To'yingan bir atomli spirtlarning fizik va kimyoviy xossalari. Ishlatilishi 10-sinf Kimyo fani darsligi asosida 21-mavzu Fizik xossalari. Spirtlarning dastlabki to'rt vakillari suyuqliklar bo'lib o'ziga xos hidga ega. Yuqori spirtlar (C12H25OHdan boshlab) qattiq moddalardir va ular suvda amalda erimaydilar. Тegishli uglevodorodlarga qaraganda spirtlarning qaynash harorati anchagina yuqori. Bunga sabab spirtlarda molekulalararo vodorod bog'lanishning borligidir. Spirtlar va suv molekulalarida vodorod bog' kislorod atomlaridagi erkin elektron juftlar hisobiga hosil bo'ladi: bir molekuladagi kislorod atomi boshqa molekuladagi vodorod atomi bilan o'zaro molekulalararo vodorod bog'lanish hosil qiladi. Vodorod bog'lar spirt molekulalari o'rtasida ham, shuningdek, spirt bilan suv molekulalari o'rtasida ham yuzaga kelishi mumkin. Spirtlarning qaynashi uchun sarflanadigan asosiy issiqlik vodorod bog'ning uzilishiga va molekulalarning bir-biridan ajralishiga sarflanadi. Kimyoviy xossalari. 1. Spirtlar molekulasidagi gidroksil guruhning vodorod atomi o'rnini metal egallashi natijasida alkagolyatlar hosil bo'ladi. 2. Spirtlar karbon kislotalar bilan sulfat kislota ishtirokida reaksiyaga kirishib, murakkab efirlar hosil qiladi. Bu reaksiya eterifikatsiya reaksiyasi deyiladi. Spirtni sulfat kislota ishtirokida yuqori temperaturada qizdirilsa, bir molekula spirtdan bir molekula suv chiqishi hisobiga to'yinmagan uglevodorodlar hosil bo'ladi. Spirtlar pastroq temperaturada sulfat kislota bilan qizdirilsa, ikki molekula spirtdan bir molekula suv ajralib oddiy efir hosil qiladi. Suv molekulasining ajralib chiqishi bilan ketadigan reaksiyalar degidratlanish reaksiyasi deyiladi. Spirtlar kislorodda yonib karbonat angidrid va suvni hosil qiladi: CnH2nOH + 1,5n O2 n CO2 + (n+1) H2O Etil spirtining yonishi: C2H5OH + 3O2 2 CO2 + 3 H2O Butil spirtining yonishi: C4H9OH + 6O2 4 CO2 + 5H2O Ishlatilishi. Etanol tibbiyotda dezinfeksiyalovchi vosita sifatida ishlatiladi. Haroratni o'lchashda termometrlarda ishlatiladi. Etil spirt organizmga kuchli ta'sir etadi. U asab tizimi, ovqat hazm qilish a'zolarini va yurak qon-tomirlarining ish faoliyati ishdan chiqib og'ir kasalliklarga olib keladi. ...

Joylangan
11 May 2024 | 08:13:16
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.74 MB
Ko'rishlar soni
91 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 00:17
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 May 2024 [ 08:13 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.74 MB
Ko'rishlar soni
91 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 00:17 ]
Arxiv ichida: pptx