To'qima va a'zolarning funktsional biokimyosi. Qon biokimyosi

To'qima va a'zolarning funktsional biokimyosi. Qon biokimyosi

O'quvchilarga / Kimyo
To'qima va a'zolarning funktsional biokimyosi. Qon biokimyosi - rasmi

Material tavsifi

To'qima va a'zolarning funktsional biokimyosi. Qon biokimyosi Reja: 1. Qonning tarkibiy qismlari. 2. Qon hujayralarining biokimyoviy xususiyatlari. 3. Qonning biokimyoviy vazifalari va tavsifi. 1. Qonning tarkibiy qismlari. Har bir to'qima va organ uchun tirik sistemaning biokimyoviy jarayonlarida bajaradigan umumiy funksiyasidan tashqari, ularning organizmda bajaradigan xususiy vazifalari ham mavjud. Qon limfa to'qima suyuqligi bilan organizmning ichki muhitini tashkil qiluvchi suyuq biriktiruvchi to'qima hisoblanadi. Qonning kimyoviy tarkibi juda murakkab bo'lib, unda juda ko'p turli vazifalarni bajaruvchi organik va anorganik moddalar erigan bo'ladi. Uning asosiy xususiyatlaridan biri organizm tarkibining nisbiy doimiyligini saqlashdir. Sog'lom odamda qon tarkibining tasodifiy o'zgarishlari nerv-gumoral boshqaruv orqali nisbiy doimiylikka keltiriladi. Biroq, patologik holatlarda bu mexanizm me'yoriy holatni ta'minlay olmay qolishi mumkin va bunda uning tarkibidagi moddalar miqdori kamayishi yoki ko'payishi tomoniga o'zgaradi. Umuman, qon tarkibi organizmning turli patologik holatlariga ma'lum darajada o'z tarkibini o'zgartirish orqali javob beradi. Shu sababli tibbiy amaliyotda qon tarkibini tahlil qilish muhim ahamiyatga ega. Qonning umumiy miqdori tana massasining o'rtacha 7-8% ini tashkil qilib, hajmi 4,5-5,0 litrga teng. Fiziologik holatda uning bir qismi qon depolarida saqlanadi. Qonni ko'p qismini yo'qotish o'limga olib kelishi mumkin. Qon o'zida suspenziyalik, kolloidlik va elektrolitik xususiyatlarni mujassamlashtirgan. Suspenziyalik va elektrolitik xususiyati kationlar va anionlarga bog'liq. Qonning 83% i suv, qolgani esa quruq moddalar. Qonning yopishqoqligi va zichligi 1,050-1,060 ga teng. Qovushqoqligi suvga nisbatan 5 marta ortiq, pH - 7,4. Qonning suyuq qismi plazma va unda so'zib yuruvchi shaklli elementlar - qon hujayralaridan tashkil topgan bo'lib, plazma 55-60% ni, shaklli elementlar 40-45% ni tashkil etadi. Qon plazmasini ajratib olish uchun qon olinadigan idishga oldin qonning ivishiga yo'l qo'ymaydigan geparin yoki limon kislotasining natriyli tuzi eritmasi solinadi va shundan so'ng unga qon solinadi. Bunday qonni biroz qo'yib qo'yilsa, u idishda ustki plazma va ostki shaklli elementlar qismlariga ajraladi. Agar idishga bu eritmalarni solmasdan qon quyilsa, qon 3-5 daqiqa ichida ivib qoladi. Bu ivigan qon biroz tursa yoki sentrifuga qilinsa, hosil bo'lgan quyqa siqiladi va undan sarg'ishroq suyuqlik ajraladi. Bu suyuq qismni qonning zardobi deyiladi. Uning plazmadan farqi tarkibida fibrinogen oqsilining bo'lmasligidir. Tibbiyot amaliyotida davolash maqsadida qon, plazma va zardoblardan keng foydalaniladi. Qon plazmasi tarkibining 90% suv, 7-8% oqsil, 0,1% qand, 0,9% mineral tuzlarga to'g'ri keladi. Qon plazmasi tarkibining asosiy biokimyoviy ko'rsatkichlari Jadvaldan ko'rinib turibdiki, plazma tarkibida juda ko'p organik moddalar mavjud. Ularning ko'p qismini oqsillar tashkil qiladi. Yuqorida aytilganidek, qon plazmasining tarkibi metabolizmning o'ziga xos bir ko'zgusi bo'lib hisoblanadi. Chunki hujayralardagi metabolitlar kontsentratsiyasining o'zgarib qolishi (bu o'zgarishlar garchi ayrim organlarda yuz bersa ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.54 KB
Ko'rishlar soni 115 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 00:17 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.54 KB
Ko'rishlar soni 115 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga