiya XIX asrda shakllandi. XIX asrning birinchi yarmiga qadar organik moddalarning sanoqli turlari ma'lum edi. Nemis ximigi Gmelinning darsligida (1822y.) faqat 80 ga yaqin organik birikmalarning nomi keltiriladi. Organik ximiyaning maqsadi va vazifasi o'sha davrga qadar hali to'liq aniqlanmagan edi. Shved olimi Berselius organika fanini ikkita bir-biridan keskin ajraladigan ikki sinf o'simlik va hayvonga bo'ladi. Tiriklik mazmuni organik elementlarga emas, balki qandaydir boshqa «hayot» deb ataladigan narsa bilan bog'liq. Bersilius boshqa narsa deb ataydigan bu narsa noorganik ximiya doirasidan tashqarida yotadi. Bersilius inson kelgusida organik birikmalarni sun'iy ravishda yaratishi va uni sintez yo'li bilan bunyodga keltirishiga ishonch hosil qilmaydi. Vitalistlar oqimi vakili hisoblanmish Bersiliusning fikri asossiz ekanligini uning shogirdi nemis ximigi F.Vyoler mochevinani sintez yo'li bilan olishi natijasida isbotladi. Shundan so'ng tez orada tabiatda mavjud qator biologik ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.21 KB
Ko'rishlar soni 115 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:17 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.21 KB
Ko'rishlar soni 115 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga