Titan elementi haqida umumiy ma'lumot REJA: 1 KIMYOVIY XOSSALARI 2 FIZIK XOSSALARI 3 OLINISHI 4 SANOATDA ISHLATILISHI KIMYOVIY XOSSALARI Butun boshli kimyoviy elementlar davriy jadvalida, 22-raqamli element -titanchalik «kamsitilgan» biror bir boshqa elementni topish qiyin. Ilm-fan inqilobi yuz bergan XX asrning o'rtalariga qadar hatto eng kuchli kimyogar mutaxassislar orasida ham titan haqida batafsil ma'lumot biluvchilar juda-juda kam edi. Garchi bu element tabiatda eng keng tarqalgan elementlar sirasiga kirsa ham, uning taqdiri shunday g'alati bo'lgan. Yer qobig'ining 1200 qismini aynan titan tashkil etadi (bu foiz hisobida 0.57% demakdir). Sizga bu raqam unchalik katta emasdek tuyilishi mumkin, lekin hisoblab ko'rsangiz natijadan hayratda qolasiz: har 1 tonna yer qobig'ida 5 kg atrofida titan mavjud. Tabiatda tarqalganligi bo'yicha titan kimyoviy elementlar ichida 10-o'rinda turadi. Qanday qilib kimyogarlar, «burnilarining tagida» bo'lgan shunday ko'p miqdorli elementni uzoq vaqtgacha payqashmagan ekan? Axir taqqoslasak, yer qobig'idagi titan miqdori xlordan uch barobar, fosfordan esa olti barobar ko'p bo'lib chiqmoqda-ku?! (Ushbu elementlar keng tarqalgan elementlar sanaladi - lol). Shuningdek titan, tabiatda mis, qo'rg'oshin, qalay singari metallardan ko'ra 60-300 barobar ko'proq uchraydi. Shunday bo'lsa ham, negadir u o'zini element sifatida kashf etilishini juda uzooq kutishiga to'g'ri keldi Buning hammasini o'ziga yarasha sababi bor albatta. Masalan, aytaylik qo'rg'oshin yer sirtida, tuproqda, yoki hatto biror mamlakat hududida ham umuman uchramasligi mumkin. Lekin yer qobig'ining muayyan joylarida u kon bo'lib qalashib yotadi. U yerdan esa qo'rg'oshinni tonnalab qazib olish mumkin. Titan esa aksincha, yer qobig'i bo'ylab bir tekis taqsimlangan. Uni har yerda har doim topish mumkin. 1791 yilda ingliz ruhoniy-kimyogari Uilyam Gregor (1761-1817) ilmenit nomli ruda tarkibida yangi, shu choqqacha fanga ma'lum bo'lmagan metall mavjudligini aniqladi. Ilmenit - tarkibida temir va titan bo'lgan ruda bo'lib, oradan 3 yil o'tib, ya'ni, 1794 yilda boshqa bir olim - nemis kimyogari M.X.Klaport (1743-1817) unga titan deb nom berdi. Ushbu ikki olim titanni sof holda emas, balki TiO2shaklida va bir-biridan bexabar tarzda, o'zaro mustaqil kashf etishgan edi. Klaport o'z qaydnomalarida ushbu elementni afsonalardagi katta kuch-quvvatga ega tarzda tasvirlanadigan ulkan maxluqlar - titanlar sharafiga nomlaganini, lekin buning uchun aslida unda jo'yali sabab bo'lmaganini ta'kidlaydi. Ehtimol unga shu variant shunchaki ko'proq ma'qul kelgandir. Eng muhim titan rudasi bu - rutil sanaladi. U titan dioksidi ko'rinishida bo'ladi. Titan dioksidi tabiatda shaffof kristallar ko'rinishida bo'ladi. Bunday kristallarni sun'iy holda vujudga keltirishni kimyogarlar 1949 yilda ilk bora amalga oshirilgan. Rutil kristallari yorug'lik nurlarini hatto olmosdan ham yaxshiroq tarzda sindirish ko'rsatkichiga ega. Agar rutilni to'g'ri sayqallansa, u eng serqirra brilliantdan ham chiroyliroq jilvalanadi. Muammo ...

Joylangan
11 May 2024 | 08:13:16
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.26 MB
Ko'rishlar soni
91 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:17
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 May 2024 [ 08:13 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.26 MB
Ko'rishlar soni
91 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:17 ]
Arxiv ichida: pptx